134
rivojlantirilishi mumkin. Bu, ayni paytda, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning
iqtisodiy faoliyati to'la erkinligi qonun tomonidan kafolatlanilishini ham nazarda
tutadi. Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti mehnatga layoqatli aholining ish
bilan to'la va samarali bandligini ta'minlashi lozim.
Davlat esa buning uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi, ish beruvchilarni
yangi ish joylari yaratishga rag'batlantirishi kerak. Ish bilan samarali bandlik milliy
iqtisodiyot yuqori sur'atlarda barqaror o'sishini, yalpi va adolatli farovonlikning
moddiy asosini yaratishni ta'minlashi kerak.
Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti aholini ijtimoiy muhofaza qilish,
ijtimoiy adolatga rioya etilishi kafolatlarini beradi. Ushbu maqsadga erishish uchun
ish beruvchilar, xodimlar va davlat o'rtasida ijtimoiy sheriklik yo'lga qo'yiladi.
Ayni paytda bozor iqtisodiyotining mazkur modelida fuqarolar o'z mehnat
faoliyatining yuqori iqtisodiy samaradorligi uchun shaxsiy mas'uliyatni
zimmalariga oladi. Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotining asosiy sub'ektlari
bozor va davlatdir. Bunda davlat fuqarolarning munosib va xavfsiz turmush
kechirishlariga kafolat beradi va bozor iqtisodiyotini tartibga solish mas'uliyatini
o'z zimmasiga oladi.
Dostları ilə paylaş: