O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/122
tarix12.10.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#154570
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova

 
4- «To‘ldirilgan hikoya» subtesti 
Bu subtestda siz Ferdinand haqidagi voqealar aks ettirgan rasmlar bilan 
ishlaysiz. Ferdinandning rafiqasi va o‘g‘li bor. U boshliq bo‘lib ishlaydi, shu 
sababli hikoyada uning xodimlari ham ishtirok etadi.
Har bir topshiriq sakkizta rasmdan iborat. YUqoridagi to‘rta rasm 
Ferdinand bilan bog‘liq yuz bergan voqealarni aks ettirgan. Ushbu rasmlardan 
biri esa tushib qoldirilgan. Siz pastdagi to‘rta rasm orasidan yuqorida tushib 
qoldirilgan suratni o‘rniga qo‘yishingiz kerak va Ferdinand bilan bog‘liq 


219 
voqeani mazmunan to‘ldirishingiz lozim. Agar tushib qoldirilgan rasmni siz 
to‘g‘ri topsangiz, voqeaning mazmuni, unda ishtirok etayotgan personajlarning 
tuyg‘u va maqsadlari tushunarli va aniq bo‘ladi.
Misol uchun: Quyidagi voqeaning uchinchi rasmi tushib qoldirilgan. Voqea 
yakunida biz Ferdinandning tushlik haqidagi orzulari aksincha, kutganidek 
chiqmay, uydan ranjib chiqadi. Ferdinandning rafiqasi asabiylashgan va go‘yoki 
o‘g‘liga kitob o‘qiyotgandek o‘tiribdi. Bola esa xotirjam. Bularning barchasi 
o‘zaro bog‘liq, Ferdinad ishdan qaytgandan so‘ng yuvinib, oshxonani iflos 
qiladi. Bu esa rafiqasini achchiqlantirdi. SHunday qilib ushbu voqeada tushib 
qoldirilgan holat 4 –rasm bo‘lib, u javoblar varaqasida aylana ichiga olinadi. 
1, 2, 3 –rasmlar mazmunan bu voqeaga mos kelmaydi. 
Shunday qilib, har bir topshiriqda Ferdinand bilan bog‘liq voqelarni 
mazmunan to‘ldiradigan, tushib qoldirilgan rasmni topishingiz lozim. Subtestni 
bajarish uchun 10 daqiqa beriladi. Vaqt tugashiga bir daqiqa qolganda Sizga
ogohlantirish beriladi. Topshiriqni tez bajarishga harakat qiling. Bitta topshiriq 
uchun ko‘p vaqt ajratmang. Murakkab topshiriqni bajarish uchun agar vaqt 
qolgan bo‘lsa, yana qaytishingiz mumkin. Murakkab vaziyatlarga ham, hattoki, 
u siz uchun ishonchli variant bo‘lmasa-da javob bering.

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin