Ma’lumotlarni qayta ishlash.
Birinchi hosil qilingan uzunlik
(“Men”dan muloqotdagi sherikgacha) sherikka nisbatan axborot almashishdagi
ob’ekt sifatida qiziqqanlik darajasini anglatadi.Metodika blankasiga hech
qanday ortiqcha ifodalarsiz faqat nuqtalar aks ettirilishi lozim. Tekshiriluvchilar
bilan eksperiment o‘tkazilgandan keyin test blanklarini solish uchun pochta
konverti beriladi. Konvertning yuqori qismida tekshiriluvchilar o‘zlari haqida
barcha zaruriy ma’lumotlarni, ya’ni familiyasi, ismi, bajarilgan muddati va
boshqalarni qayd etishlari zarur. SHuningdek, metodikaning kommunikativ
oraliq darajalarini belgilovchi ko‘rsatkichlari mavjud. Bizga qadar metodikadan
foydalangan mualliflar kommunikativ oraliqning darajalari va ularning me’yoriy
ko‘rsatkichlarini
taqdim
etganlar.
Bu
esa
bizning
metodikadan
foydalanishimizga ancha qulaylik tug‘dirdi.
Kommunikativ oraliq darajalari
№ Munosabat
darajalari
Bir va ikki
yoqlama
Munosabat
darajalari
Bir
yoqlama
Ikki yoqlama
Zaruriy
majburiy
00,21;
1,00(-0,58)
Majburiy
0-0,12
-1-(-0,75)
Zaruriy
0,13-0,21
-0,76-(-0,58)
Rasmiy-
0,22-0,67;
Salbiy
0,22-0,30
-0,57- (0,40)
215
konvensional
-0,57-0,34
rasmiy
Rasmiy
0,31-0,55
-0,39-(-0,10)
Ijobiy rasmiy 0,56-0,67
-0,10-0,34
Dildan
ishonish
0,68-1,00;
0,35-1,00
Ishonchli
0,68-0,79
0,35-0,58
Intim
0,80-1,00
0,59-1,00
Dj.GILFORDNING «SOTSIAL INTELLEKT» TESTI
Sotsial intellekt – bu insonning niyati, his-tuyg‘ularini va emotsional
holatlarini so‘zlari va xatti-harakatlari orqali tushunish qobiliyatidir. Sotsial
intellekt shuningdek, insonning shaxslararo munosabat natijalarini oldindan
ko‘ra olish xususiyati hamdir. Sotsial intellekt insonlar haqida tez mulohaza
qilib, ularning xatti-harakatlari yuzasidan tezkor munosabat bildira olish
qobiliyati bilan bog‘liq. Bu «ijtimoiy inoyat etilgan» xususiyat insonlar bilan
munosabatni silliq ketishini ta’minlab, ijtimoiy moslashuv mahsulidir.
Metodika muallifi Dj. Gilford sotsial intellekt masalasini umumiy
intellektga bog‘liq bo‘lmagan, xulq-atvor orqali ma’lumot olish bilan bog‘liq
intellektual qobiliyatlar tizimi, deb izohlagan. Gilfordning konsepsiyasiga ko‘ra,
sotsial intellekt o‘zida xulq-atvorni anglash bilan bog‘liq 6 omilni birlashtiradi:
1.
Xulq-atvorni elementlarini bilish –xulq-atvordagi so‘z (verbal) va
so‘zsiz (noverbal) mazmundagi xatti-harakatlarni ajrata olish qobiliyati;
2.
Xulq-atvorning turlarini bilish –xulq-atvor haqidagi ekpressiv yoki
vaziyatli axborotlar oqimidagi umumiy xususiyatlarni anglash, farqlash
qobiliyati;
3.
Xulq-atvor
munosabatlarini
bilish-munosabatlarni
tushunish
qobiliyati;
4.
Xulq-atvor tizimini bilish – odamlar o‘zaro ta’sirlashuvidagi yaxlit
vaziyatlarning rivojlanish mohiyatini, ularning bu vaziyatlardagi xulq-atvor
mazmunini tushunish qobiliyati;
5.
Xulq-atvordagi o‘zgarishlarni bilish –har xil vaziyatlarda kechayotgan
xulq-atvor mazmunini o‘zgarishining tushunish qobiliyati;
216
6.
Xulq-atvor natijalarini tushunish – mavjud axborotdan kelib chiqib,
xulq-atvor oqibatlarini ko‘ra olish qobiliyati.
Dostları ilə paylaş: |