49
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar
inson va uning manfaatlari eng oliy qadriyat
ekanligi tamoyiliga asoslangan bo'lib,
bugungi
kunda iqtisodiyotni rivojlantirish, yirik va kichik
biznes subyektlarida aholi, ayniqsa, yoshlar
va xotin-qizlarning bandligini ta’minlash
masalalariga qaratilgan bir qator chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek,
kambag‘allikni qisqartirish uchun mehnat
faoliyati bilan ta’lim jarayonini uyg‘unlashgan
holda tashkil etish orqali malakali kadrlar
tayyorlashda rivojlandan davlatlar (Germaniya,
Rossiya Federatsiyasi) ning ta’lim sohasidagi
tajribalari (dual ta’lim mexanizmlari) dan
samarali foydalanish lozim.
Dual ta’lim – oliy ta’lim muassasalari
va ishlab chiqarish korxonalari o'rtasida
mustahkam aloqalarini yo'lga qo'yish orqali
talabalarning tegishli soha bo‘yicha ishlab
chiqarish korxonalari, tashkilotlar va ta’lim
muassasalarida o'quv
faoliyatidan ajralmagan
holatda integratsion muhitni yaratib, nazariy va
amaliy ko'nikmalarni bir fazada olib borishga
imkon yaratadi.
Shu bilan bir qatorda, dual ta’lim
O'zbekiston Respublikasininig Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev 2019-yil 8-oktabrdagi PF-
5847-son Farmoniga asosan O‘zbekiston
Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash
quyidagi vazifalarni amalga oshirishga imkon
beradi:
“Ilmiy-texnik buyurtma va grantlarni
amalga oshirish, ishlab chiqarishda mavjud
muammolarga
yangicha yechim topish, tajribali
amaliyotchilarni o‘quv jarayoniga faol jalb
qilish, ta’limda ishlab chiqarish infratuzilmasi
va amaliy misollardan keng foydalanish kabi
yo‘nalishlarda oliy ta’lim muassasalarining
ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlar, ilmiy-
tadqiqot muassasalari bilan o‘zaro
manfaatli
hamkorligini ta’minlash”
3
.
Dual ta’lim – bu ta’limni o‘z yo‘nalishiga
mos tashkilot, muassasa yoki korxonada
mehnat qilish bilan birga
olib boriladigan
ta’lim tizimdir. Dual ta’limni tashkil etish uchun
mas’ul mutasaddi hokimliklar va manfaatdor
vazirliklar tomonidan kerakli kadrlariga bo‘lgan
ehtiyoji doimiy ravishda monitoring qilib
boriladi va aniqlangan ma’lumotlar orqali taklif
(kvota)lar shakllantiriladi.
Psixologiya yo'nalishida mutaxasis
kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari
3 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida” 08.10.2019-
Dostları ilə paylaş: