B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/120
tarix12.10.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#154738
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   120
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samar

Iqtisodiy o„sish deganda
bevosita yalpi ichki mahsulot (YaIM) va uning 
aholi jon boshiga to‗g‗ri keluvchi qiymatining ortishi tushuniladi. Agar maqsad 
mamlakatning iqtisodiy salohiyatini baholash bo‗lsa, u holda YaIM hajmining 
o‗sish suratlaridan foydalaniladi. Aholi jon boshiga to‗g‗ri keluvchi YaIM esa 
aholining turmush darajasini baholashda qo‗llaniladi. Ushbu holatda YaIM 
hajmining o‗zgarish sur'ati bilan aholi sonining o‗zgarish sur'ati hisobga olinadi. 
Agar YaIM hajmining o‗zgarish sur'ati aholi sonining o‗zgarish sur'atidan yuqori 
bo‗lsa, aholining turmush faro-vonligi ortadi. Agar ushbu ko‗rsatkichlar bir xil 
bo‗lsa, aholining turmush darajasi o‗zgarmaydi. Mabodo, YaIM hajmining 
o‗zgarish sur'ati aholi sonining o‗zgarish sur'atidan ortda qolsa, aholi turmush 
darajasining pasayishi kuzatiladi. Bu o‗rinda iqtisodiy o‗sishga ta'sir qiluvchi ikki 
omilni keltirish kerak bo‗ladi. Ular: ekstensiv va intensiv omillar hisoblanadi. 
Ekstensiv omil
deganda ishlab chiqarishning eski shakli saqlab qolingan 
holda dehqonchilikda yer maydonini kengaytirish, sanoatda yangi quvvatlarni 
ishga tushirish orqali erishilgan iqtisodiy o‗sish tushuniladi. 
Misol uchun, bir gektar pomidor maydonidan o‗rtacha 20 tonna hosil 
olinadi. Ekstensiv omilda pomidor ishlab chiqarish hajmini ikki marta oshirish 
uchun yana bir gektar yerga pomidor ekiladi va barcha agrotexnika tadbirlari xuddi 
oldingi bir gektar yerdagi kabi amalga oshiriladi, natijada yana 20 tonna hosil 
olinib, umumiy hosil 40 tonnaga yetkaziladi. Yoki non ishlab chiqarishni ikki hissa 
ko‗paytirish uchun mavjud korxonaga qo‗shimcha ravishda xuddi shunday 
quvvatga ega bo‗lgan yana bir korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof 
holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o‗zgarmay qoladi. 
Iqtisodiy o„sishning intensiv omiliga 
esa mahsulot chiqarish miqyoslarini 
kengaytirishga ishlab chiqarish vositalarini sifat jihatidan takomillashtirish, ya'ni 
ilg‗or texnologiyalarni qo‗llash, ishchilar malakasini oshirish, shuningdek, mavjud 
ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish orqali erishiladi. Mazkur omil 
ishlab chiqarishning ichki resurslaridan unumli foydalangan holda, ortiqcha kuch, 
mablag‗ sarflamasdan mahsulot miqdorining o‗sishi va sifatining oshishida o‗z 
ifodasini topadi. Intensiv usulda pomidor ishlab chiqarish hajmini ikki marta 
oshirish uchun 2 gektar yerga ekish shart emas, balki aynan o‗sha 1 gektar yerga 


97 
ilg‗or agrotexnik usullarni tatbiq etishning (tomchilatib sug‗orish, yerga ishlov 
berishda texnikalardan foydalanish, yangi urug‗lar va ularni yetishtirishning ilg‗or 
usullarini qo‗llash va h.k) o‗zi kifoya. Yoki non ishlab chiqarishni ikki marta 
oshirishga oldingi eski texnikalar o‗rniga zamonaviylarini o‗rnatish, xodimlarning 
malakasini oshirish, ish kunini samarali tashkil etish orqali erishish mumkin. Lekin 
shuni ham alohida ta'kidlash lozimki, real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof 
holda, alohida-alohida mavjud bo‗lmaydi, balki muayyan uyg‗unlikda, bir-biri 
bilan qo‗shilgan tarzda bo‗ladi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin