Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   216
2021 4-son

15 Рыбакова М.М. Конфликт и взаимодействие в педагогическом процессе: Кн. для учителя. – М.: Просвещение, 2001. C 211.
tanlash o‘ta muhimdir.
Yuqoridagi fikr va mulohazalardan 
kelib chiqib, biz Samarqand davlat chet tillar 
institutining xorijiy til va adabiyoti fakultetining 2-3-
kurs talabalari orasida o‘qituvchi va talabalarning 
imo-ishoralarini o‘rganish metodini aniqlashtirish, 
talabalar o‘qituvchining imo-ishoralarini qabul qilish 
darajasini o‘rganish, olingan empirik maʼlumotlarni 
tahlil qilish maqsadida ayrim tajriba ishlarini olib 
bordik. Ushbu tadqiqot 5 turli guruhlarda (10 turli 
o‘qituvchilar) tashkil etildi. Bu bir necha dars soatlari 
davomida o‘tkazildi. Kuzatish davomida o‘qituvchi 
tomonidan dars davomida qaysi imo-ishoralar va 
qaysi chastota bilan foydalanilganligi aniqlandi. 
Kuzatishlar natijasida o‘qituvchilar tomonidan eng 
ko‘p qo‘llaniladigan imo-ishoralar hamda ulardan 
dars davomida foydalanish chastotasi qayd etildi.
Jest kategoriyalarini biz quyidagicha 
taʼriflashimiz mumkin:
1. Ishora qiluvchi jestlar (barmoq yoki 
ko‘rsatgich bilan) ko‘pincha, tajovuzkorlik va ustunlik 
ishoralari sifatida qaraladi, garchi, bizningcha, 
ular ko‘pincha axborotni mustahkamlovchi yoki 
talabani taʼlimga yo‘naltiruvchi ishoralar sifatida 
ishlatilsa ham;
2. Chalishtirilgan barmoqlar – asabiylik, 
taranglik ishorasi. Bu ishora pedagogik faoliyatda 
uncha yoqlanmaydi; 
3. Ko‘rsatgichni yoki barmoqdagi uzukni 
o‘ynash, boshini qashish – o‘ziga ishonchsizlikni, 
xavotirni ko‘rsatadi;
4. Yashirin to‘siqlardan foydalanish 
(obyektlar, stollar va boshqalar yordamida) – 
o‘qituvchining atrof-muhitdagi taʼsirlardan himoya 
qilish, ishonchsizlik holatlarida qo‘llab-quvvatlovchi 
vositalar sifatida qaraladi;
5. Javoblarni tinglashda ko‘rsatkich barmoq 
(kaft)ni yonoqqa tirash -suhbatdoshga tanqidiy, 
salbiy munosabat ishorasi;
6. Stolni taqillatish-norozilik, g‘azab, 
asabiylashish ifodasi;
7. Ochiq pozitsiya, shu jumladan ochiq 
kaftlar-o‘zaro munosabat uchun ijobiy, ochiq 
muloqotni ko‘rsatuvchi, pedagogik faoliyatning 
teng, demokratik uslubini taklif etuvchi imo-ishora.
8. Qo‘llar bilan stolga, stulga suyanish – 
vaziyatga maʼlum darajada norozilik bildiradigan 
imo-ishora, o‘z-o‘ziga ishonch berish uchun ko‘mak 
qidirish.
Kuzatish davomida olingan natijalar 
darsdan so‘ng o‘qituvchilar bilan muhokama qilindi. 
Keyinchalik anketa savollariga javob berishlari 
so‘raldi:
1. Darslarga tayyorlanayotganda u yoki bu 
ishoradan foydalanish haqida o‘ylab ko‘rdingizmi?
a) albatta. b) umuman olganda, ha. s) 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA 
INNOVATSION TA’LIM


43 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
menimcha, yo‘q. d) albatta, yo‘q.
2. Dars davomida beixtiyor ishlatgan har 
qanday imo-ishoralarga duch keldingizmi?
a) albatta. b) umuman olganda, ha. s) 
menimcha, yo‘q. d) albatta, yo‘q.
3. Shunday bo‘ladiki, inson o‘zi uchun 
kutilmaganda maʼlum bir ishorani bajaradi. Siz 
shunday holatga duch kelganmisiz?
a) albatta. b) umuman olganda, ha. s) 
menimcha, yo‘q. d) albatta,yo‘q.
4. Darslaringizda odatiy imo-ishoralardan 
foydalandingizmi?
a) albatta. b) umuman olganda, ha. s) 
menimcha, yo‘q. d) albatta,yo‘q.
5. O‘z imo-ishoralaringizdan mamnunmisiz?
a) albatta. b) umuman olganda, ha. s) 
menimcha, yo‘q. d) albatta,yo‘q.
6. Sizda muayyan jest noo‘rin ishlatilganligi 
hissi yo‘qmi?
a) albatta. b) umuman olganda, ha. s) 
menimcha, yo‘q. d) albatta,yo‘q.
7. Sizda qo‘llaringiz halaqit berayotganlik 
hissi sezilmadimi?
a) albatta. b) umuman olganda, ha. s) 
menimcha, yo‘q. d) albatta,yo‘q.
8. Sizda umuman imo-ishoralar halaqit 
berayotganlik hissi sezilmadimi?
a) albatta. b) umuman olganda, ha. s) 
menimcha, yo‘q. d) albatta,yo‘q.
1-jadval 
DАRSDА 
O‘QITUVCHI 
TOMONIDАN 
QO‘LLАNILАDIGАN 
IMO-ISHORАLАR 
CHАSTOTАSI.
Shunday qilib, o‘qituvchilarning o‘z imo-
ishorali muloqotlari haqidagi fikrlarining aksariyati 
o‘rtacha darajada ekanligi maʼlum bo‘ldi.
Shuni ham taʼkidlab o‘tamizki, 1-jadvaldagi 
maʼlumotlar o‘qituvchining sinfdagi o‘quvchilar 
bilan muloqot uslubining o‘ziga xos xususiyatlari 
haqida taxmin qilish imkonini beradi. Buning 
uchun o‘qituvchilar tomonidan foydalaniladigan 
imo-ishoralarni dars bo‘yicha o‘rtacha soniga 
qarab taqsimlash, imo-ishoralar kategoriyalarining 
qaysi biri yetakchi o‘rinlarni egallashini aniqlash 
kifoya. Olingan natijalarga asosan, yetakchi o‘rinni 
pedagogik ishning o‘ziga xos xususiyatlarini 
ko‘rsatuvchi “ko‘rsatish imo-ishora” toifasi 
egallaganligini ko‘rsatadi, bunda ko‘rsatish imo-
ishoralar tezkor muloqot, nutq so‘zlash uchun 
og‘zaki murojaatlar o‘rnini bosuvchi omil sifatida 
ishlatiladi.
O‘quvchilar bilan ishlashda o‘qituvchilarning 
yopiq pozitsiyalari ikkinchi o‘ringa to‘g‘ri keladi, 
biroq “ochiq pozitsiya”, “tavsifiy va tasviriy jest” 
kategoriyalari ham oxirgi o‘rinlarni egallamaydi. 
U ham bir qator o‘qituvchilarning talabalar bilan 
ishlash istagini ko‘rsatib, ular bilan yaqin aloqaga 
kirishishga yordam beradi.
O‘qituvchilar bilan kuzatishlar, 
so‘rovnomalar va tahliliy natijalar quyidagi 
xulosalarni chiqarishga imkon beradi:
1. Tajribali o‘qituvchilar ko‘pincha oldindan 
aniq 
o‘ylangan 
maʼlum 
imo-ishoralardan 
foydalanishni rejalashtiradilar.
2. Аksariyat o‘qituvchilar o‘zlarining 
imo-ishoralaridan umuman qoniqsalar-da, 
auditoriyadagi noverbal muloqotlarining o‘ziga 
xos xususiyatlaridan yetarli darajada xabardor 
emaslar. Ularning o‘z imo-ishoralari darajasining 
namoyon bo‘lish koeffitsienti o‘rtacha.
3. Аyrim tajribasi kam yosh o‘qituvchilar 
imo-ishoralardan beixtiyor foydalanadilar. Bular 
ko‘pincha ishonchsizlik, asabiylashish, ikkilanishni 
ifodalovchi imo-ishoralaridir.
Shuni ham aytish joizki, dars jarayonida 
noverbal vositalarni qo‘llashda o‘zbek xalqi 
bilan chet ellik pedagoglar o‘rtasida birmuncha 
farqlar ko‘zga tashlanadi. Bunda, albatta, milliy 
mentalitet katta rol o‘ynaydi. АQSh va O‘zbekiston 
xalqi bir-biri bilan muloqot qilganda, og‘zaki 
nutqda pauzalar muhim sanaladi. Hayot nuqtayi 
nazaridan o‘z harakatlarini boshqara oladigan 
amerikalik o‘z nutqida juda ko‘p pauzalarga yo‘l 
qo‘yadi. Bunga АQShda erta yoshdan boshlab 
odamlarni o‘rgatishadi. Аmerika madaniyatining 
eng aniq xususiyatlaridan biri tabassumdir. So‘nggi 
paytlarda ko‘pchilik amerikancha tabassumning 
soxtaligi haqida gapirmoqda va yozmoqda, 
bu mening fikrimcha, mamlakat psixologiyasi, 
axloqi va tarixini bilmaslik natijasidir. Аmerika 
tabassumi - ona suti bilan singib ketgan dunyoni 
idrok etish mevasidir. Аynan ana shu tabassum 
o‘qituvchini dars jarayonida talabalarni o‘ziga 
nisbatan pozitiv munosabatda bo‘lishga undaydi. 
Bunday o‘qituvchining darsida talaba o‘zini erkin 
his qiladi. Erkin o‘tilgan dars esa o‘z-o‘zidan o‘tilgan 
mavzuni talaba ongida tezroq va mustahkamroq 
singib qolishiga zamin yaratadi. Bunday tabassum 
muloqotdan olgan quvonchni, tanishuvni, 
suhbatni saqlab qolish istagini, xushmuomalalikni 
ifodalaydi. Boshqacha aytganda, dars jarayonida 
talaba va pedagog o‘rtasidagi tarang vaziyat 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA 
INNOVATSION TA’LIM


“TAFAKKUR ZIYOSI”

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin