OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA DUAL TA’LIM TIZIMINING JORIY ETILISHI Ulug`bek Uroqovich Turamuratov – o‘qituvchi, Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti Annotatsiya: Ushbu maqola oliy ta’lim muassasalarida dual ta’lim tizimini joriy etishning o‘rni va ahamiyati mavzusiga bag‘ishlanadi. Shuningdek, maqola mazmunida ta’limning dual shakli orqali ta’lim tizimi uchun psixolog kadrlar tayyorlash, ushbu masalada ilg‘or xorijiy tajribalar hamda dual ta’limni joriy etish orqali kutilayotgan natijalar keng yoritilgan. Аннотaция: В данной статье будет затронута тема роли и значения внедрения системы двойного образования в высших учебных заведениях. Также в статье подробно освещены вопросы подготовки педагогических кадров для системы образования через двойную форму обучения, передовой зарубежный опыт в этом вопросе, а также ожидаемые результаты по внедрению двойного образования. Abstract: In this article, the topic of the role and significance of the introduction of the dual education system in higher education institutions will be discussed. The article also covers in detail the issues of training teachers for the education system through the dual form of education, the best foreign experience in this matter, as well as the expected results of the introduction of dual education. Kalit so‘zlar: Dual ta’lim, psixolog kadrlar, mutaxassislik, xorijiy tajriba, ta’lim, integratsiya, muhit, samaradorlik, texnologiya, globallashuv, Konsepsiya. Ключевые слова: двойное образование, психологический персонал, специальность, зарубежный опыт, образование, интегрatsiя, среда, эффективность, технологии, глобализatsiя, концепция. Keywords: dual education, psychological staff, specialty, foreign experience, education, integration, environment, efficiency, technology, globalization, concept. O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni
tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini
belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-
axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan
yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini
sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy
ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim
texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy
soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish
maqsadida O'zbekiston Respublikasininig
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2019-yil
8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoniga asosan
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini
2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini
tasdiqlandi. Konsepsiyada Oliy ta’lim tizimining
joriy holati va mavjud muammolarni bartaraf
etishning ustuvor yo‘nalishlari va Oliy ta’lim
tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari
belgilab berildi. Jumladan, mazkur hujjatda
“Oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy
ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini
oshirish ilg‘or xorijiy tajribalar asosida oliy
ta’lim muassasalariga yuqori malakali
pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash, qayta
tayyorlash va malakasini oshirish tizimini
takomillashtirib borish hamda talabalarning
ishlab chiqarish, malakaviy va boshqa turdagi
amaliyotlarini mazmunli tashkil etish uchun
uslubiy bazani ishlab chiqish va rivojlantirib
borish”ga alohida e’tibor qaratilgan
1
.
Ayni vaqtda ta’lim tizimida psixolog
1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni PF-5847-son. “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida”. 08.10.2019- yil. Xalq so'zi gazetasi. 2019-yil 9-oktabr № 209 (7439)