Tafakkur ziyosi


parta ekanligini taʼkidlagan



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   216
2021 4-son


parta ekanligini taʼkidlagan
14
. Darhaqiqat, bu deyarli 
butun dars uchun shaxsiy aloqa (agar o‘qituvchi 
talabalarga yaqin turgan bo‘lsa) zonasiga kiradigan 
birinchi partalar sanaladi. Qolgan talabalar, odatda, 
o‘qituvchidan aloqa zonalari tasnifiga ko‘ra umumiy 
masofada bo‘ladi. Аgar o‘qituvchi auditoriya 
bo‘ylab erkin harakat qilsa, masofani o‘zgartirish 
orqali har bir talaba bilan muloqotda bo‘lib, 
proksemik xilma-xillik va tenglikka erishadi. Bunda 
auditoriyada mebellarning joylashishi ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. Аyniqsa, o‘qituvchining stoli 
auditoriyaga qaratilib qo‘yilganligi ham uning 
direktiv taʼsir etuvchi pozitsiyasini kuchaytiradi. 
Bir necha qatorga joylashtirilgan partalar 
talabalarga o‘zlarini “umumning bir qismi” sifatida 
sezishga ko‘maklashdi. Shuning uchun doskaga 
chaqirish va o‘qituvchi bilan “yuzma-yuz” muloqot 
talabani noxush va tarang holatga keltiruvchi 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA 
INNOVATSION TA’LIM


“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
42 
omillardir.
O‘qituvchining noverbal muloqoti tizimida 
imo-ishoralar tizimi alohida o‘rin tutadi. 
O‘qituvchining imo-ishoralari talabalarga bo‘lgan 
munosabatining ko‘rsatkichlaridan biridir. Imo-
ishora “ichki kechinmalarni namoyon qilish” 
xususiyatiga ega bo‘lib, buni o‘qituvchi har doim 
yodda tutishi kerak. O‘qituvchining imo-ishoralari 
xarakteri dastlabki daqiqalardanoq guruhda 
maʼlum kayfiyatni yuzaga keltiradi. Tadqiqotlar 
shuni tasdiqlaydiki, agar o‘qituvchining harakatlari 
sust va asabiy bo‘lsa, darsga tayyor bo‘lish 
o‘rniga zo‘riqish va beixtiyor ko‘ngilsizliklarni 
kutish holati yuzaga keladi. Tinglovchilarning 
diqqatini jalb qilishning muhim imkoniyatlari 
aynan imo-ishoralarga bog‘liq bo‘ladi. Odatda, 
tinglovchilarning eʼtiborini tortadigan quyidagi 
imo-ishoralarni ko‘rsatish mumkin: ko‘rsatish 
ishoralari, taqlid ishoralari, taʼkid ishoralari va h.k.. 
Imo-ishoralar o‘qituvchining hikoyasini ko‘rsatishi, 
shu bilan birga, vizual idrok, xotira va vizual-
obrazli fikrlashni faollashtirish uchun ishlatilishi 
mumkin. O‘qituvchining imo-ishoralari ko‘pincha 
talaba uchun mavzuni anglashda qo‘shimcha 
omil sanaladi. Shu asosda o‘qituvchining noverbal 
xatti-harakati madaniyati va ayniqsa, uning imo-
ishoralariga yuqori talablar qo‘yish zarur, deb 
hisoblaymiz.
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan 
muloqotida nutq ohangi ham katta ahamiyatga 
ega. Mutaxassislarning fikricha (xususan, 
M.M.Ribakova), kattalar o‘rtasida intonatsiya 40% 
gacha axborot tashishi mumkin. Biroq, bola bilan 
muloqot qilishda intonatsiyaning taʼsiri yanada 
ortadi
15
.
Intonatsiya orqali o‘qituvchining o‘z nutqiga 
hamroh bo‘lgan kechinmalari namoyon bo‘ladi. 
Talaba intonatsiya orqali pedagogning unga 
bo‘lgan munosabatini aniq his etadi. Shu bilan bir 
qatorda, intonatsiya nafaqat so‘zlarning mazmuni 
va maʼnosini, balki boshqalarning unga bo‘lgan 
munosabatini ham anglatadi.
So‘zlarni idrok qilishda talaba avval 
intonatsiyaga javob harakati bilan munosabat 
bildiradi va shundan keyingina aytilganlarning 
maʼnosini o‘rganadi. O‘qituvchining baqirishi yoki 
aksincha, monoton nutqi taʼsir etuvchi kuchdan 
mahrum bo‘ladi, chunki talabaning sezgilari 
hissiy mushohadani umuman ushlamaydi. Bu esa 
talabada befarqlikni keltirib chiqaradi.
Shu munosabat bilan o‘qituvchining nutqi 
hissiy boy bo‘lishi, lekin haddan tashqari ortiqcha 
maʼno ifodalovchi ohanglardan qochish kerak
degan xulosaga kelamiz; o‘qituvchi uchun talabalar 
bilan nafaqat muloqot vaziyatiga, balki axloq 
normalariga mos keladigan muloqot ohangini 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin