O‘z-o‘zini nazorat va muhokama qilish uchun savollar:
1.
Proyektiv metodikalarning qanday o`ziga xos xususiyatlari mavjud?
2.
Proyektiv metodikalar asoschilari kimlar?
3.
“Psixodiagnostika: idrokka asoslangan diagnostik test” asarining
muallifi kim?
4.
G.Rorshaxning
“Siyoh dog‘lari” metodikasi qanday psixik
kasalliklarni aniqlashda qo’llaniladi?
5.
Proyektiv metodikalarning kamchiliklari nimada?
6.
Proyektiv metodikalarning afzalliklari nimada?
7.
Proyektiv metodikalar qanday tasniflanadi?
8.
Tematik appertceptcion test muallifi kim?
9.
Rozentsveyg nazariyasiga ko`ra shaxs qanday reaktsiyalari farqlanadi?
126
MAVZU:
SHAXSALARO MUNOSABAT PSIXODIAGNOSTIKASI
Reja:
1.Shaxsalaro munosabatlar mohiyati.
2.Shaxsalaro munosabatlar psixdiagnostikasida qo`llaniladigan metodlar.
3. Shaxsalaro munosabatlarga ta`sir ko`rsatuvchi individual xususiyatlar
diagnostikasi.
Tayanch tushunchalar:
shaxslararo munosabatlar, simpatiya, muloqot,
kommunikatsiya, kinestetika, paralingvistika, ekstrolingvistika, proksemika,
muloqotning interaktiv tomoni, ijtimoiy nazorat, muloqotning pertseptiv
tomoni, identefikatsiya , refleksiya, stereotiplashtirish.
Shaxslararo munosabatlar –
bu ob`ektiv tarzda boshdan kechiriladigan,
turli darajada anglanadigan insonlar o`rtasidagi o`zaro aloqalardir.
N.N.Obozov fikriga ko`ra, shaxslararo munosabatlar asosini o`zaro ta`sirga
kiruvchi insonlarning emotsional holati va ularning psixologik xususiyatlari
tashkil etadi. Shaxslararo munosabatlarning rivoji jins, yosh, milliy xususiyatlar
va boshqa ko’pgina omillar bilan belgilanadi.
V.N.Drujinin fikricha, ayollarda muloqot doirasi erkaklarga nisbatan
torroq. Shaxslararo muloqotda ular o`zini namoyon qilish, o`zlari haqida
boshqalarga informatciya berish ehtiyojini his qiladilar.
Ayollar uchun shaxslararo munosabatlarda ifodalanuvchi xususiyatlar
ahamiyatli bo`lsa, erkaklar uchun ish bilan bog`liq xislatlar muhimroq
hisoblanadi.
127
Ish yuzasidan bo`ladigan munosabatlar guruh tarkibi bilan birga hujjatlarda
qayd etiladi.
Shaxsiy munosabatlar esa simpatiya, bogliqlik, do`stlik, o`rtoqlik,
antipatiya asosida vujudga keladi.
Dostları ilə paylaş: |