131
Uning fikricha, davlat barcha fuqarolarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlashi kerak,
zero alohida bir shaxsning rivojlanishi jamiyatning rivojlanishi sharti sifatida
namoyon bo'ladi. ―Ijtimoiy davlat‖ atamasining paydo bo'lishi davlatning ijtimoiy
siyosatini tubdan o'zgartirish zaruratini anglatardi.
Germaniyada XIX asrning 80-yillarida ―ijtimoiy davlat‖
atamasi bilan bir
qatorda boshqa – ―farovonlik davlati‖ tushunchasi paydo bo'ldi. ―Farovonlik
davlati‖ning ijtimoiy siyosati barcha fuqarolar turmush darajasini oshirishga
yo'naltirilishi zarurligini bildirardi. Ya'ni, davlat fuqarolarning ijtimoiy huquqlarini
kafolatlashi, o'z zimmasiga ijtimoiy mas'uliyatni olishi zarur edi.
Ijtimoiy davlat tamoyili qator mamlakatlarning rasmiy doktrinasiga aylandi.
Bu tamoyil 1919 yilgi Veymar Respublikasining Konstitutsiyasida va
Chexoslavakiyaning 1920 yilgi Konstitutsiyasida huquqiy
jihatdan mustahkamlab
qo'yildi.
Dostları ilə paylaş: