B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/120
tarix12.10.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#154738
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   120
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samar

11.4.
 
Ijtimoiy soha tarmoqlari, ularning shakllanishi va tadrijiy 
rivojlanish bosqichlari 
Ijtimoiy soha sog'liqni saqlash, ta'lim, uy-joy-kommunal xo'jaligi, 
madaniyat, sport va turizm, ijtimoiy xizmat ko'rsatish va ijtimoiy ta'minot, ijtimoiy 
sug'urta va pensiya ta'minoti kabi sohalarni mujassamlashtirgan (11.4-rasm).
Ular quyidagi umumiy xususiyatlarga ega: 
• inson va uning turmushiga bevosita ta'sir ko'rsatadigan ijtimoiy ne'matlarni, 
asosan xizmatlar tarzida taqdim etadi; 
• taqdim etilayotgan ne'matlar jiddiy tashqi samaradorlikka ega; 
• ijtimoiy soha tarmoqlarining faoliyati baholashni doimiy qo'llashning ob'ekti 
hisoblanadi.


135 
 
11.4-rasm. Ijtimoiy soha tarmoqlari 
Ijtimoiy soha tarmoqlari bevosita inson, uning moddiy, jismoniy va ma'naviy 
ehtiyojlarini qondirishga yo'naltirilgan. Sog'liqni saqlash kasalliklarning oldini 
olish va ularni davolash bilan shug'ullanadi. Ta'lim insonning bilimi, malakasi va 
ko'nikmalari ortishini ta'minlaydi. 
Uy-joy-kommunal 
xo'jaligi 
turmush 
kechirish 
shart-sharoitlarini 
ta'minlaydigan xizmatlarni taqdim etadi. Madaniyat muassasalarining faoliyati 
jamiyat a'zolarining ma'naviy ehtiyojlarini qondirishga yo'naltirilgan. Jismoniy 
tarbiy va sport jamiyatda sog'lom turmush tarzi qaror topishiga, shu bilan birga 
sport musobaqalari ixlosmandlarining estetik zavqini oshirishga xizmat qiladi. 
Ijtimoiy xizmat ko'rsatish yoshi, nogironligi, betobligi, boshpanasizligi sababli 
o'zgalar yordamiga muhtojlikni qondiradi. Ijtimoiy sug'urta va pensiya ta'minoti 
vaqtincha mehnat qobiliyatini yo'qotgan, keksaygan kishilarni moddiy jihatdan 
qo'llab-quvvatlaydi. 
Ijtimoiy soha tarmoqlari tomonidan taqdim etiladigan ne'matlar faqat bu 
ne'matlardan foydalanayotgan shaxs manfaati uchungina emas, balki butun jamiyat 
manfaatlariga ham xizmat qiladi. Masalan, kasalliklarning oldini olish va 
bemorlarni davolash aholi o'rtasida kasallanish darajasini pasaytiradi va epidemiya 
xavfini kamaytiradi. Yalpi savodxonlik jamiyat uchun beqiyos imkoniyatlar 
yaratadi, iqtisodiyotni jadal rivojlanishining hal qiluvchi omillaridan biriga 
aylanadi. Madaniy faoliyat ijtimoiy qadriyatlarning ommalashishi va ularning 
kishilar tomonidan o'zlashtirilishiga, jamiyatni jipslashtirishga yordam beradi. 
Ijtimoiy soha tarmoqlarining faoliyati davlat va jamiyat tomonidan muttasil 
baholanib boradi. Jumladan, turli ijtimoiy guruhlar tomonidan tibbiy yordam va 
ta'lim olish imkoniyati ijtimoiy adolat nuqtai nazaridan baholab boriladi. Tibbiy 
xizmatdan va madaniyat muassasalaridan foydalanish, ta'lim olish imkoniyati 
xalqaro tashkilotlar va ko'pgina davlatlarning konstitutsiyalarida insonning 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin