Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   216
2021 4-son

yil. Xalq so'zi gazetasi – 2019 yil 9 oktabr № 209 (7439)
belgilangan kvotalar asosida talabalarni qabul 
qiladi. Oliy ta’lim muassasalari psixologiya 
sohasi bo'yicha kadrlarga ehtiyoji bo‘lgan 
korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalar 
bilan, shuningdek, talaba va ish beruvchi 
o‘rtasida ham shartnomalar tuziladi. 
Bugungi kunda iqtisodiyotning faol 
sektori ilm-fan ekanligi hech kimga sir 
emas. Bozor iqtisodiyoti talablari asosida 
raqobatbardosh, yetuk malakali kadrlar 
tayyorlash har doim diqqat markazimizda 
turgan masala bo'lib qolaveradi. Davlatimiz 
rahbari tamonidan ilgari surilgan taʼlim tizimini 
davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish 
g'oyasining pirovard zamirida ana shu maqsad 
yotibdi.
Yurtimiz oliy ta’lim muassasalari orasida 
davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosidagi dual 
ta’limni birinchi bo'lib Toshkent to'qimachilik va 
yengil sanoat instituti tomonidan amaliyotga 
tatbiq qilingan. Institut va ikkita paxta-
to'qimachilik klasterlari o'rtasida “Kadrlarni 
maqsadli tayyorlash, o'quv-ilmiy va marketing 
sohalari bo'yicha o'zaro hamkorlik” to'g`risidagi 
shartnoma muvaffaqqiyatli imzolandi. Shu 
tariqa tomonlarning davlat-xususiy sheriklik 
asosidagi hamkorligiga mustahkam zamin 
yaratilib, oliy ta’lim tizimida ilk bor dual ta’lim 
texnologiyalari yo'lga qo'yildi.
Bugungi kunda Germaniyada asos 
solingan bu taʼlim tizimiga Yevropa Ittifoqi 
hamda boshqa bir qator davlatlarning ham 
qiziqishi ortmoqda hamda ularda joriy 
etilmoqda. Unga ko'ra, Germaniyada uch oylik 
ta’lim, uch oylik mehnat faoliyati tamoyili 
asosida mashg'ulotlar yo'lga qo'yilgan. 
Psixologiya sohasida yetuk mutaxasis kadrlar 
tayyorlashda dual taʼlimni mehnat faoliyatidan 
ajralmagan holda amalga oshirishni 
rejalashtirmoqdamiz. Bu borada so'z ketganda, 
albatta, maxsus o'quv-rejalar va fan dasturlarni 
ishlab chiqish, mashg'ulotni tashkil etishda 
onlayn seminar va vebinarlar ulushini sezilarli 
darajada oshirish ko'zda tutulgan. Shu o'rinda, 
professor-o'qituvchilarimizning bilim, ko'nikma 
va malakalarinini oshirish maqsadida tizimdagi 
korxona, tashhkilot va muassasalar bilan 
mustahkam aloqalarni qo'yish masalasini ham 
inibatga olish maqsadga muvofiqdir. 
Provardida: 
professor-o'qituvchilar real jarayonlardan 
muntazam xabardor bo'lishadi;
yangi, zamon talablariga mos pedagogik 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA 
INNOVATSION TA’LIM


“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
50 
texnologiyalar yaratish samaradorligi oshadi;
inson psixologiyasining nozik qirralarini 
to'g'ri baholash va boshqarish ko'nikmalarini 
shakllantiriladi;
glaballashuv jarayonida inson, ayniqsa, 
yosh avlod psixologiyasida yuzaga kelayotgan 
yangi muammolarni o'z vaqtida aniqlash va 
bartaraf etishning samarali mexanizmlarini 
qisqa vaqtlarda ishlab chiqish va uni 
amaliyotga keng tadbiq qilish imkonini beradi.
Yoshlarni, ayniqsa maktab 
bitiruvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish, 
ularni kejakda o'z hayot yo'llarini topishlarida 
kerakli maslahat, tavsiya va yo'nalishlar 
berish psixologiya sohasi muaxasislarining 
vazifasidir. Zero, kasb-hunarga ega bo'lish 
har bir shaxs uchun zarur ehtiyojlardan biri 
ekanligini buyuk bobokalonlarimiz o'zlarining 
durdona asarlarida aytib o'tganlar. Jumladan, 
Kaykavusning “Qobusnoma” asarida shunday 
deyilgan: “Bas, aqling bo'lsa hunar o'rgang`il, 
nedinkim hunarsiz aql – boshsiz tan, suratsiz 
badandekdur… Ey farzand, ogoh bo'lki, kishi 
hsmisha foydasiz bo'lur va hech kishiga naf ep 
ko'rmas” 
4
.
Dual ta’lim tizimi nafaqat ta’lim 
muassasasida Ta’lim jarayonini samarali 
bo'lishini ta`minlaydi, balki, korxona, 
tashkilot va muassasalar faoliyatining 
o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan 
holda kadr (hodim)lar tayyorlash uchun 
ajoyib imkoniyatdir. Shu bilan birga ta’lim 
dasturi doirasida maksimal muvafaqqiyatga 
erishiladi. Bundan tashqari, korxona, 
tashkilot va muassasalar rahbarlarining yangi 
xodimlarini qidirish va tanlash, ularning qayta 
tayyorlash va moslashtirish bo'yicha iqtisodiy 
samaradorlikka erishsh imkonini beradi. Ya’ni 
dual ta’lim korxona, tashkilot va muassasalarga 
eng yaxshi talabalarni tanlash imkonini beradi. 
Talabalar uchun o'z mutaxassisligi bo'yicha 
kelajakdagi karerasi uchun mustahkam 
poydevor bo'lib xizmat qiladi. Bu, shuningdek, 
oilaviy munosabatlar, samarali ta’limni joriy 
etish, ijobiy va yuqori ish koeffiytsentiga 
erishish, korxona, tashkilot va muassasalar 
obro'siga va raqobatbardoshliligiga ta’sirini 
ta’kidlash lozim. Dual ta’lim dasturlarida 
ishtirok etish uchun korxona, tashkilot va 
muassasalar seminarlar, targ`ibot ishlarini 
4 Kaykavus. “Qobusnoma”.:–T. // 1994. 26 b.
5 J.G`.G`aniyev. “Xorijda ta’lim”. Sharq.:–T. // 1995.
6 Sh.S.Shodmonova, P.S.Ergasheva. Qiyosiy pedagogika. O`quv qo`llanma. T.: – 2005.
7 A.Ivanova. O‘zbekiston – Germaniya ta’lim sohasidagi hamkorlik. Xalq so`zi. 2002-yil 13-mart
8 M.J.Mutalipova, B.X.Xodjayev. Qiyosiy pedagogika. Darslik. T.: – 2015.
9 N.Usmonova. “Germaniyada kasb-hunar ta’limi. Xorijda ta’lim. Ma’rifat. T.: – 2002.
tashkil qilish orqali ta’lim muassasalarini jalb 
qilishi mumkin.
Dual ta’limni amalga oshirishning 
mazmuni, mohiyati, ilmiy asoslari oliy ta’lim 
muassasalarida joriy qilish jarayoni masalasi 
alohida fundamental tadqiq etilmagan 
bo‘lsada, taniqli pedagoglar J.G`.G`aniyev,
5
Sh.S.Shodmonova, P.S.Ergasheva,
6
A.Ivanova,
7
M.J.Mutalipova, B.X.Xodjayev,
8
N.Usmonov
9
kabilarning ilmiy tadqiqodlarida dastlabki 
ma’lumotlar uchraydi.
Oldimizda turgan keyingi o'n yillikni 
prognoz qiladigan bo'lsak, barcha sohalar 
kabi ta’lim sohasida ham katta o'zgarishlar 
kutilmoqda. Tajribalar shuni ko'rsatmoqdaki, 
fan-texnika va ilmiy taraqqiyot yutuqlari ishlab 
chiqarish bilan birgalikda amaliyotga tatbiq 
etilishi yuqori samara va muvaffaqiyatga 
erishishning kaliti bo'lib xizmat qilmoqda. Shu 
o'rinda bir muhim masala xususida to'xtalib 
o'tish lozim. 
Xulosa o'rinda bir muhim masala 
xususida to'xtalib o'tish lozim. Asosiy muammo 
shundaki, fan va ishlab chiqarish o'rtasida 
integratsiyasi uzilib qolgan. Dual ta’lim – fan 
va ishlab chiqarish o'rtasiga ko'prik vazifasini 
o'taydi va ta’lim tizimining barcha bo'g'inlarida 
amaliyotga tatbiq etish maqsadga muvofiqdir. 
Ta’lim tizimi uchun psixolog kadrlarga 
bo'lgan talabning yuqoriligini hisobga 
olgan holda, yеtuk malakali psixologiya 
sohasi mutaxassis tayyorlash jarayoniga 
kadrlar buyurtmachilarini faol jalb etish 
bilan ta’lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro 
tarmoq hamkorligining shakl va uslublarini 
takomillashtirish mazkur soha rivojiga katta 
hissa qo'shadi,albatta. Shu bilan birga, dual 
ta’lim dasturlari asosida tayyorlanayotgan 
bitiruvchi kadrlarni baholashda ish beruvchi 
tomonning ishtirokini yanada kengaytirish 
ta’limni adolatli va shaffof baholashda yana 
bir muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Qisqa 
qilib aytganda, hayotning o'zi zamonaviy 
bilim va texnologiyalarni o'zlashtirgan yangi 
avlod kadrlarini tayyorlashni va o‘ziga xos 
milliy psixologiya maktabini yaratishni taqozo 
etmoqda.
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA 
INNOVATSION TA’LIM


51 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin