Tafakkur ziyosi


SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN YONDASHUV



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   216
2021 4-son

SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN YONDASHUV 
ASOSIDA OLIY TA’LIM MUASSASALARI 
PEDAGOGLARINING KREATIV 
SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH
Alfiya Ravilevna Aripdjanova –
 p.f.f.d. (PhD), O‘zbekiston Rossiya Geologiya universiteti
Annotatsiya:
 Maqolada kreativ, kreativlik, kreativ fikrlash, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida oliy ta’lim muassasalari 
pedagoglarining kreativ salohiyatini rivojlantirishning pedagogik shartlari, pedagogik talablar haqida so‘z borgan.
Аннотация:
В статье рассматриваются педагогические условия, педагогические требования к развитию творческого 
потенциала преподавателей высшей школы на основе творчества, креативности, творческого мышления, индивидуального 
подхода.
Abstract:
 The article discusses pedagogical conditions, pedagogical requirements for the development of the creative potential of 
high school teachers on the basis of creativity, creativity, creative thinking, individual approach.
Kalit so‘zlar:
 Kreativ, kreativlik, kreativ fikrlash, kreativ salohiyatini rivojlantirish, moslashuv, reproduksiya, bilim va tajriba, divergent 
tafakkur, “Birgalikda o‘rganish”, diagnostik tizim.
Ключевые слова:
Творческое, творческое, творческое мышление, развитие творческого потенциала, адаптация, 
воспроизводство, знания и опыт, дивергентное мышление, «Совместное обучение», диагностическая система.
Keywords:
 Creative, creative, creative thinking, creative potential development, adaptation, reproduction, knowledge and experience, 
divergent thinking, "Learning together", diagnostic system.


33 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA 
INNOVATSION TA’LIM
Ma’lumki, kattalar ta’limi, shu 
jumladan, pedagog kadrlarning kreativ 
salohiyatini shakllantirish XXI asrda uzluksiz 
ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida 
pedagogika fani va amaliyotining dolzarb 
masalalaridan biriga aylandi. YUNESKO 
tomonidan 1998-yilda Gamburgda o‘tkazilgan 
Butunjahon konferensiyasida kattalar ta’limi 
XXI asrda “eshiklarni ochuvchi kalit” deb 
e’tirof etildi. Jahon miqyosida pedagog 
kadrlarning innovatsion salohiyati, akmeologik 
kompetentligi va ijodkorligini rivojlantirish 
orqali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning 
intellektual resurslarini yaratish modellari 
ta’lim jarayoniga tadbiq etilmoqda.
Respublikamizda pedagog kadrlar 
tayyorlash sifatini ta’limni insonparvarlashtirish 
va ijtimoiylashtirish hamda pedagog 
kadrlarning kasbiy malakasini zamonaviy 
yutuqlar asosida muttasil oshirib borish, 
ularni zamonaviy talablarga muvofiq qayta 
tayyorlashning takomillashtirilgan tizimi joriy 
etildi
1
.
Pedagog kadrlarni zamonaviy bilimlarning 
yetkazuvchisi, yaratuvchisi sifatida tayyorlash 
va qayta tayyorlash jarayonida ularning kreativ 
salohiyatni shakllantirish katta ahamiyat kasb 
etadi. Kreativlikka oid tadqiqotlar asoschisi 
D.Gilford muammolarning samarali yechimi 
mavjud intellektual testlar bilan o‘lchanadigan 
bilim va malakalarga emas, balki tezkor 
ravishda turli usullar bilan vazifani hal qilish 
uchun taqdim qilingan axborotni qo‘llashga 
bo‘lgan individual qobiliyatga bog‘liqligini 
isbotladi. Bunday o‘ziga xoslik esa kreativlik 
deb nomlandi.
D.Gilford va E.Torrans kreativ 
tafakkurning o‘ziga xosliklarini tavsiflovchi 16 
ta intellektual qobiliyatni ajratib ko‘rsatdi. Ular 
orasida tezkorlik, uddaburonlik, qiziquvchanlik 
va mantiqiy fikrlash alohida ahamiyat kasb 
etadi.
Keyinroq D.Gilford mazkur qobiliyatlarni 
turli yo‘nalishlarda sodir bo‘ladigan va 
muammoni hal qilish yo‘llarini tasniflashga 
imkon beradigan “divergent tafakkur” nomi 
ostida umumlashtirdi. Konvergent fikrlash 
esa faqat bitta to‘g‘ri yechimni tanlash 
uchun barcha mavjud vazifalarni tahlil 
qilishga yo‘naltirilganlik bilan tavsiflanadi. 
Konvergent fikrlash oldindan ma’lum bo‘lgan 
muammoning sodda yechimiga yo‘naltirilgan 
bo‘lsa, divergent fikrlash muammo oldindan 
taklif qilingan, uning yechimini izlab topishning 
aniq belgilangan usuli yo‘qligida namoyon 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin