B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand


 Ijtimoiy yo‟naltirilgan bozor iqtisodiyoti va ijtimoiy siyosat tushuncha-



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/120
tarix12.10.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#154738
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   120
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samar

11.2. Ijtimoiy yo‟naltirilgan bozor iqtisodiyoti va ijtimoiy siyosat tushuncha-
larining o‟zaro bog‟liqligi. 
Davlatning ijtimoiy siyosati
- tegishli markazlashgan daromadlarni tabaqa-
lashgan soliq solish yo‘li bilan shakllantirish va uni byudjet orqali turli guruhlari 
o‘rtasidagi qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarini qayta taqsimlashdan 
ijtimoiy to‘lovlar bilan birga bozor narxlarini o‘zgartirish va ish haqining eng kam 
darajasini belgilash usullaridan foydalanadi.
Ijtimoiy to‟lovlar
– kam ta‗minlanganlarga pul yoki natural yordam 
ko‘rsatishga qaratilgan tadbirlar tizimi bo‘lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda 
qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lmaydi. 
Ijtimoiy to‟lovlarning maqsadi
jamiyatdagi 
munosabatlarni inson parvarishlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish 
hisoblanadi. 
Aholini daromadlari darajasiga inflyatsiya sezilarli ta‗sir ko‘rsatish sababli 
daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi iste‗mol 
tovarlarni narxnig o‘sishini hisobga olish va nominal daromadlarini narxlar 
o‘sishiga bog‘liqlikdan oshirib borish hisoblanadi. SHaxsiy daromadni himoya 
qilishda ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishi aholining kambag‘al qatlamini 
qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. 
Amaliy hayotda qashshoqlikning o‘zi hayot kechirish minimumi yordamida 
aniqlanadi. Bu ijtimoiy va fiziologik (jismoniy) minimumda ifodalanadi. Ijtimoiy 
ehtiyojlarni qondirishning minimal me‗yor bilan birga ijtimoiy talablarning 
minimal xarajatlarni ham o‘z ichiga oladi. Fiziologik minimum esa faqat asosiy 
jismoniy ehtiyojlarni qondirishni ko‘zda tutadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan 
malakatlarda aholining ijtimoiy yordamiga muhtoj qismini aniqlashda turli xil 
mezonlar asos qilib olinadi. Ular jumlasiga daromad darajasi, shaxsiy mol-mulkni 
miqdori, oilaviy ahvoli kiritiladi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin