55 “TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son AMALIY FANLAR
ilovada xatolar tahlil qilinadi va ularni bartaraf
etish bo‘yicha mashqlar taklif etiladi; 5 mobil
ilovalar ham foydalanuvchiga eng yangi
uslubiy materiallarini taqdim etadi.
Mobil texnologiyalarning ayrim
kamchiliklariga qaramay (o‘qituvchi bilan o‘zaro
aloqaning yo‘qligi, sog‘likka ta’siri va hokazo)
o‘quv jarayoniga mobil texnologiyalarni joriy
etish zamon talablaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Mobil ilovalar nafaqat bizga ta’limni xohlagan
vaqtda, xohlagan joyda ta’lim olish imkoniyatini
yaratadi. Ta’limga oid mobil ilovalarni ishlab
chiqishda o‘yin elementlarini o‘z ichiga olgan
ilovalardan foydalanish bilim olish jarayonni
soddalashtiradi va uni yanada samaraliroq
bo‘lishiga xizmat qiladi.
Mavzuga doir ilmiy-metodik
adabiyotlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki,
respublikamizning qator olimlar masofaviy
ta’lim texnologiyasi va masofaviy ta’limning
didaktik ta’minotini
2
, zamonaviy axborot
texnologiyalari muhitida pedagoglarning
axborot-kommunikativ kompetentliligini
rivojlantirishning nazariy-pedagogik
asoslarini shakllantirishni
3
, pedagogika oliy
ta’lim muassasalari talabalarining media
kompetentliligini rivojlantirish texnologiyasi
yuzasidan o‘z izlanishlarini olib borishgan
4
.
Ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalari,
o‘quv jarayonini kompyuterlashtirishning ayrim
masalalari, zamonaviy videotexnikalardan
foydalanish, kompyuter animatsiyasi vizual
fikrlash vositasi sifatida jismoniy tarbiya va
sport sohasida mutaxassislar tayyorlashda
zamonaviy axborot texnologiyalarining
ahamiyati, axborot texnologiyalarining
mutaxassislar tayyorlash sifatini
oshirishdagi ahamiyati, ta’lim jarayonida
axborotlashgan tizimlarni yaratish, xususan
mobil ilovalardan foydalanish masalalari
xorijiy olimlardan P.Yang, H.Xue, J.Zvoníček,
I.M.Poluliashchenkolar tomonidan tadqiq
qilingan
5
. Mazkur ilmiy izlanishlarda pedagog
kadrlarni tayyorgarligining turli jihatlari,
ya’ni innovatsion va pedagog faoliyatga
2 О.Д.Рахимов, О.М.Турғунов, Қ.О.Мустафаев, Ҳ.Ж.Рўзиев Замонавий таълим технологиялари. Ўқув қўлланма. Тошкент – 2012 й, -111 б. 3 С.С.Бабаджонов педагогика олий таълим муассасалари талабаларининг медиакомпетентлигини ривожлантириш технологияси («Информатика ва ахборот технологиялари» фанини ўқитиш мисолида) 13.00.01 – Педагогика назарияси. Педагогик таълимотлар тарихи. педагогика фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати Тошкент – 2018 й, -48 б., 4 И.А.Эшмаматов “Замонавий ахборот технологиялари муҳитида педагогларнинг ахборот-коммуникатив компетентлигини ривожлантиришнинг назарий педагогик асосларини шакллантириш” 13.00.01 – Педагогика назарияси. Педагогика таълимотлар тарихи. педагогика фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати. Тошкент – 2018 й, -48 б. 5 P.Yang, H.Xue Research and application of mobile teaching platform. IOP Conf. Series: Journal of Physics: Conf. Series 887 (2017) Beijing Polytechnic, Beijing., J. Zvoníček. Mobile apps that support physical activities and the potential of these applications in physical education at school. 10th INSHS International Christmas Sport Scientific Conference, International Network of Sport and Health Science. Szombathely, Hungary. Volume 11. 2016. S176., I.M.Poluliashchenko. (2020) Professional Training of Future Teachers of Physical Culture as an Important Component of Patriotic Education. International Journal of Innovative Technologies in Social Science. 6(27). doi: 10.31435/rsglobal_ijitss/30092020/7175. tayyorgarligi, axborot-komunikatsion
texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari
masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Bugungi kundan oliy ta’lim maussasalarida
“Jismoniy madaniyat” ixtisosligida tahsil
oluvchi talabalarni o‘qitishda zamonaviy
talablarga javob beradigan mobil ilovalarini
yaratish va samaradorligini pedagogik
tajribada tekshirish zarurati mavjud.
Tadqiqot davomida bo‘lajak jismoniy
tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarlik
darajasida muhim hisoblangan kasbiy-
amaliy jismoniy tayyorgarligi, konseptual,
texnologik, refleksiv, baholash-nazorat,
individual rivojlantirish kabi funksional
xususiyatlariga ustuvorlik berish, mustaqil
o‘zlashtirish komponentlarini tartiblashtirish,
kompetensiyaviy yondashuvlarga asoslangan
“Jismoniy madaniyat”, “Lectionsport” va
“JMNvaU innovatsion test” mobil ilovalar ishlab
chiqildi hamda ulardan talabalarning nazariy-
amaliy o‘zlashtirish imkoniyati yaratildi. Mazkur
mobil ilovalar fanni o‘qitish metodikasida
tizimli foydalanish asosida distant ta’lim
tamoyiliga asoslangan hamda o‘quv-metodik
ta’minoti ta’limning har bir bosqichida o‘qitish-
o‘rgatish, maslahat beruvchi, axborot-qidiruv,
bilimini nazorat qilish kabi funksional vazifalari
hisobiga talabalarning nazariy hamda jismoniy
tayyorgarlik darajasini oshirish kabi vazifalarga
asoslangan holda ishlab chiqilgan.
“Jismoniy madaniyat” nomli mobil
ilova OTMlarining “Jismoniy madaniyat”
yo‘nalishi talabalari o‘quv rejasidagi “Jismoniy
madaniyat nazariyasi va metodikasi” fanidan
o‘quv uslubiy majmuaning matariallarini o‘z
ichiga olgan. Dasturda III-IV semestrlarda
o‘qitiladigan mavzular yuzasidan ma’ruza
matnlari, taqdimot slaydlari, fan dasturi,
glossariy, testlar banki, foydalanilgan
adabiyotlar berilgan. Shuningdek ushbu
dasturda masofaviy ta’lim manzillari va sohaga
tegishli internet manzillari berilgan.
Dastur nafaqat mutaxassislar uchun
hamda ushbu sohaga qiziquvchilar uchun