B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand


Birinchi -jamiyat aʼzolarining mehnat va dam olishga qaratilgan siyosiy  yoʼlini ishlab chiqish:  Ikkinchidan



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/120
tarix12.10.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#154738
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   120
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samar

Birinchi
-jamiyat aʼzolarining mehnat va dam olishga qaratilgan siyosiy 
yoʼlini ishlab chiqish: 
Ikkinchidan
-aholiga ijtimoiy turmush xizmatlarini koʼrsatishning samarli 
yoʼllarini ishlab chiqish: 
Uchinchi
-aholiga nafaqa va imtiyozlar berish, ijtimoiy himoyalash siyo-
satini olib borish.
2020 yil boshida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mamlakatdagi Jamoasi 
va BMTning rezident bo‗lmagan agentliklari Umumiy Mamlakat Tahlilini (UMT) 
yakunladilar; ushbu xujjat BMTning tashkilotlar oilasi tomonidan O‗zbekiston 
hukumatini rivojlanishning ustuvor yo‗nalishlarida, shu jumladan Barqaror 
Rivojlanish Maqsadlariga erishishda qo‗llab-quvvatlashi mumkin bo‗lgan tahliliy 
asoslarni belgilab berdi (BRM). Ammo shu vaqtdan beri COVID-19 pandemiyasi 
O‗zbekiston jamiyati va iqtisodiyotiga katta ta‘sir ko‗rsatdi. 2020 yil oxiri va 2021 
yil boshlarida iqtisodiy tiklanishning ba‘zi bir alomatlariga qaramay, 
pandemiyaning o‗zbek jamiyatiga ta‘siri juda kuchli bo‗ldi va u hali ham davom 
etmoqda; COVID-19 oqibatlarini yumshatish uchun hukumat xarajatlarining 
ustuvor yo‗nalishlari qayta taqsimlanganligi haqida gapirmasak ham, pandemiya 
nafaqat xalq salomatligini, balki biznes va savdoni ham qamrab oladi, iqtisodiy 
o‗sishni pasaytiradi, ta‘lim tizimiga og‗irlik keltiradi, va kambag‗al va marginal 
(qasshoklikga tushib qolgan) odamlar sonini ko‗paytiradi.
Shunday sharoitda BMT Mamlakat Jamoasi (BMTMJ) 2019 yilda va 2020 
yil boshida kelishilgan asosiy tahlilni qayta ko‗rib chiqishni va COVID-19 


122 
tomonidan yuzaga keltirilgan uzilishlarni inobatga olgan holda O‗zbekiston oldida 
turgan rivojlanish muammolarini jamoaviy tushunishni takomillashtirishni zarur 
deb bildi. Shunday qilib, ushbu UMT hukumatning tezkor ehtiyojlarini qo‗llab-
quvvatlovchi tahliliy bazani takomillashtirish istagini hamda mamlakatning 
iqtisodiy va ijtimoiy yo‗nalishini tiklash va yaxshilashga yordam berishning uzoq 
muddatli maqsadini aks ettiradi.
Shu munosabat bilan, yangilangan UMT, BMT oilasining qiyosiy ustun-
liklarini inobatga olgan holda, O‗zbekistonni BRMga erishishda yordam beradigan 
tashabbuslarini qo‗llab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat berishda davom etmoqda, 
xususan ―hech kimni ortda qoldirmaslik‖ va inson huquqlari - 2030 yil Dasturidagi 
ikki ajralmas tamoyilga alohida urg‗u berilayapti. COVID-19 epidemiyasidan 
oldingi ta‘sirchan taraqqiyot Koronavirusdan oldin O‗zbekistonda jamiyatning 
barcha jabhalarini qamrab olgan keng va tarkibiy o‗zgarishlar yuz berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoev rahbarligida ushbu o‗zgarishlar iqtisodiy, 
ijtimoiy va siyosiy sohalarda sezilib turdi, bu Sovet davridan keyingi davr uchun 
xos bo‗lgan 27 yillik kuchli markazlashgan boshqaruvdan uzoqlashishni anglatadi.
Ijtimoiy adolatni taʼminlash odil ijtimoiy siyosatning maqsadidir. Tarixan 
oʼzini oqlagan insonparvar ijtimoiy siyosatning asosiy maqsadi jamiyatda ijtimoiy 
adolatni taʼminlashdir. Ijtimoiy adolat tenglik va erkinlik soʼzlari bilan hamoxang 
boʼlib, u doimo va koʼpchilik tomonidan qoʼllanib keladi. Turli darajadagi 
deputatlikka nomzod boʼlgan birorta shaxs ijtimoiy adolat soʼzini chetlab o‘ta 
olmaydi, doimo uni himoya etish maqsadida soʼz beradi. Ijtimoiy adolat soʼzi 
nimani anglatadi va hozir mamlakat raxbariyati tomonidan ishlab chiqilgan 
ijtimoiy siyosat kanday roʼyobga chikarilmokda. Boshqa hamma ijtimoiy voqelik 
kabi ―ijtimoiy adolat‖ tushunchasi tarixiy yaʼni har bir aniq vaziyatda jamiyat 
taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Xatto Аrastu farovonlik va baxt-saodat 
tushunchalarini odamlar oʼzlari olib borayotgan hayotdan tashkil boʼlgan deb 
toʼgʼri koʼra olgan.
Ijtimoiy sohada bundan buyonga rivojlanishga yangicha nazar tashlash uning 
olib boraetgan ahamiyatni toʼla-toʼkis baxolash zarur. Chunki ayni shu sohada 
mehnat-kashlarning hayotiy manfaatlariga daxldor boʼlgan iqtisodiy faoliyat 
natijalari roʼyobga chikadi. Аyni shu sohada jamiyatning insonparvarlik tabiati 
namoyon boʼladi.
Jamiyatda siyosiy hokimiyat amal qilishi, uning chegaralari, qoidalariga 
doimiy ta'sir ko'rsatuvchi kuchlar mavjud. Agar biz siyosiy hokimiyatni-barcha 
guruhlar manfaatlari borasidagi doimiy o'zaro bog'liqlik va o'zaro ta'sirning oliy 
ko'rinishi tarzida baholaydigan bo'lsak, bu jarayonda ishtirok etuvchi shaxslar 
siyosiy hokimiyatning asosiy subyektlari, deb qaralishi lozim bo'ladi. Ammo, 
shaxs hayotda turli rollar va turli vazifalarda namoyon bo'lishini yaxshi bilamiz. 


123 
Masalan, yigit (qiz) oilada - farzand, o'quv dargohida - talaba, to'garakda - shogird, 
siyosiy harakat yoki uyushmada - xayrixoh, faol a'zo yoki yetakchi singari rollarni 
bajaradi. U turli maqsad va vazifalar doirasida faoliyat ko'rsatadi. Bundan tashqari, 
yosh, jins, millat, kelib chiqishi, egallayotgan (yoki egallab bo'lgan) kasbiga ko'ra 
bog'liqliklar ham mavjud.
Shunday qilib, inson o'z ijtimoiy yoki siyosiy faoliyatini turli guruhlar ichida 
olib boradi. Siyosiy fanda ana shu faoliyatlarning hammasi emas, faqat 
hokimiyatga qaratilganlarigina o'rganiladi. Deylik, tadbirkor o'z ish faoliyati 
yuzasidan turli jamoalar, guruhlar bilan bog'lanadi, ular bilan birgalikda yoki 
ularga zid ravishda harakat qiladi. O'z - o'zidan tushunarliki, tadbirkorning bu 
faoliyati politologik tahlil obyekti bo'la olmaydi. Ammo, tadbirkor o'z 
muammolarini siyosiy hokimiyat orqaligina hal qila oladigan hollar mavjud.
Masalan, soliq siyosatini o'zgartirish, davlat miqyosida u yoki bu qonunni 
qabul qilish yoki bekor qilish. Bu holda tadbirkor o'ziga o'xshash boshqa 
tadbirkorlar bilan uyushadi, yoki agar shunday uyushma mavjud bo'lsa, unga 
murojaat etib, hokimiyat organlarida o'z manfaatini himoya qiluvchi qaror qabul 
qilinishini talab etadi. Shu tarzdagi bosimni kuchaytirish maqsadida ommaviy 
axborot vositalari, jamoatchilik, mutaxassislar muhokamaga tortiladi v h.
Siyosatda uyushgan ijtimoiy guruhlar ta'siri samarali, deb hisoblanishi ana 
shundan. Tadbirkorning shu tarzdagi faoliyati - bevosita politologik tahlil 
obyektini tashkil etadi. Shunday qilib, jamiyatni undagi mavjud ijtimoiy guruhlar 
yoki qatlamlar nuqtai nazaridan o'rganish-siyosiy fandagi yana bir muhim 
yo'nalishlardan biridir. Jamiyatlar barcha davrlarda ichki bo'lingan.
Taraqqiyot davomida bu bo'linish murakkablashib borib, jamiyatlar bag'rida 
yangidan - yangi qatlamlar vujudga kelgan. Ijtimoiy qatlamlarning siyosatdagi 
muhim o'rnini allomalarimiz Forobiy, Ibn Sino, Nizomulmulk, buyuk Amir Temur 
alohida ta'kidlagan. Jamiyatlarning rivojlanishi bilan bu o'rin yanada mustah-
kamlandi. Demokratik jamiyatda ijtimoiy guruhlar siyosatning faol subyektiga 
aylanadilar. Boshqacha qilib aytganda, demokratik jamiyat o'z manfaatlariga ega 
bo'lgan va shu manfaatga erishish uchun faoliyat ko'rsatuvchi turli ijtimoiy 
guruhlarning birligidir. Jamiyatni aynan shu tarzda qarash va o'rganish demokratik 
an'anaga xosligini yana bir bor ta'kidlaymiz.
Siyosiy tizimlarning ichida faqat demokratiyagina guruhlarning keng siyosiy 
ishtiroki, muhokama, murosaga asoslanadi. Demak, "xalq" deb ataluvchi yaxlit 
birlik aslida har xil manfaatlar, ehtiyojlarga ega turli ijtimoiy guruhlardan iborat 
ekanligi va bu hol qonuniyligi e'tirof etildi. Bu guruhlar jamiyatda tutgan o'rinlari, 
ega bo'lgan resurslari, uyushish darajasiga ko'ra farqlanadi. Shuningdek, bu 
guruhlar o'rtasidagi farqlar demografik, etnik, konfessional bo'lishi mumkin. 
Ijtimoiy qatlamlashuv-o'zaro bog'liq va pog'onalashuv asosida tashkil topgan 


124 
qatlamlar birligidan iborat ijtimoiy tengsizlik tizimi. Har qanday jamiyatni turli 
omillarga asosan turli xil ijtimoiy guruhga bo'lish mumkin.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin