BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNI IJODIY- GRAFIK FAOLIYATGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI Kamoliddin Zoyirov – dotsent, p.f.n., Jizzax davlat pedagogika instituti Annotatsiya: Ushbu maqolada oliy ta’lim tizimida bo‘lajak mutaxassislarni ijodiy-grafik faoliyatga tayyorlashning pedagogik- psixologik jihatlari qaraladi. Xususan, talabalarning ijodiy-grafik o‘quv faoliyati psixologik jihatdan talqin qilinib, grafik bilim va malakalarni shakllantirishning bosqichli metodikasi tavsiya etiladi. Аннотация: В этом статье рассматрваются педагогико-психологические аспекты подготовки творческо-графической деятельности будущих специалистов в системе высшего образования. В частности, анализируется психологические аспекти учебные творческо-графические деятельности студентов и рекомендуется поэтапная методика формирования графических знании и умении студентов. Abstract: This article discusses the pedagogical and psychological aspects of the preparation of creative and graphic activities of future specialists in the system of higher education. In particular, the psychological aspects of students' educational creative and graphic activities are analyzed and a step-by-step methodology for the formation of students' graphic knowledge and skills is recommended. Kalit so‘zlar: oliy ta’lim tizim, ijodiy grafik faoliyat, ijodiy-grafik o‘quv faoliyati, grafik bilim va malakalar, grafik bilim va malakalarni shakllantirishning bosqichli metodikasi. Ключевые слова: творческо-графическая деятельность, графические знания и умения, педагогическо-психологические аспекти. поэтапная методика формирования графические знания и мения . Keywords: higher education system, creative, graphic activity, graphic knowledge and skills, pedagogical and psychological aspects. step - by - step methodology for the formation of graphic knowledge and imagination . Bo‘lajak ijodkor-grafik
mutaxassislarning grafik bilim, malaka
va ko‘nikmalarini shakllantirish, grafik
savodxonligini ijodkorlik darajasiga
yetkazish, oliy ta’lim oldida turgan dolzarb
vazifalardan biridir. Zotan, Kadrlar tayyorlash
milliy dasturida ta’kidlanganidek, “uzluksiz
ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy yetuk
shaxsni shakllantirish, yuqori malakali
raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga
zaruriy shart - sharoit yaratadi
1
”.
Bizning tadqiqotimizning obyekti
bo‘lajak mutaxassislarni ijodiy-grafik
faoliyatga tayyorlash jarayoni hisoblanadi.
Pedagogik-psixologik tadqiqotlarda
grafik faoliyat ijodiy-aqliy faoliyat sifatida
qaraladi. Bizning tadqiqotimizda oliy ta’lim
tizimida talabalarining psixologik-fiziologik
jihatdan aqliy faoliyatini rivojlantirishning
uzluksizligini ta’minlash vazifasi qo‘yilgan.
Aqliy faoliyatni rivojlantirish
psixologiyasi masalalari ko‘pgina
olimlar ishlarida keng yoritilgan. Ular bu
faoliyatning har xil jihatlarini o‘rganganlar.
Inson faoliyatida psixologiya ichki(ruhiy-
psixik), xuddi shuningdek tashqi(tabiiy)
faollikni hosil qilib, maqsadga intilishni
idrok etadi. Yangi ruhiy harakatni olish
1 Кадрлар тайёрлаш Миллий дастури. Тошкент, 1997. 2 Гальперин П.Я.Формирование умственых действий и понятий.М.:МГУ.1975.52с. 3 Тализина Н.Ф. Управление процессом усвоения знаний. М.1975. С.189. manbai ichki materiallashgan harakat
hisoblanadi. Ruhiy-aqliy faoliyat tashqi
materiallashgan faoliyatdir. Bu holat
bizning tadqiqotimizda yetakchi psixologik
jihat sifatida qabul qilindi.
Zamonaviy pedagogik-psixologiyada
ta’lim jarayonini tashkil etishga bir qancha
yondashuvlar ishlab chiqilgan. Shunday
konsepsiyalardan biri aqliy faoliyatni
bosqichli shakllantirish nazariyasidir
(P.Y.Galperin
2
, N.F.Talizina
3
). Nazariyaning
markaziy g‘oyasi – talabalar faoliyati
jarayonida, ya’ni ma’lum harakatlar
bajarish natijasida bilim egallanadi.
Aqliy faoliyatni bosqichli shakllantirish
nazariyasining asosiy mazmuni shundan
iboratki, tashqi materiallashgan harakatni
ichki intellektul rejaga o‘tkazish jarayoni
va shart-sharoitlarini tahlil qilishdan
iboratdir. Yuqorida qayd etilganlardan aqliy
rivojlanishning to‘rt asosiy tavsifini ajratib
ko‘rsatish mumkin:
1.Aqliy harakatni egallash darajasi;
2.Aqliy harakatni umumlashtirish
darajasi;
3.Amaldagi bajarilgan operatsiyalar
to‘liqligi yoki harakatlarning qisqartirilgan
darajasi;
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA
INNOVATSION TA’LIM