SPORT-SOG‘LOMLASHTIRISH TURIZMI KADRLARINI TAYYORLASHNING PEDAGOGIK TIZIMI TAHLILI Vladimir Shavkatovich Raximov – p.f.n., dots., О‘zbekiston Milliy Universiteti Annotatsiya: Maqolada sport-sog‘lomlashtirish turizmi kadrlarini tayyorlashning pedagogik tizimi tahlili berilgan. Аннотация: В статье анализируется педагогическая система обучения спортивно-оздоровительному туризму. Abstract: The article analyzes the pedagogical system of training sports and health tourism. Kalit so‘zlar: turizm, sport-sog`lomlashtirish, sport mahsuloti, turistik va sport, sport turizmi, sog‘lomlashtirish majmuasi. Ключевые слова: туризм, спорт и здоровье, спортивные товары, туризм и спорт, спортивный туризм, оздоровительный комплекс. Keywords: tourism, sports and health, sporting goods, tourism and sports, sports tourism, health complex. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“О‘zbekiston
Respublikasini
yanada
rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar strategiyasi
tо‘g‘risida” 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son
Farmoni, “О‘zbekiston Respublikasida jismoniy
tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va
ommalashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”
2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-son Farmoni,
“Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik
xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga
qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir
qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida” 2020-
yil 19-iyundagi PQ-4755-son qarori, “Qishki
sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari
tо‘g‘risida” 2020-yil 4-fevraldagi PQ-4583-son
qarori, “Jismoniy tarbiya va sport sohasini
rivojlantirish” masalalariga bag‘ishlangan
yig‘ilishdagi nutqi (2018-yil 21-sentabr, Xalq
gazetasi, 1-2 bet) va boshqa meyoriy-huquqiy
hujjatlarda bir qancha vazifalar belgilab
berilgan.
Shunga kо‘ra, ushbu sohada tizimli
ishlarni amalga oshirish kerakligi, kadrlarga
bо‘lgan ehtiyojni ilimiy-metodik jihatdan
о‘rganib chiqish zarurati mavjudligi bizning
ilmiy izlanishlarimizga asos bо‘ldi.
Ma’lumki, “tizim” atamasi ilmiy
adabiyotlarda turli xil ma’nolarda ishlatiladi.
Kо‘pincha tizim deganda о‘zaro ta’sirlashuvlari
uni tashkil etuvchilarga xos bо‘lmagan yangi
sifatlarni vujudga keltiradigan komponentlar
yig‘indisi tushuniladi
1
.
Shuningdek, V.G.Afanasev, I.V.Blauberg,
1 Алексеева О.В. Профессионально-деятельностный подход к подготовке студентов по спортивно-оздоровительному туризму: теоретические основы исследования. - Улан- Удэ: Изд-во Бурят, гос. ун-та, 2010. 2 Квартальной А.В., Лагуссв Ю.М., Ссселкин А.И. Государственный образовательный стандарт высшего профессионального образования «Менеджмент спортивного туризма», М. РМАТ. 1999 г. с. 48. 3 Квартальной А.В., Лагуссв Ю.М., Ссселкин А.И. Государственный образовательный стандарт высшего профессионального образования «Менеджмент спортивного туризма», М. РМАТ. 1999 г. с. 48. 4 Федотов Ю.Н., Востоков И.Е. Спортивно-оздоровительный туризм: Учебник. М.: «Советский спорт», 2002. - 364 с. 5 Федякин А.А. Теоретико-методические основы оздоровительного туризма// Автореферат докт. дисс., Майкоп., 2001, С. 31-37 V.N.Sadovskiy, V.N.Sagatovskiy, A.I.Uemov,
A.D.Ursul, E.G.Yudin va boshqa olimlarning
ishlarida taklif etilgan “tizim” tushunchasining
о‘z mohiyatiga kо‘ra о‘xshash bо‘lgan ta’riflarini
umumlashtirib, eng oddiy va aniq ifodani
qabul qilamiz: “Tizim (sistema) bir-biri bilan
о‘zaro bog‘langan va ma’lum bir yaxlit birlikni
tashkil etuvchi elementlar (komponentlar)ning
ma’lum tarzda tartibga solingan tо‘plamidir”
2
.
Shu ta’rifga muvofiq har bir tizim ikki
tashkil etuvchiga ega: komponentlar tarkibi
va bu komponentlar о‘rtasidagi aloqalar tizimi
sifatidagi tuzilma
3
.
Har qanday tuzilmaning eng muhim
jihati tartibga keltirilganlik, ya’ni fazo va
makonda elementlarning ma’lum qonuniy
turishi, ularning barcha funksiyalarini kattalik,
intensivlik va muvofiqlik bо‘yicha ma’lum
bir navbatidir. Tuzilmaning elementlari aniq
bog‘liqlik bilan bog‘langan bо‘lsa, u qat’iy
tartibga solingan hisoblanadi
4
.
Har qanday tuzilmada tizimni tashkil
etuvchi aloqalar muhim ahamiyatga ega,
ular yordamida ayrim elementlar tizimga
birlashadi. Bu aloqalar maqsadli bо‘lib, ushbu
maqsad tizimning barcha qismlarini faoliyat
yuritishga undaydi va ularni yagona bir butunga
birlashtiradi
5
.
О‘qitishga va tarbiyalashga tizimli
yondashuv tarafdorlari pedagogik tizim
deganda “sifatlari berilgan shaxsning
shakllantirishga tashkil etilgan, maqsadga
yо‘naltirilgan va oldindan nazarda tutilgan
AMALIY FANLAR