TALABALARGA BADIIY QADRIYATLARNI O‘RGATISHDA MEDIATA’LIMINING FALSAFIY VA METODOLOGIK ASOSLARI Bobir Ne’matovich Husanov – o‘qituvchi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Bekzod Madaminjonovich Mirzayev – o‘qituvchi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Annotatsiya: Ushbu maqolada yoshlarni barkamol shaxs qilib tarbiyalashda badiiy qadriyatlardan foydalanish va uning falsafiy va metodologik asoslari yoritilgan. Аннотация: В статье обсуждается использование художественных ценностей и их философских и методологических оснований в воспитании молодежи как гармонично развитых личностей. Annotatsiya: The article discusses the use of artistic values and their philosophical and methodological foundations in the education of young people as harmoniously developed personalities. Kalit so‘zlar: ta’lim, qadriyat, badiiy qadriyat, mediata’lim, asos, falsafa, metodologiya, barkamol shaxs, xislat, fazilat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar. Ключевые слова: образование, ценность, художественная ценность, медиаобразование, основы, философия, методология, гармоничная личность, характер, добродетель, национальные и общечеловеческие ценности. Keywords: education, value, artistic value, media education, foundations, philosophy, methodology, harmonious personality, character, virtue, national and universal values. Bugungi kunda ta’lim sohasida tub
islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu tizim
orqali badiiy qadriyatlarni yoshlarning
ongi va qalbiga singdirish muhim vazifalar
sirasiga kiradi. Bugungi kunda Yangi
O‘zbekistonni barpo etar ekanmiz, ko‘zlagan
marralarimizga erishishimiz uchun eng
avvalo milliy g‘oya masalasi juda muhim
ahamiyatga ega.
Bu borada mamlakatimizda so‘nggi
yillarda qator qarorlar qabul qilindi va
joylarda ijrosi amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida
2021-yil 19-yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy
ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu
borada davlat va jamoat tashkilotlarining
hamkorligini kuchaytirish masalalari
bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib
o‘tdi. Yig‘ilishda Prezident, «Agar jamiyat
hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa,
uning joni va ruhi ma’naviyatdir, biz yangi
O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan
ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga
tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga
asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi
– ajdodlarimizning boy merosi va
milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli
ma’naviyat», – deb alohida ta’kidlab o‘tdilar.
1 https://qomus.info/encyclopedia/cat-q/qadriyat-uz/ 2 Фалсафа. Қомусий луғат. 2004. Shuning uchun ham talabalarni
barkamol shaxs qilib tarbiyalashda milliy
qadriyatlarga e’tiborni kuchaytirish davr
talabi hisoblanadi.
Qadriyat — voqelikdagi muayyan
hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-
axloqiy, madaniy-ma’naviy ahamiyatini
ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan tushuncha.
Inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan
barcha narsalar, masalan, erkinlik, tinchlik,
adolat, ijtimoiy tenglik, ma’rifat, haqiqat,
yaxshilik, go‘zallik, moddiy va ma’naviy
boyliklar, an’ana, urf-odat va boshqalar
qadriyat hisoblanadi.
1
“ Qadriyat – voqelikdagi muayyan
hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy –
axloqiy, madaniy-ma’naviy ahamiyatini
ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan falsafiy
– sotsiologik va akseologik tushuncha.
Jamiyat, inson va insoniyat uchun ahamiyatli
bo‘lgan barcha narsa, hodisa va voqealar:
erkinlik, ezgulik, tenglik, tinchliktinchlik,
haqiqat, ma’rifat, madaniyat, moddiy va
ma’naviy boyliklar, obida, yodgorlik, go‘zallik
axloqiy xislat hamda fazilatlar, an’ana, urf-
odat, udum va boshqalar hisoblandi”.
2
“Milliy qadriyatlar – murakab ijtimoiy
ruhiy hodisa bo‘lib, u millatning tili, m
a’naviyati, tarixi, urf – odatlari, an’analari,
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA
INNOVATSION TA’LIM