ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son 58 pedagogik ta’sirni yaratish uchun zarur
bо‘lgan о‘zaro bog‘liq vositalar, metodlar
va jarayonlarning ma’lum bir yig‘indisi” ni
tushunadilar. Demak, jamiyat ta’lim sohasiga
sifatlari berilgan shaxs yoki xodimga buyurtma
beradi, u esa bu shaxsni о‘qitishning adekvat
texnologiyasi yordamida shakllantiradi.
Maqsadlar о‘zgarsa – tizim ham о‘zgarishi
kerak
6
.
Pedagogika
fanida
keyingi
о‘n
yilliklar
mobaynida
о‘qitish
jarayonini
takomillashtirishning va uni dastlabki
tavsiflashning turli jihatlari bо‘yicha qiziqarli va
foydali bо‘lgan tadqiqot materiali tо‘plangan.
О‘quv-metodik hujjatlarni ham shaklan, ham
mazmunan takomillashtirishga, uni butun
о‘quv-tarbiyaviy jarayonni loyihalashtiruvchi
hujjatlarga yaqinlashtirishga imkon beruvchi
bir qator metodikalar yaratilgan.
Bо‘lg‘usi pedagogik tizimning tavsifi
turli xil pedagogik hujjatlar: rejalar, dasturlar,
о‘quv qо‘llanmalar shaklida amalga oshiriladi.
“Tizimli – metodik ta’minot tarkibida ta’limni
amalga oshirishning aniq dasturlarini ishga
tushirish uchun maxsus amaliy ishlanmalarni
ajratib olish mumkin. Gap о‘qitishning
mazmuni, aniq yо‘llari (usullari, metodlari)
ni tashkil etish va vaqt bо‘yicha taqsimlash
tо‘g‘risida bormoqda. Shuning uchun metodik
ta’minlanganlikka xususiy metodikalar, turli
xil kontingentdagi о‘quvchilar bilan alohida
mashg‘ulotlar о‘tkazish metodikalari, о‘quv
rejalari va dasturlarini tuzish metodikalari va
boshqalar kiradi”.
“Tizimli metodik ta’minot - deb ta’kidlaydi
V.P.Bespalko, - bu kelajak о‘quv-tarbiyaviy
jarayonning loyihasidir, va loyiha qanchalik
yaxshi bajarilgan bо‘lsa, uni amaliyotda
foydalanishda maqsadlarga erishish ehtimoli
shunchalik katta bо‘ladi”
7
.
Sport-sog‘lomlashtirish turizmi tizimida
kishining tarbiyalanishi о‘z ichiga quyidagilarni
oladi:
-
ma’naviyat, axloqiylik, mentalitetga
yо‘naltirilgan ta’sir kо‘rsatishi imkoniyati;
- shaxsning har tomonlama yaxlit va
uyg‘un rivojlanishi jarayonlariga ijtimoiy,
iqtisodiy, gumanistik vositalar jamlanmasidan
foydalanish imkoniyati;
-
ekologik madaniyat, estetik did,
etikaviy tamoyillarni shakllantirish maqsadida
sport-sog‘lomlashtirish turizmining har
6 Raximov V.SH. Sog‘lomlashtirish turizmini ijtimoiy-pedagogik muammolari / O‘zbekiston taraqqiyotining yangi davrida pedagogik fikrlar taraqqiyotining xususiyatlari va istiqbollari. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. // Innovatsion rivojlanish vazirligi. Qo‘qon davlat pedagogika universiteti. Qo‘qon. 2021. 321-323 b. 7 Гулиев Н.А. Соsиально-культурные основы формирования профессиональной компетентности менеджера регионального туризма: монография. - М.: Флинта; Наука, 2006. xildagi shakllari, vositalari va metodlaridan
foydalanish imkoniyati;
- konkret shaxsning shakllanishi, uning
qobiliyatlari rivojlanishi, uning ehtiyojlari
qondirilishi, uning qiziqishlari doirasining
kengayishi jarayonlariga odam va uni
tarbiyalash haqidagi pedagogik ilm-fanda
tо‘plangan barcha bilimlardan foydalanish
imkoniyatlari.
Sportning boshqa turlaridan farq qilgan
holda sport-sog‘lomlashtirish turizmi eng
samarali sog‘lomlashtirish texnologiyalaridan
biri bо‘lib sanaladi. Sport-sog‘lomlashtirish
turizmi – bu oddiygina sport turlaridan
biri ekanligidan kо‘ra ancha keng bо‘lgan
tushunchadir. Bu butun boshli bir ijtimoiy
harakat bо‘lib, uning eng muhim maqsadi har
bir konkret kishi va umuman butun jamiyatning
sog‘lom turmush tarzini shakllantirish
hisoblanadi.
Sport-sog‘lomlashtirish turizmining
о‘ziga xosligi shunda namoyon bо‘ladiki, u bilan
boshqa istalgan sport turlaridan farqli holda
deyarli har bir kishi shug‘ullana olishi mumkin,
shuning uchun sport-sog‘lomlashtirish turizmi
eng ommaviy harakatlardan biri bо‘lib sanaladi.
Sport-sog‘lomlashtirish turizmining
о‘ziga xosliklari maqsadga erishishdagi
yuqori motivatsiya, yо‘naltirilganlik bilan
namoyon bо‘ladi, bunga bog‘liq hoda
sport-sog‘lomlashtirish turizmi sportda
professional bо‘lib sanalmaydigan, lekin
shunga qaramasdan, о‘zlarida harakatlarning
takomillashgan va juda aniq koordinatsiyasini,
harakatlar tezligini, yuqori irodaviy sifatlarni,
shu jumladan, emotsional hamda jismoniy
zо‘riqishlarni yenga olish, ularni bartaraf
etish kabilarni rivojlantirayotgan kishilarning
imkoniyatlari va qobiliyatlarining tabiiy
laboratoriyasi sifatida olib qaralishi mumkin.
Sport-sog‘lomlashtirish turizmining
о‘ziga
xosliklari
shuningdek,
uning
tomoshabopligida, jozibadorligida,
ekologikligida, sport-sog‘lomlashtirish turizmi
orqali rivojlantirilgan boshqa hayot faoliyati
sohalarida yuzaga chiqarish imkoniyatlarida
kо‘zga tashlanadi.
Sport-sog‘lomlashtirish turizmining
о‘ziga xosliklari shuningdek, sо‘nggi yillarda
shundan iborat bо‘lmoqdaki, bunga kо‘ra u
biznes bilan birlashmoqdadir: bu mos holdagi
sport anjoimlari, ustki va oyoq kiyimlari ishlab
AMALIY FANLAR