ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son 44 yo‘qoladi. Shu bilan birga, talabada mustaqil fikrini
aytishdan cho‘chimaslik, o‘z nuqtayi nazarini (hatto
u noto‘g‘ri bo‘lsa ham) himoya qilish ko‘nikmalari
shakllanib boradi.
Аmerikaliklarda shunday maqol bor: nima
bo‘lishidan qatʼiy nazar, har doim "yuzingda
tabassumni tut". Bizda esa behudaga kulish
(ayniqsa o‘qituvchilar) vazmin va o‘qimishli
insonlarga yarashmaydigan odat sanaladi.
Shuning uchun amerikaliklar ruslarning «Смех без
причины – признак дурачины» (“sababsiz kulgi-
ahmoqlik belgisi”) degan gapini tushunmaydi.
Ular ayrim vaziyatlarda tabassum yengiltaklik
belgisi yoki yashirin niyatni yashirish istagi bo‘lishi
mumkinligini tushunishmaydi.
Odatda, o‘zbeklar tabassumi faqat lablar
bilan amalga oshiriladi, kamdan-kam hollarda
tishlarning yuqori qatori ko‘rinadi. Yuqori va pastki
tishlarni ko‘rsatish, Аmerikada bo‘lgani kabi, o‘zbek
madaniyatida yoqimsiz va qo‘pol hisoblanadi.
Bizda tabassum xushmuomalalik signali emas.
Yevropaning ko‘plab mamlakatlarida, jumladan,
Аmerikada
tabassum
xushmuomalalikni
namoyish etish vazifasini o‘taydi. Muloqot
jarayonida suhbatdoshlar bir-birini tinglashga
tayyor ekanligini ham bildiradi. O‘zbek muloqotida
begonalarga tabassum qilish odat emas. Bizning
xalqimizda tabassum asosan do‘stlarga yoki
o‘z yaqinlarimizga qaratilgan bo‘ladi. Bizning
madaniyatimizga ko‘ra, agar biror kishi bilan
tasodifan ko‘zimiz to‘qnashsa, unga javoban
tabassum qilmaymiz. Аmerikaliklardan farqli
o‘laroq, bizda ko‘zlar tasodifan to‘qnashsa, biz
nigohimizni olib qochishga harakat qilamiz.
Bunday holat dars davomida ham kuzatiladi.
O‘qituvchiga javob berayotgan talaba ustoziga
tik qaramaslikka harakat qiladi. Ko‘zga tik boqish
betgachoparlikni bildirsa, ayni paytda dars
davomida o‘ziga, o‘z bilimlariga ishonishni ham
anglatadi. Chunki darsga tayyor bo‘lmagan talaba
o‘qituvchidan ko‘zini olib qochishi mumkin.
Tadqiqotimiz davomida 2-3-kurs talabalari
o‘rtasida Аmerika va o‘zbek madaniyatlari noverbal
muloqoti imo-ishoralarining xususiyatlari va
farqlarini bilish bo‘yicha sotsiologik so‘rov o‘tkazdik
hamda quyidagi natijalarga erishdik:
So‘rov natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:
1. Аmerika madaniyati noverbal aloqa
vositalari o‘zbek madaniyatiga faol kirib kelmoqda.
2. Ko‘pgina yoshlar Аmerika madaniyatidan
o‘zlashgan imo-ishoralardan foydalanishlariga
qaramay, ularning aksariyati bu ishoralarning aniq
maʼnosini bilmaydi va ulardan noto‘g‘ri foydalanadi.
Bu ko‘pincha suhbatdoshlar o‘rtasidagi
tushunmovchiliklarga olib keladi. Shu bilan birga,
ayrim imo-ishoralar milliy mentalitetimizga to‘g‘ri
kelmaydi.
Xulosa qilib shuni taʼkidlash mumkinki,
tajribali o‘qituvchilar ko‘pincha oldindan aniq
o‘ylangan maʼlum imo-ishoralardan foydalanishni
rejalashtiradilar. Аksariyat o‘qituvchilar o‘zlarining
imo-ishoralaridan umuman qoniqsalar-da,
auditoriyadagi noverbal muloqotlarining o‘ziga
xos xususiyatlaridan yetarli darajada xabardor
emaslar. Ularning o‘z imo-ishoralari darajasining
namoyon bo‘lish koeffitsiyenti o‘rtacha. Аyrim
tajribasi kam yosh o‘qituvchilar imo-ishoralardan
beixtiyor foydalanadilar. Bular ko‘pincha
ishochsizlik, asabiylashish, ikkilanishni ifodalovchi
imo-ishoralaridir.
Shuningdek, Amerika madaniyati noverbal
aloqa vositalari o‘zbek madaniyatiga faol
kirib kelmoqda. Ko‘pgina yoshlar Аmerika
madaniyatidan o‘zlashgan imo-ishoralardan
foydalanishlariga qaramay, ularning aksariyati bu
ishoralarning aniq maʼnosini bilmaydi va ulardan
noto‘g‘ri foydalanadi. Bu ko‘pincha suhbatdoshlar
o‘rtasidagi tushunmovchiliklarga olib keladi.
Shu bilan birga, ayrim imo-ishoralar milliy
mentalitetimizga to‘g‘ri kelmaydi.
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA
INNOVATSION TA’LIM
45 “TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son