129
Bu ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti modeli uchun ham xosdir.
Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti (nemischa ―Soziale marktwirtschaft‖) tub
mohiyatini uning asoschisi, Germaniyaning avval iqtisodiyot vaziri, keyin federal
kantsleri bo'lgan Lyudvig Erxardning fikricha, ushbu modelning inson, uning
manfaatlariga xizmat qilishi tashkil etadi. Uning ta'rifi bo'yicha, ijtimoiy
yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti siyosatini olib boradigan davlat ―bozor erkinligi
tamoyilini ijtimoiy mutanosiblik hamda umumiy ish uchun har bir shaxsning
ma'naviy
mas'uliyati
bilan birlashtiradi‖. Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor
iqtisodiyotining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat (11.1-rasm):
Dostları ilə paylaş: