218
uchun agar vaqt qolgan bo‘lsa, yana qaytishingiz mumkin. Murakkab
vaziyatlarga ham, hattoki u sizningcha ishonchli javob bo‘lmasa-da, javob
bering.
3- «Verbal ekspressiyasi» subtesti
Bu testning har bir topshirig‘ining chap tomonida bir kishini boshqa kishiga
so‘zlagan jumlasi berilgan bo‘lib, o‘ng tomonida esa muomalaning uch vaziyati
keltirilgan. Chap tomonda keltirilgan jumlalardan biri boshqa ma’noga ega.
Misol keltiramiz (ilova asosida).
Kar inson- o‘rtog‘i : «Marhamat qilib, takrorlang»
Kar odamning gapi o‘rtog‘iga muloyim iltimosni anglatmoqda. 2-3-
vaziyatlarda jumlalar shunday ma’noga ega. Faqat 1- vaziyatda: haqoratlangan
kishining nutqida, u boshqa ma’noni ifodalaydi. SHu sababli, javoblar
varaqasida 1 - raqamini aylanacha ichiga olib qo‘yish zarur.
Shunday qilib, har bir topshiriqdagi shunday muomala vaziyatini tanlangki,
u chap tomondagi qolgan ikki vaziyatdan farq qiluvchi boshqa mazmundagi
jumlani ifoda esin
Subtestni bajarish uchun 5 daqiqa beriladi. Vaqt tugashiga bir daqiqa
qolganda ogohlantirilasiz. Topshiriqni tez bajarishga harakat qiling. Bitta
topshiriq uchun ko‘p vaqt ajratmang. Murakkab topshiriqni bajarish uchun agar
vaqt qolgan bo‘lsa, yana qaytishingiz mumkin. Murakkab vaziyatlarga ham
javob bering, hattoki u sizningcha ishonchli javob bo‘lmasa-da.
Dostları ilə paylaş: