BO‘LAJAK JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARINI O‘QITISHDA MOBIL ILOVALARNI QO‘LLASH METODIKASI Furqat Qo‘ldoshevich Axmedov – p.f.n., professor v/b., Jizzax davlat pedagogika instituti Alisher Isakovich Olimov– dotsent, Jizzax davlat pedagogika instituti Annotatsiya: Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalaridagi jismoniy madaniyat mutaxasissligi bo‘yicha tahsil oluvchi talabalarni o‘qitishda mobil ilovalardan foydalanish samaradorligini pedagogik tajriba tahlillaridan olingan natijalari bayon etilgan. Аннотация: В данной статье описаны результаты анализа педагогического опыта эффективности использования мобильных приложений в обучении студентам обучающимся по специальности физическая культура в высших учебных заведениях. Abstract: This article describes the results of the analysis of the pedagogical experience of the effectiveness of using mobile applications in teaching the subject to students studying in physical education at higher educational institutions. Kalit so‘zlar: talabalar, jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya, mobil ilovalar, fan, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlar. Ключевые слова: студенты, физическая культура, физическое воспитание, мобильные приложения, наука, показатели успеваемости. Keywords: students, physical cultural, physical education, mobile applications, science, performance indicators. Axborot texnologiyalarida innovatsiyalar
alohida o‘rin tutadi. Ular insoniyatga yangi
bilimlar egallash, ishlab chiqarish va ijtimoiy
turmushni tashkil etishning yangi usullaridan
tezkor foydalanish imkoniyatini beradi.
Shuning evaziga texnologiyalarni hayotga joriy
etish va kashfiyotlarni yaratish birmuncha
tezlashmoqda. Ta’lim tizimiga dunyo
taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchi
kuchi va barqaror rivojlanishning muhim
omili sifatida qara¬ladi. Uni takomillashtirish
va sifatli tashkil qilish, ta’lim oluvchilarga
kafolatlangan bilimlar berish mexanizmlarini
o‘quv-mashg‘ulotlar jarayoniga joriy etish
ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
Jahon miqyosida bo‘lajak jismoniy tarbiya
o‘qituvchilarini tayyorlashda mobil ilovalardan
foydalanish masalasida ilmiy tadqiqot ishlari
kompyuterlashtirilgan o‘quv muhiti, professor-
o‘qituvchilar uchun malaka oshirish tarmoqlari,
yuzlab taniqli oliy ta’lim muassasalari va barcha
bilim sohalarida o‘quv kurslari hamda darsliklar
ko‘rinishidagi ochiq ta’lim manbalarini taqdim
etuvchi elektron fondlar yaratish va amaliyotga
joriy etish yuzasidan ko‘plab ilmiy tadqiqotlar
yetakchi ta’lim muassasalari tomonidan olib
borilmoqda.
Respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida
jismoniy tarbiya va sport sohasini
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini
shakllantirish, aholining, ayniqsa, yosh
avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport
1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг 2017 йил 3 июндаги ПҚ-3031-сон “Жисмоний тарбия ва оммавий спортни янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Қарори. «Халқ сўзи» газетаси 2017 йил 6 июн, 111 (6805)-сон. bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon
talablariga mos shart-sharoitlar yaratish
hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni
yanada rivojlantirish”
1
masalasiga ustuvor
ahamiyat qaratilmoqda. Respublikamizda
yoshlar orasida mobil aloqaning keng
tarqalganligini inobatga olib ushbu aloqa
turlari oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv
jarayonini optimallashtirishga qanday yordam
berishi mumkinligini o‘rganish zarur. Oliy ta’lim
tizimini takomillashtirish va zamon talablariga
moslashtirishda axborot komunikatsiya
texnologiyalarnining o‘rni muhim ahamiyatga
ega. Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini
tayyorlash sohasidagi dolzarb muammolardan
biri talabalarni mobil texnologiyalar
va internetning innovatsion ta’lim
texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitish
qolmoqda, ammo ulardan foydalanish asosida
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy-
pedagogik kompetensiyasini shakllantirish
asoslari va aniq mexanizmlari hozirgacha
ishlab chiqilmagan.
Agar ta’limda mobil texnologiyalardan
foydalanishning afzalliklari haqida gapiradigan
bo‘lsak, quyidagilarni qayd etish mumkin: 1
istalgan vaqtda o‘quv materiallariga tez kirish;
2 mobil ilovalar nutq faoliyatining barcha
jihatlarini o‘rgatish imkonini beradi: o‘qish,
gapirish, tinglash va yozish; 3 ilovalar ko‘p
sonli illyustratsiyali multimediya ko‘rinishida
ma’lumot beradi; 4 talabalar o‘z bilimlari
haqida ma’lumotni tez olish imkoniyati, chunki