Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   216
2021 4-son

 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
46 
jamiki moddiy ma’naviy boyliklarini, 
iqtisodiy, ijtimoiy – iqtisodiy hayotining 
barcha tomonlarini qamrab oladi”
3
.
Nazarov o‘zining bir qator ishlarida, 
ushbu muammoning o‘ta dolzarbligini 
ta’kidlash bilan birga, uning mazmuni, 
tuzilishi, asosiy shakllari, namoyon bo`lish 
xususiyatlari va umuminsoniy qadriyatlar 
tizimidagi o‘rni va ahamiyatini ilmiy tahlil 
qilish bilan bir qatorda mazkur masalalarga 
e’tibor kam ekanligini ko`rsatib o‘tgan, 
qadriyat tushunchasini - voqelikdagi 
muayyan hodisalarning umumbashariy, 
umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-
ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun 
qo‘llanadigan falsafiy-sotsiologik va 
aksiologik tushuncha, deb tushuntiradi 
4
.
T.Abdullayev "Turmush sohasida 
milliy va umuminsoniy qadriyatlarning 
dialektikasi" nomli doktorlik 
dissertatsiyasida turmushdagi milliy va 
baynalminallik munosabatlarini, ular bilan 
bog‘liq qadriyatlarni tahlil qilgan
5
Qadriyatlar o‘z qamroviga ko‘ra 
sermazmun va ko‘p qirrali tushuncha 
bo‘lganligi sababli ham o‘z ichiga badiiy 
qadriyatlari ham oladi.
Badiiy qadriyatlar - bu obrazlar tizimi 
sifatida asarning hissiy , hissiy – psixologik, 
mafkuraviy mazmunini, unda aks etadigan 
ma’nolar majmuidir.
Badiiy qadriyatlar – bu asarning hissiy
hissiy - psixologik, mafkuraviy mazmuni 
birlashtirib insonni ulug‘lashga xizmat 
qiladi
Bizning fikrimizcha, badiiy qadriyatlar 
– bu badiiy asarning asl maqsadini obrazlar 
vositasida yoritish orqali inson ma’naviyatini 
yuksaltirishga xizmat qiladigan moddiy va 
ma’naviy boyliklar majmui.
Badiiy qadriyatlar xalqimizning 
bebaho boyligidir. Undan inson kamoloti 
yo‘lida foydalanish har doimgidanda 
zaruriyat kasb etmoqda. Shuning uchun 
ham bugungi kunda badiiyat vositasida 
3 Ж.Туленов . Миллий қадрият ва ижтимоий тараққиёт. -Тошкент .:- Ўзбекистон, 1999. - 22 -бет.
4 Назаров Қ. Қадрият тизими: барқарорлик ва ўзгарувчанлик диалектикаси
5 Абдуллаев Т. Турмуш соҳасида миллий ва умуминсоний қадриятларнинг диалектикаси: фалс ф.д-ри дисс .-Т.,1992.
6 Бегумқулов У.Ш. Педагогик таълим жараёнларини ахборотлаштиришни ташкил этиш ва бошқариш назарияси ва амалиёти: Пед.фан.док.дисс. -Т.: ТДПУ, 2007. -Б. 305.
yoshlar bilan olib boriladigan tarbiyaviy 
ishlarni ko‘paytirish kerak. 
Zamonaviy ta’lim tizimida yoshlar 
tarbiyasiga alohida e’tibor berilayotgan 
bir paytda ayrim yoshlar o‘rtasida 
madaniyatning past darajasi, ijodiy va 
tanqidiy fikrlashning sayozligi ko‘zga 
tashlanmoqda. Shuning uchun ham ta’lim 
tizimida yoshlarning ongi va qalbiga badiiy 
qadriyatlarni singdirib borish orqali yuqori 
natijalarga erishishi mumkin.
Tadqiqotimizning dolzarbligi shundan 
kelib chiqadiki, zamonaviy ta’limni 
ommaviy kommunikatsiya va axborot 
texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. 
Dunyo aholisining 80 foizining ishi u yoki 
bu tarzda ommaviy axborot vositalarining 
matnlarini yaratish, qayta ishlash va uzatish 
bilan bog‘liq. Dunyo aholisining 90% dan 
ortig‘i ommaviy axborot vositalarining 
faol iste’molchilari. Yosh auditoriyani 
bosma matndan audiovizual (ekran) 
ga yo‘naltirishni inkor etib bo‘lmaydi. 
Audiovizual matn-inson yaratgan virtual 
haqiqatning asosi. Uning insonga ta’siri 
juda katta.
Shu bois, yosh avlodni ekranda 
yaratilgan virtual voqelik bilan atrofdagi 
dunyoning obyektiv haqiqatini farqlashga 
o‘rgatish juda muhimdir. Zamonaviy 
pedagogikaning yo‘nalishi bo‘lgan media 
ta’limning maqsadi – talabalarning 
mediakompetensiyasini rivojlantirish, 
zamonaviy axborot sharoitida hayotga 
tayyorgarlik ko‘rish, tanqidiy va har qanday 
ma’lumotdan mustaqil fikrlash qobiliyatini 
rivojlantirish, ommaviy axborot vositalari 
orqali uzatiladigan xabarlarni solishtirish 
va baholash. kanallar, zamonaviy muloqot 
usullarini o‘zlashtiradilar
6
.
Bugungi kunda davlatimiz yoshlar 
kelajagi uchun juda katta ishlarni amalga 
oshirmoqda. Biroq, yaratilayotgan 
imkoniyatlardan yoshlarimiz to‘laqonli 
foydalanishi masalasiga jiddiy qaramayapti. 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA 
INNOVATSION TA’LIM


47 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
Misol uchun quyidagi qarama-qarshiliklar 
ko‘zga tashlanib turibdi:
• talabalarning o‘quv jarayonida media 
ta’limdan amaliy foydalanishi;
• talabalarga ta’lim – tarbiya jarayonida 
badiiy qadriyatlarni o‘rgatishda mediata’lim 
imkoniyatlaridan foydalanishning pastligi; 
• talabalarda ma’naviy dunyoqarashni 
shakllantirish jarayonlarida media –
ta’limdan foydalanish malakasining yo‘qligi;
• talabalarning badiiy qadriyatlarga 
bo‘lgan intilishini rag‘batlantirish 
masalasida jahon media – pedagogikasi 
imkoniyatlaridan yetarli darajada 
foydalanilmayotganligidir.
Shuning uchun ham biz ta’lim - tarbiya 
jarayoniga media ta’limni faollashtirish 
uchun uning metodologik asoslarini 
o‘rganib chiqish zarur degan xulosaga 
keldik.
Yoshlarni badiiy qadriyatlar bilan 
tanishtirib borish masalasining birinchi 
bosqichida falsafiy bilimlarni Avestodagi 
uchta axloqiy birlik “Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu 
amal” konsepsiyasida yoritilgan masalalar 
va Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-
Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, 
Mirzo Ulug‘bek singari qomusiy olimlar, 
Alisher Navoiy, Mahmud Zamahshariy, 
Zahiriddin Muhammad Bobur kabi qalam 
bilan dunyoni zabt qilgan ajdodlarimiz, 
shuningdek, Imom Buxoriy, Imom 
Termiziy, Bahouddin Naqshband, Imom 
Moturidiydek ajdodlarimizning hamda 
faylasuf olimlarning V.I.Klyuchevskiy, S. 
M.Soloviev, S.T.Aksakov, A.S.Xomyakov, 
P.Florenskiy, N.A.Berdyaev, N. Y.Danilevskiy, 
A.I.Arnoldov, S.N.Artanovskiy, M.M.Baxtin, 
V.S.Bibler, V.E.Davidovich I.T.Frolov, 
J.Tulenov, Z.D.O.Fayzullayev, Davronov, 
O.E.Ergashev, J.Y.Yaxshilikov, S.Raximov, 
T.Norboyevlarning qadriyatlarga bo‘lgan 
munosabatiga tayangan holda, shuni aytish 
mumkinki, inson o‘z milliy qadriyatlari 
doirasida o‘zini yaxshiroq bilib boradi. 
Milliy qadriyatlar olamida badiiy qadriyatlar 
o‘zining serjiloligi, ta’sir doirasining kengligi 
va kuchliligi bilan ajralib turadi.
Ikkinchi bosqichida ta’lim tarbiya 
jarayonida badiiy qadriyatlarning 
metodologik asoslari sifatida 
Y.K.Babanskiy, A.S.Zapesotskiy, 
V.P.Zinchenko, B.M. Kedrov, V.V.Kraevskiy, 
I. Y. Lerner, A.A. Makareni, V.M., 
M.Inomova, O.Jamoliddinova, M.Quronov, 
O Musurmonovalarning psixologik va 
didaktik tadqiqotlari misol tariqasida 
keltirish mumkin. 
Uchinchi bosqichida ixtisoslashtirilgan 
tadqiqot metodologiyasi va texnikasi 
oid media ta’lim sohasida olib borilgan 
tadqiqotlar inobatga olinsa maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. Bunda L.M.Bazhenova, 
O.A.Baranov, I.S.Levshina, O.F.Nechai, 
S.N.Penzin, YM.Rabinovich, YN.Usov, 
AbduqodirovA.A., Pardayev A.X. Aripov 
M.M. Begumqulov U.Sh. Golish L.V., 
Ochilov M., Saydahmedov N.S., Yunusova 
D.I., Abdullayeva B.S., Bazarova S.D., 
N.A.Muslimovlarning tadqiqotlaridan keng 
foydalanish imkoniyati mavjud. Shuning 
uchun ham media ta’limni takomillashtirib 
borish jarayonlarida badiiy qadriyatlarni 
yoshlar ongiga singdirish orqali ularda 
insonga xos bo‘lgan fazilatlar shakllantirib 
boriladi. 
Talabalarga badiiy qadriyatlarni 
o‘rgatish jarayoni bevosita madaniyat 
tushunchasi bilan birgalikda olib borilishi 
kutilgan natijani beradi. 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA 
INNOVATSION TA’LIM


“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
48 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin