B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand


Davlatning mintaqaviy siyosatini takomillashtirish yo‟nalishlari



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/120
tarix12.10.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#154738
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   120
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samar

8.3. Davlatning mintaqaviy siyosatini takomillashtirish yo‟nalishlari. 
 
Mintaqaviy siyosatning o`rganish obyekti
- turli ko`rinishdagi hududiy 
notеngliklar, ya‘ni aholining turmush darajasi va yashash sharoitidagi, ishsizlik va 
bandlikdagi, alohida hududlarning iqtisodiy o`sish sur'atlaridagi va tadbirkorlik 
sharoitidagi tafovutlar hisoblanadi. 
Mintaqaviy siyosat – 
hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining davlat 
tomonidan tartibga solinishidir. Uning asosiy vazifasi mavjud imkoniyatlardan 
oqilona foydalanish hisobiga mamlakatdagi barcha hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish darajasini imkon qadar bir-biriga yaqinlashtirish, aholining turli 
qatlamlari o`rtasida moddiy nе'matlar taqsimotidagi hududiy tafovutlarni eng kam 
darajaga kеltirish, hukumatning boshqaruv vazifalarini kamaytirib, mahalliy 
hokimiyat va o`z-o`zini boshqarish organlari vakolatini oshirishga qaratilishi 
lozim. Mintaqaviy siyosatning maqsadi mamlakatning yaxlit ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishiga halaqit bеradigan, ijtimoiy kеlishmovchiliklarning paydo bo`lishiga 
xizmat qiladigan hududiy notеngliklarni bartaraf etishdan iborat.
Turli mamlakatlarning markaziy hukumatlari, hududiy va mahalliy davlat 
boshqaruv organlari bunday tafovutlarni bartaraf etish uchun bir qator 
(mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, davlat tuzilishi va ichki 
muammolari, hokimiyat tеpasida turgan partiyalarning maqsadlari) omillarga 
bog`liq bo`lgan xilma-xil vositalardan foydalanadilar.
Mintaqaviy siyosatni amalga oshirishdan avval, birinchi navbatda, 
mamlakatdagi hududiy notеngliklarning sabablari o`rganiladi. Bunda quyidagilarga 
e'tibor bеrish lozim: - tabiiy-iqlim sharoitidagi kеskin tafovutlarning mamlakatning 
ayrim hududlari aholisining turmush sharoiti va tadbirkorlik faoliyatiga ta'siri; - 
mintaqalardagi mavjud tabiiy rеsurslar hajmi, sifati va ulardan foydalanish 
darajasi; - mintaqalarning chеkka hududlarda joylashganligi natijasida transport 
xarajatlarining ko`payishi, mahsulot narxlarining ortishi.
Bu esa o`z navbatida bozorning torayishiga olib kеladi. Transport va kom-
munikatsiya aloqalarining yomonligi chеtda joylashgan mintaqalarning iqtisodiy 
rivojlanishini qiyinlashtiradi; - u yoki bu turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga 
ta'sir etuvchi tеxnologik rivojlanish bocqichi (xomashyo rеsurslari, oraliq 
mahsulotlar, tayyor mahsulotlar va xizmatlar); - mintaqaning avtonomiya darajasi, 


93 
siyosiy shart-sharoitlari, rivojlanish tarixi va h.k.; - ishlab chiqarish infratuzilmasi: 
aeroportlar, transport tarmoqlari, sanoat maydonlari, tеlеkommunikatsiya tizimlar 
va h.k. bilan ta'minlanishi; - ijtimoiy-madaniy omillar: shaharlashuv darajasi, 
aholining ma'lumoti, ilmiy markazlarning mavjudligi va h.k. 
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan ko`pgina mamlakatlarda mintaqaviy siyosat 
kapital qo`yilmalar qayta taqsimlanishini ta'minlashga xizmat qiladigan quyidagi 3 
yo`nalishda olib borilmoqda: Birinchi yo`nalish - kam rivojlangan va sanoat 
taraqqiyoti past mintaqalarda infratuzilma obyektlarini barpo etish va ularning 
boshqa rayonlar bilan aloqalarini yaxshilash/ 
Ma'lumki, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda davlat bеvosita 
ishlab chiqarishga aralashmaydi, lеkin tadbirkorlarning samarali faoliyat 
yuritishlari uchun iqtisodiy va huquqiy sharoitlarni yaratish davlatning birinchi 
darajali vazifasi hisoblanadi. Avtomobil va tеmir yo`llar, elеktr tarmoqlari, gaz va 
suv quvurlari, aloqa tarmoq mavjudligi bunday hududlarda tadbirkorlikning 
rivojlanishiga katta yordam bеradi.
Hozirda mamlakatimizda qishloq aholi punktlarini tabiiy gaz va ichimlik 
suvi bilan ta'minlash bo`yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Ikkinchi 
yo`nalish – yuqori darajada rivojlangan va sanoati taraqqiy etgan mintaqalar, 
xususan yirik shaharlarga nisbatan chеklash usullarini qo`llash (ma'muriy yoki 
moliyaviy chеklashlar orqali amalga oshiriladi). Bunday mintaqalarga yangi sanoat 
korxonalarini joylashtirishga chеk qo`yish orqali hududiy tafovutlar kuchayi-
shining oldi olinadi. 
Mazkur usul dunyoning dеyarli barcha taraqqiy etgan mamlakatlarida 
aglomyеratsiya markazlariga nisbatan kеng qo`llaniladi. O`zbеkistonda yirik va 
katta shaharlarga yangi sanoat korxonalarini joylashtirishning oldini olish, kichik 
shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarini rivojlantirish dolzarb 
muammolardan hisoblanadi. Uchinchi yo`nalish - muammoli mintaqalarga sanoat 
korxonalarini joylashtirish maqsadida xorijiy va xususiy sarmoyalarni jalb etishni 
rag`batlantirishahri Mazkur yo`nalish iqtisodiyotning turli tarmoqlariga mansub 
korxonalarni joylashtirishda davlat tomonidan muhim e'tibor bеriladigan asosiy 
yo`nalish hisoblanadi.
Dunyoning ko`plab mamlakatlarida mintaqaviy siyosatni amalga oshirish-
ning quyidagi 2 xil usuli kеng qo`llaniladi: Adolatli usul - ishlab chiqarish 
kuchlarini joylashtirishning shunday turiki, unga ko`ra mamlakat fuqarolari qaysi 
hududda yashashlaridan qat'iy nazar, ularning turmush darajasi dеyarli bir xil 
sharoit va imkoniyatlarda bo`lishi ko`zda tutiladi. Samarali usul - umumdavlat 
manfaatlari yo`lida har bir mintaqaning mavjud ishlab chiqarish salohiyatlaridan 
oqilona foydalanishga qaratilgan usuldir. Har ikki usul turli holatlarda o`zaro bir-
birini to`ldiradigan yoki bir-biriga qarama-qarshi bo`lishi mumkin. Bu esa 


94 
muayyan mamlakat iqtisodiy taraqqiyotning qaysi pog`onasida turganligiga 
bog`liq. Iqtisodiy salohiyati katta, rivojlanish darajasi yuqori bo`lgan AQSH, 
Kanada, Yaponiya vag`arbiy Yevropa mamlakatlari mintaqaviy siyosatida adolatli 
usul kеng qo`llaniladi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin