53
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
o‘zlashtirishi nazarda tutiladi. Ma’lumki,
tushunchalar so‘z bilan mustahkamlanadi
va so‘z yordamida beriladi. Ammo,
og‘zaki metodlar bilimlarning kerakli
darajada to‘laligini ta’minlay olmaydi.
Ta’lim oluvchilarda zarur tushunchalarni
shakllantirish muayyan so‘zlash bilan
ko‘rsatishning uyg‘unlashuvini taqozo etadi.
Ma’lumki, pedagogika fani va amaliyotida
mazkur tushunchalarda aks etadigan
qator hodisalarning asosiy variantlarini
namoyish etishga yordam beradigan
ko‘rsatmali vositalar eng samaralidir.
Bunda har bir qoidaning ma’nosini yoritish
va nima uchun
boshqacha emas, balki
aynan shunday qilish kerakligini asoslab
berish juda muhimdir. U yoki bu asbob
bilan ishlash usullarini so‘zlab berishda
ularni albatta ko‘rsatib berish lozim.
Navbatdagi analitik bosqichda ta’lim
oluvchilar ishning ayrim elementlarini
kamroq yoki ko‘proq vaqt oralig‘ida
alohida-alohida bajarishi kuzatiladi.
Boshlovchi ta’lim oluvchilar faoliyatining
sur’ati beqaror bo‘ladi va
ularning irodasiga
yaxshi bo‘ysunmaydi. Ko‘nikmalarning o‘zi
mashqlar davomida, amaliy ishlar bajarish
jarayonida shakllanadi. Avval ta’lim
oluvchilar o‘z gavdalarini to‘g‘ri tutishlariga
va ishning ayrim elementlarini qoida
bo‘yicha bajarishlariga erishiladi. Dastlabki
bosqichlarda ishning sur’ati past bo‘lishi
va ta’lim oluvchilar har bir harakatini “his
etishlari” kerak. Ana shu bosqichlardagi
asosiy talab aniqlikdir.
Uchinchi-sintetik bosqichda alohida
xatti-harakatlarning yaxlit ishga birlashishi
ro‘y beradi. Har bir xatti-harakatdagi vujudga
keladigan tasavvurlar,
sezgilar zanjiri ana
shu birlashishning mexanizmi bo‘ladi.
Sezgilar asosida “ko‘nikmaning xatti-
harakat formulasi” vujudga kelib, u inson
miyasiga joylashgan qandaydir “nota”larga
aylanadi va shularga qarab ish ijro etiladi.
Formula qanchalik mustahkam bo‘lsa, uni
shunchalik tez va oson bajarish mumkin.
Keyinchalik mashqlarning bajarilishiga
qarab faqat aniqlikka emas, balki tezlikka
ham qo‘yiladigan talablar ortib boradi.
O‘qituvchi topshiriq berar ekan, uni qancha
vaqtda bajarish kerakligini ham aytadi.
Vaqtning me’yorlanishi ta’lim oluvchilarni
har bir daqiqani qadrlashga majbur qiladi.
Shunday qilib, grafik masalalar yechish
ko‘plab tadqiqotchilarning e’tiborida
bo‘lgan. Darhaqiqat, masalar yechishning
qaysi jihatlari o‘rganilmagan, – ta’lim
oluvchilarning tafakkurini rivojlantirish,
ijodiy aqliy
faoliyatini oshirish, grafik bilim va
malakalarni rivojlantirish uchun sistematik
ravishda masalar yechish zaruriyati
haqida olimlar yagona xulosaga keldilar.
Ta’lim oluvchilarning ijodiy-grafik bilim va
malakalarni shakllantirish jarayonining
pedagogik-psixologik tadqiqotlarini tahlil
qilish shunday xulosa qilish imkoniyatini
berdiki, aqliy-amaliy faoliyatni rivojlantirish
shart-sharoitlari grafik bilim va
ko‘nikmalarni shakllantirish hisoblanadi.
Binobarin, ta’lim oluvchilarda grafik bilim
va malakalarni shakllantirishning yetakchi
pedagogik-psixologik shart-sharoitlari
quyidagilar hisoblanadi:
uni predmetli
faoliyatga kiritish; amaliy faoliyatni aqliy
faoliyat bilan uyg‘unlashtirgan holda tashkil
etish; ijodiy faoliyatni grafik masalalarni
yechish bo‘yicha tashkil etish va boshqalar.
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA
INNOVATSION TA’LIM