O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A


Shaxslararo munosabatlar o`zining dinamikasiga ega



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/122
tarix12.10.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#154570
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova

Shaxslararo munosabatlar o`zining dinamikasiga ega: 

Tarkib topadi;

Mustahkamlanadi;

Muayyan cho`qqiga ko`tariladi;

Susayadi yoki tugallanadi.
Shaxslararo munosabatlar darajalari: 

Simpatiya,antipatiya asosida vujudga keluvchi munosabatlar.

.Ish yoki o`qish yuzasidan bo`ladigan o`zaro munosabatlar.

Insoniy munosabatlar yoki chuqur, ishonchga asoslangan o`zaro 
munosabatlar.
Simpatiya (grekcha “sympatheia”-ichki tortish,yoqimlilik) – 
bu boshqa 
kishilarga 
nisbatan 
barqaror 
ijobiy 
munosabat 
bo`lib, 
xushmuomalilik,samimiylik kabi muloqotga undovchi xususiyatlarda namoyon 
bo`ladi 
va 
diqqat-e`tiborlilik,yordam 
ko`rsatishga 
intilishda(altruism) 
ifodalanadi. 
Kovalev A.G. ta`rificha, simpatiya – insonning boshqa kishiga unchalik 
ahglanmagan munosabati va moyilligi.
Simpatiya yuzaga kelish sabablari : 
1.Anglangan - qarash, g`oya, qadriyatlar, qiziqishlar, ma`naviy ideallar 
birligi . 
2.Kam darajada anglangan - tashqi jozibadorlik,xarakter xislatlari,xulq-
atvor manerasi . 
Shaxslararo munosabatlar muloqot vositasida amalga oshiriladi. 
Muloqot – bu ikki yoki undan ortiq kishilarning o`zaro ta`siri, ular 
o`rtasida bilish yoki affektiv baholash xarakteridag i axborot almashinishdir.


128 
Muloqot ko`p qirrali, murakkab jarayon bo`lganligi sababli uning 
tuzilishida 3 ta tomonni farqlash mumkin. Bular: 

Muloqotning kommunikativ tomoni; 

Muloqotning interaktiv tomoni; 

Muloqotning pertseptiv tomoni. 
Kommunikatsiya - inglizcha so`z bo`lib, xabar qilish, aytish ma`nosini 
anglatadi. Kommunikatsiya insonlar o`rtasidagi tasavvur, fikr, his-
tuyg`u,kayfiyat almashinuvidan iborat bo`lib, ularning o`zaro ta`siri orqali 
amalga oshiriladi.
Kommunikator – axborot beruvchi. 
Retsipient – axborotni qabul qiluvchi. 
Muloqot jarayonida kommunikator va retcipient navbatma-navbat o`rin 
almashadilar.
Kommunikatsiya verbal va noverbal vositalar yordamida amalga 
oshiriladi. 
Verbal kommunikatsiya – nutqiy. 
Noverbal kommunikatsiya – imo-ishora,mimika,pantomimika,y`ani 
belgilarning optiko-kinetik tizimi; intonatciya, pauza kabi vosita va usullar 
yordamida amalga oshiriladi. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin