Jahon adabiyotining so‘nmas yulduzlari nikolay Alekseyevich ostrovskiy bo‘ron bolalari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/40
tarix12.10.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#154791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Nikolay Alekseyevich Ostrovskiy. Bo\'ron bolalari

“Xat harbiy pochta bilan yuborilsa ham, har holda, 
hamma narsani yozolmayman. Afsuski, taskin bergulik hech bir 
narsa deyolmayman. Ukraina iniga bir qancha cho‘p suqilgan 
ari uyasiga o‘xshay boshladi. Shu cho‘plardan biri bizning nemis 
armiyamiz. Arilar borgan sari ko‘p chaqayotir. Po‘lat to‘r tut
-
masdan ko‘chaga chiqib bo‘lmay qoldi. Kim biladi deysiz, ehti
-
mol, tez kunda sizlar bilan ko‘rishsam. Umid qilamizki, tole biz 
uchun fojialar tayyorlamas, eson-omon, sog‘-salomat ko‘rishar
-
miz. Edvarddan xabar bormi? Hammangiz sog‘-salomatmisiz? 
Hammangizga, qimmatli Lyudvigaga, dadamga hamda Vladikka 
salom! Stefaginam, seni esa o‘paman va...” 
— Xo‘sh, bu yog‘i menga tegishli, — deb Stefaniya kulib 
yubordi. — Stanislavning kelishini eshitib biram suyunyap-
manki! O‘zim ham sog‘inib o‘layozdim. Bu uchi-keti yo‘q urush 
keyingi yillarda ko‘ngilga ham tega boshladi. Butun bir fasl 
ichida bor-yo‘g‘i ikkitagina bal o‘tkazsak-a! Odamlarning eng 
ajoyiblari frontda. Qayerga borsang shu askarlardan boshqasini 
ko‘rmaysan. Ayniqsa mana shu dehqonlar Ukrainasida shunday. 
Chog‘imda, Berlin bilan Parijdagi odamlarning turmushi rohatda 
o‘tsa kerak, bu yerda esa zerikib jinni bo‘lasan kishi. 
— Qaydam, suyunadigan hech nima yo‘q-ku, — dedi chol 
achitib. 


17 
— Nega hech nima yo‘q? Stas keladi-ku. 
Kazimir Mogelnitskiy Stefaniyaga norozi bo‘lib qaradi. 
— Kelish ham har xil bo‘ladi. Xatdan aniq ravshanki, ne-
mislarning ahvoli hozir juda tang emish. Agar ular Ukrainani 
tashlab chiqib ketishsa, nimalar yuz berishini tasavvur etish qiyin 
emas. Axir, ular ketdi deguncha, inqilobchilar yetib kelishadi-ku! 
Vladislav nafratli qilib ping‘illashni zarur topdi. 
— Senga nima bo‘ldi, dada! Ukrainada hozir uch yuz 
mingta nemis askari bor. Bu dunyoda eng yaxshi armiya hisob-
lanadi, dushmanlar bo‘lsa miltiqlar bilan qurollangan bir to‘da 
dehqon, broneavtomobilni bir ko‘rishdayoq tumtaraqay bo‘lib 
ketadigan bir poda, xolos. Bu podani Brest-Litovskdan Rostov-
gacha quvib borishganini Shmultkedan eshitdim. Leytenant 
nemislarning tez orada Bokuni, keyin Moskvani ishg‘ol qilish-
lariga qat’iy ishonadi. 
Chol qo‘lini siltadi. 
— Obbo, bo‘ldi endi, hadeb pesh qilaverma Shmultkeng-
ni! Tumshug‘ining qoq tagida turgan dehqonlarni udda qilol-
maydi-yu! Zayonchkovskiylarning daladagi pichanini dehqonlar 
bosib olganlarida o‘sha Shmultkeng bilan Zonnenburging nima 
qildi? “Bir eskadron askar bilan u yoqqa borish xatarli”, — dedi. 
Xo‘sh, Barankevichning qand zavodida nima bo‘ldi? Bunga kul-
ging qistaydi! Pulemyotli bir to‘da bola bularingni uch soatgacha 
zavodga yaqin keltirmadi. Senga bu hazilday ko‘rinadi! Har kun 
olov ichida uyg‘onishimiz mumkin. Uyqularim harom bo‘lib 
qoldi: tinch uxlayolmayman. U yirtqichlarning qo‘lidan nimalar 
kelishini bilaman, ular odam o‘ldirishga o‘rganishib oldi. Ularni 
faqat kuchgina ushlab turishi mumkin. Agar shunday kuch bizda 
topilmasa, nimalar bo‘lishini o‘ylab yuragim orqamga tortib ke-
tadi. Nemislar — bizning birdan bir tayanchimiz. Agar ketib 
qolishsa, biz halok bo‘lamiz! 
Cholning nafasi bo‘g‘ilib qoldi. Chakkasidagi ko‘k tomir-


18 
lari chuvalchangday bo‘rtib chiqdi. U butun gavdasi titrab, qattiq 
yo‘taldi. 
Hamma jim bo‘ldi. 
Lyudviga deraza oldiga keldi. 
Ko‘cha eshigi oldida foytun turardi. 
Lyudviga eshik tomon borayotib: 
— Kechirasizlar, men hozir qaytib kiraman, — dedi. 
* *

Lyudviga ularni xoli qoldirib chiqib ketgach: 
— Xizmatlariga tayyorman, pan Edvard! — dedi sekin-
gina Iyeronim hazratlari. 
Ular yozuv stoli yonidagi chuqur kreslolarda ro‘baro‘ 
o‘tirgan edilar. Iyeronim hazratlarining pirpirab turgan kichkina-
gina qora ko‘zlari qisiq kipriklari orqasidan Mogelnitskiyni ehti-
yot bilan kuzatib turardi. Iyeronim hazratlari garchi charchab
mudrab o‘tirganday ko‘rinsa ham, lekin buni Edvard sezib turgan 
edi. 
To‘qima kamarining qora popugini o‘ynab o‘tirgan suh-
batdoshining chayir barmoqlari harakatini kuzatib turgan 
Edvard: 
— Iyeronim hazratlari, mening kelganimga picha hayron 
ko‘rinasizmi? — deb so‘radi. 
— Hayron? Hm... Ehtimol! 
Ko‘zlari bir-biriga tushdi. Bu atigi bir necha on davom et-
gan so‘zsiz to‘qinish edi; Edvard ustaraning tig‘iga tegib ketgan-
day bo‘ldi. 
— Men o‘ylaymanki, o‘zaro ochiqchasiga gaplasharmiz 
va darhol asil maqsadga ko‘chib qo‘ya qolarmiz, — deb sukunat-
ni buzdi Edvard. Iyeronim hazratlari unga sinchkov nazar bilan 
qaradi. 
— Janob hazratlari kardinal Kamarini sizga salom ayti-
shimni va kichkinagina bir maktubchani berib qo‘yishimni ilti-


19 
mos etgan edilar. Mana maktubcha. 
Iyeronim hazratlari bir enlik qog‘ozdagi xatni qayta-qayta 
o‘qib chiqdi: xatda retseptga o‘xshatib lotin tilida allanarsalar 
yozilgan edi. 
Iyeronim hazratlarini kuzatib o‘tirgan Edvardning miyasi-
ga “Xo‘p boksyor bo‘ladigan odam ekan-da” degan o‘y keldi. 
Haqiqatan ham, Iyeronim hazratlarining kallasi katta, jag‘lari 
chorqirra, bo‘yni yo‘g‘on edi. Qora jubbasi tagidan semiz, ba-
quvvat badani sezilib turardi. 
Nihoyat Iyeronim hazratlari: 
— Mening tushunishimcha, janob hazratlari sizga yordam 
qilishimni va menga beradigan topshiriqlaringizni siz aytgandan 
ham ortiqroq qilib bajo keltirishimni orzu etganlar, — dedi. 
— To‘g‘ri tushungansiz. Lekin, menga ma’lum bo‘lishi-
cha, Vatikanning
1
yangi xatti-harakatlari sizga u qadar ravshan 
emas ko‘rinadi. Bu haqida keyincha to‘la izoh olasiz, hozir esa 
ahvolni sizga aytib beray, — deb javob berdi Edvard. 
— Ha, bu masala meni juda qiziqtiradi. 
Edvard shipshiganday qilib so‘z boshladi: 
— Bo‘lmasa, gap shunday, Iyeronim hazratlari, siz nemis 
armiyasining turgan joyini, albatta, bilsangiz kerak. 
— Ha, asosan bilaman... 
Edvard yon cho‘ntagidan geografiya kartasini olib, stolga 
yoydi. Ikkovi ham karta ustiga engashdi. Edvardning barmog‘i 
Qora dengizdan sekin-sekin Boltiq dengiziga qarab surildi. 
— Mana, taxminan, nemislar ishg‘ol etgan joylarning che-
garasi: Rostov-Don, Xarkov — xullas, butun Ukraina... so‘ngra, 
Polsha, Belorussiya, Litva, Latviya va Estoniyaga kelib tugaydi. 
Bu Germaniyaning o‘z tuprog‘idan qariyb uch baravar katta. 
Men faqat Germaniya to‘g‘risidagina gapiryapman, — dedi 
1

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin