Jahon adabiyotining so‘nmas yulduzlari nikolay Alekseyevich ostrovskiy bo‘ron bolalari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/40
tarix12.10.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#154791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40
Nikolay Alekseyevich Ostrovskiy. Bo\'ron bolalari

25 
IKKINCHI BOB
 
Fransiska o‘tin yorib turgan bolaga mahliyo bo‘lib qoldi. 
Bola boltani baland ko‘tarib to‘ngakka bir urdi, to‘ngakning yar-
mi nari yoqqa uchib ketdi. Ikkinchi marta qayta urdi, uchinchi... 
Palyonlar jadal uyilib bordi. Boltaning yengil ko‘tarilib 
tushishidan ishonch va yosh quvvat sezilib turardi. 
Fransiska qoqilgan gilamni taxlab turib: 
— Biroz damingni olsang-chi. Muncha shoshilasan? — 
dedi. 
Yigit oqsochga taajjublanib qaradi. Yigitning ko‘m-ko‘k 
ko‘zlari va ularning ustida qaldirg‘och qanoti kabi qora qoshlari 
bor edi. Itoatsiz sochlari ko‘zlariga tushib turardi. 
Fransiska o‘zining tajribali ayollik ko‘zi bilan bolaga qa-
rab o‘ylardi: “Chiroyli bola, garchi buni hali o‘zi bilmasa ham, 
shubhasiz, chiroyli. Lablari hali ma’sum, o‘pilmagan”. 
Fransiska bolaga qarab jilmaydi. Barvasta, baquvvat bu yi-
gitning nimasidir yaxshi, iffatli ko‘rinar edi. Tavba, tovushi ham 
yoshlarniki singari yumshoq emas, kattalarniki singari yo‘g‘on, 
erkakcha. 
— Balki, sizga xalal berayotgandirman? 
— Yo‘g‘-ey, — deb e’tiroz bildirdi Fransiska. — Axir, 
ertalabdan beri xuddi birov shoshiltirayotgandek dam olmasdan 
ishlayapsan. Ovqat yedingmi? 
— Ovqat qilishga... Hech narsam yo‘q... Ovqat yegim ham 
kelmayapti. 
— Gapini qarang-u! Esingni yeb qo‘yibsan! Mana bu gi-
lamni ko‘tarishib borgin, keyin oshxonaga kirib ovqat yeymiz. 
Men ham ovqat qilganim yo‘q. 
Yigit taraddudlanib qoldi. 
— Kelishuvimizga ovqatlantirishini kiritganimiz yo‘q 
edi... Meni yollagan ko‘k kaftanli kishi — ishboshingiz ovqat 


26 
to‘g‘risida hech nima demovdi. 
— U kishi mening qaynatam bo‘ladi... Gilamni ol! Ovqat 
topiladi, u yerda ovqat ko‘p, sengagina emas, tag‘in o‘n kishiga 
ham yetadi. Qo‘rqma, bu bilan ularning davlatlari kamayib qol-
maydi! — deya Fransiska sabrsizlik bilan peshbandini tuzatdi. 
Yigit kattakon gilamni yelkasiga olib, oqsoch xotin 
orqasidan qasrga kirib ketdi. 
* * * 
Fransiska oshxonaga kirib: 
— Barbara, bizga biron ovqating bo‘lsa bergin. Ko‘proq 
bo‘lsin! Bu yigitchaning qornini to‘yg‘azib qo‘yish kerak, o‘zim-
ning ham qornim ochib qoldi, — dedi-da, yigitni Barbara karam 
sho‘rva quyib keltirgan stol yoniga o‘tqiza turib, o‘zicha gapira 
ketdi: 
— Bu bayramni deb uy ham o‘lgiday ivirsib ketdi. Bayram 
kuni nima bo‘larkin-a... Yuzta mehmon, shahardan sozandalar 
kelisharmish... Voy Xudo! Bundaqasini ko‘rmaganimizga ham 
ancha bo‘lib qoldi. 
Fransiska yigitning patnisiga ikkinchi marta ovqat qo‘ya 
turib: 
— Oting nima? — deb so‘radi. 
— Raymond. 
— Familiyang-chi? 
— Rayevksiy. 
— Shaharlikmisan? Ota-onang bormi? 
— Bor. 
— Bunday ishlarni qilib yurishingdan tirikchiligingiz yo-
monga o‘xshaydi-a? Otang urushga ketganmi? 
— Yo‘q. 
— Yo‘qsa qayerda? — dedi Fransiska tiyilavermay. 


27 
Yigit indamadi. 
Fransiska gapning tagiga yetgandek xo‘rsindi. 
— Sizlarni tashlab ketgandir-da? 
Oshxonaga Xelya yugurib kirdi. Notanish yigitga ko‘z qiri 
bilan bir qarab qo‘ygach, bidirlay ketdi: 
— Xo‘jayinlar Zamoyskiylarnikiga ketishyapti... Grafinya 
foytunda, yosh graf esa otliq boradilar. Hozir Anelya grafinya 
Stefaniyaning sochlarini jingalaklayapti, men esa otxonaga cho-
pib ketyapman, aytib qo‘yay: bir soatdan keyin otni tayyorlab 
keltirishsin! 
Eshik yana ochildi. Yuzef kirdi. 
— Oshxonaga tag‘in yot odam kirdimi? Men nima degan 
edim, Fransiska? Menga qara, ovqatingni tezroq yeb yuqoriga 
chiq, chaqirishyapti, — dedi achchiqlanib chol. 
Fransiska g‘udurlab berdi: 
— Bu nima degan gap? Ovqatingni ham tinchroq yegizish-
maydi-ya! Ertadan qora kechgacha tinimsiz ishlasang ham oz! 
Hamisha bir narsa topib turishadi! 
— Bas-bas, tilingni tiy, — deb o‘shqirdi Yuzef. — Hay 
bola, menga qara, avval ishingni bitir, keyin xohlaganingcha 
damingni olaverasan. Bu yerda nima bor senga. O‘tinni orqa hov-
lidagi saroyga oborib taxla. Keyin qo‘rani supur-da, kelib puling-
ni ol. Qani, darrov ish-ishingizga boringlar! — dedi Yuzef xitob 
qilib. 
Yigit shu qadar shiddat bilan turdiki, cholning quti o‘chib 
ketdi. 
Raymond bosiq bir tovush bilan: 
— Mehmondorchiligingiz uchun rahmat, — dedi, lekin bu 
so‘zlarni na Fransiskaga qarab aytdi va na Yuzefga, keyin eshik 
tomon tez-tez yurib ketdi. 
Eng so‘nggi palyonlar taxlanib, qo‘ra supurilib bo‘lingach, 
Raymond fufaykasini kiydi-da, boltasini qo‘ltig‘iga qistirib, 


28 
ko‘cha eshigi tomon ketdi. 
Qasr bir yonidan soy oqib turgan tepalikda edi, soyga 
granit toshlardan qilingan ikkita keng zinapoya tushirilgan. Tik 
jar yoqasini aylantirib, kamalak shaklida gulshanlar qilingan va 
bir metr balandlikda sim to‘r bilan to‘sib qo‘yilgan. Zinapoya 
yonida qaramsiz yotgan fontanning yumaloq hovuzi ham bor. 
Qadim zamonlar bu yerda graf Mogelnitskiylarning mustahkam 
qal’asi bo‘lgan ekan. Bu qal’aning qoldiqlari hali ham soy tomo-
nidan ko‘rinib turadi. 
Qasrning yuz tomoni kattakon bog‘ga qaragan. Tashqi 
eshiklarning oldilari betonlangan yarim yumaloq maydoncha. 
Qizil qum sepilgan keng xiyobon bog‘ning katta darvozasiga 
qarab ketgan. Yon hujralarni, otxonalarni va qolgan ish xona-
larini meva bog‘i qasrdan panalab turadi. 
Eshik oldida turgan usti ochiq foytundagi norg‘ul izvosh-
chi o‘ynoqi otlarni zo‘rg‘a-zo‘rg‘a ushlab turardi. Turib qolgan 
ko‘rkam ayg‘ir toqatsizlanib yer tepinardi. Yaqinlashgan Ray-
mondga u bir xo‘mrayib qaradi-yu, dahshat bilan pishqirdi. 
Izvoshchi jilovni tortib, ayg‘irga o‘shqirdi: 
— Sho‘xlik qilma, shayton! 
Ohista qadamlar eshitildi. Raymond qayrilib, Lyudviga-
ning ko‘zlari bilan uchrashdi. Uning ko‘zlari Raymondga faqat 
bir zumgina tushib o‘tdi. Lekin u ko‘zlarini uzmadi, xuddi bola-
lar singari Lyudvigaga ajablanib qarab qoldi. 
Lyudviga foytunga epchilgina chiqdi. 
Raymondning orqasida allakim duduqlanib so‘zlay bosh-
ladi: 
— Stefaniya qani? Mening otim-chi? Yan, chop otxonaga, 
darrov Laskani keltirishsin. Necha marta buyurishim kerak ekan 
bularga-ya! 
Izvoshchi zo‘rg‘a o‘rnidan tushdi. 
— Otlarni birov ushlab tursa bo‘lardi, oliynasab pan. 


29 
Otliq askarlarga xos maxsus nimcha va charm qo‘nj kiy-
gan yosh yigit qo‘lidagi stekini o‘ynatib va qalin lablarini takab-
burona do‘rdaytirib Raymondga amirona qichqirdi: 
— Hoy bola! Oting nima edi! Bu yoqqa kel, otlarni ushlab 
tur! 
U hali murtsiz, kalta oyoq, po‘rdoq o‘smir edi. 
Raymond: 
— Men sizning xizmatkoringiz emasman!.. — deb 
yubordi. 
Vladislav bir zumgina shoshib turdi. So‘ngra jahl bilan 
stekini ko‘tardi, lekin urmadi. Agar ursa, bola qo‘lidagi bolta bi-
lan boshini yorishdan ham toymasligini sezib qoldi. 
G‘azabi qaynab ketgan Vladislav izvoshchi qo‘lidan tiz-
ginni tortib ola turib, qichqirdi: 
— Bo‘lmasa yo‘qol bu yerdan! Seni kim kirgizdi bu yer-
ga? Hoy Yuzef, birontang bormisan?! Qaysi go‘rda qoldilaring?! 
Raymond sekingina eshikdan uzoqlashib, ish haqini olgani 
oshxona tomonga keta boshladi. 
Shu asnoda Stefaniya chiqib qoldi. 
Tekis yerni jarlikdan ajratib turgan panjaradan bir necha 
qadam narida Raymond to‘xtadi. Uning diqqatini xiyobonda g‘i-
zillab kelayotgan mototsikl jalb qildi: mototsiklni yelkasiga kalta 
karabin osib olgan bir nemis askari haydab kelmoqda edi. 
Mototsikl naq foytun yonidan chiqib qoldi, shunda motorning 
tarillashidan hurkib, otlar bir yonboshga tashlandi. Ayg‘ir oldingi 
oyoqlarini osmonga ko‘tardi, foytunning shotisi qirsillab ketdi. 
Vladik tizginni tashladi-da, ot tepkisidan saqlanish uchun o‘zini 
eshikka urdi. Askar urilib ketishdan cho‘chib, motorga to‘la gaz 
berdi-yu, mototsiklni shartta boshqa yoqqa burib yubordi. Bun-
dan hurkkan otlar foytunni jar tomonga olib qochdi. Stefaniya-
ning qo‘rqib qichqirishi otlarga yana bir qamchi bo‘lib tushdi. 
Yana bir necha qadam bosilsa, hammasi jarga ag‘dariladi. Buta-


30 
lar to‘sib turgan jarni otlar sezmasdi. Raymond foytunni olib 
qochayotgan ketayotgan otlarni ushlab qolish uchun ro‘paradan 
chiqqan bo‘lsa-da, lekin hurkib, o‘takalari yorilgan jonivorlarni 
o‘sha topda to‘xtatib bo‘lmasligini tushundi. Biror narsa qilishga 
ulgurmay, uning o‘zini otlar yanchib tashlashadi. U faqat eng 
so‘nggi lahzadagina qo‘lida bolta borligini sezib qoldi. Mana, 
yovvoyi ayg‘irning tumshug‘i bolaga yaqin keldi... Zarb bilan 
kallasiga tushirilgan bolta otni yiqitdi. Shu onda bolaning o‘zi 
ham arava shotisidan zarb yeb yiqildi. Qoqilib ketgan ikkinchi ot 
uning ustiga kelib ag‘darildi. 
Shovqin-suronga butun xizmatkorlar yugurib chiqishdi. 
Rangi oqarib ketgan Lyudvigani foytundan tortib oldilar, ana 
shundan keyingina yerda tipirchilab yotgan ot ostidagi Ray-
mondga qarab yugurishdi. Raymondni ot tagidan sug‘urib olgan-
larida, hayot asari uni tark etgan edi. Yerga yotqizib qo‘ydilar. 
Yuzida qatra qon qolmagan Raymond qattiq uxlab yotgandek 
ko‘rinardi. 
Erkaklar otlar yonida urinishib yurardilar. Boshi yorilgan 
ayg‘ir ham uning boshini yorgan kishi singari harakatsiz yotar 
edi. 
Nihoyat Vladislav o‘ziga kelib, tilga kirdi: 
— Iye, otning boshini yorib qo‘yibdi-ku! Shunday qim-
matbaho otning boshiga yetibsizlar-a! 
Yuzef hayajonidan qurigan lablarini zo‘rg‘a qimirlatib: 
— Xudoga shukurki, grafinyaga shikast yetmadi! Oh, haz-
rati Iso! Yo‘qsa holimiz nima bo‘lardi-ya! Graf Edvard ham kelib 
qolgan edilar, — dedi. 
Vladislavning boyagi qo‘rquvi endi g‘azabga aylandi,
endi u atrofidagi xizmatkorlarga o‘shqira boshladi: 
— Sen tekinxo‘r kasofatlarning dastidan shunday bo‘ldi! 
Beparvolik qildinglar, ablahlar! Foytunni keltirishganda qaysi 
go‘rda edinglar? Qayoqdagi bir askarning bu yerda mototsiklini 


31 
tarillatib yurishga qanday haqqi bor? 
Bu gap hozirgina uydan chiqqan Zonnenburgga taalluqli 
edi. Mayor bo‘lib o‘tgan ko‘ngilsiz voqea uchun Lyudvigadan 
uzr so‘radi. Vladislav uning yoniga jadal yetib keldi. 
U chala-chulpa nemischa qilib gapira boshladi: 
— Mayor janoblari, grafinyani sal bo‘lmasa o‘ldirayozgan 
xumparning qamalishini talab etaman... Bundan tashqari, ot bir 
necha ming marka turadi, buncha pulni sizning ablah askaringiz 
umr bo‘yi ishlab ham topolmaydi. Undan keyin, siz askar-
laringizga tushuntirib qo‘yishingiz kerak, bu hovli — karvon-
saroy emas. 
Baland bo‘yli, qotgan baliq singari qotma mayor Lyudvi-
gaga hurmat bilan chest bergach, Vladislavga o‘girildi. 
— Mendan nima istaydilar, yigitcha? 
— Men sizga yigitcha emasman, graf Logelnitskiy bo‘la-
man! Esingizda mahkam saqlashingizni o‘tinaman, fon Zonnen-
burg janoblari! 
Zonnenburg uning so‘zini bo‘lib: 
— Juda soz. Agar siz shu taxlitda gapiraversangiz, men 
gapingizga quloq solishdan voz kechaman. Mototsiklchi o‘z va-
zifasini bajardi, siz jilovni qo‘yib yuborib, grafinyani taqdir ixti-
yoriga tashlab ketgan ekansiz, buning uchun u javobgar emas, — 
dedi-da, askari bilan uyga kirib ketaverdi. Yo‘lda “Mutlaqo max-
fiy, juda shoshilinch, shaxsan ochilsin” deb yozilgan xatjildni 
yirtdi. 
Bu g‘ala-g‘ovur ichida Raymondni unutdilar. Bu hodisani 
dastlab payqagan Lyudviga bo‘ldi. 
— Voy Xudo-ey, nega hech biringiz unga qaramaysiz-a?! 
— deb qichqirdi u. — Darrov uni uyga olib kiringlar! Stefa, ma-
yordan so‘ra, feldsherga kishi yuborsin... 
Mayor o‘z xonasida xatni o‘qimoqda edi: 


32 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin