6
О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i binolarning asosiy kirish
joyida yoki buning uchun maqbul bо‗lgan boshqa joyda yoxud tegishli tutqichi
bо‗lgan dastada, yo bо‗lmasa flagshtogda bayroqning dastasi binoning old tomoni
bilan kо‗pi bilan 45 gradusli burchak hosil qiladigan tarzda kо‗tariladi.
О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗ini tayyorlash, saqlash va yо‗q qilish
tartibi О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Kо‗tarib qо‗yilgan О‗zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‗ining matosi yer
sathidan kamida 2,5 metr balandlikda bо‗lishi kerak. Motam munosabati bilan,
О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, О‗zbekiston
Respublikasining Davlat bayrog‗i motamga moslab kо‗tariladi. Bunday hollarda
О‗zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‗i dastasi yoki flagshtokning yuqori uchiga
bayroq enining 1/20 qismiga teng bо‗lgan kenglikdagi qora tasma bog‗lanadi,
tasmaning ikki uchi bayroqning butun eni uzunligida osilib turadi. Bayroq motam
munosabati bilan flagshtokda kо‗tarilgan taqdirda u flagshtok uzunligining 1/3
bо‗lagicha tushirib qо‗yiladi.
О‗zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek, О‗zbekistonda turgan
boshqa shaxslar О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗ini hurmat qilishlari
shart. О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i tо‗g‗risidagi qonun hujjat-
larini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bо‗ladi.
О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗ini behurmat qilganlik О‗zbekiston
Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda jazolanadi.
Mamlakatimizda Konstitusiya va qonun bilan о‗rnatilgan hamda tasdiqlangan
davlat ramzlaridan biri – uning gerbidir. Davlat gerbi davlat mustaqilligining
ramziy belgilaridan biri hisoblanadi. «Gerb» sо‗zi nemischa «erbo» sо‗zidan
olingan bо‗lib, shohlar va hukmdorlarga davlat, sarhad, hudud va boshqa nasldan-
naslga meros qoluvchi mulk belgisini anglatadi.
Bundan 2500 yil muqaddam Erondan Oltoyga qadar chо‗zilgan sarhadlarda
hukm surgan qadimgi turk hoqoni О‗g‗izxon davrida ham turkcha «tamg‗a» sо‗zi
aynan shu ma‘noni bildirar edi. XII asrning mashhur tarixchisi Rashiddin
Hamadoniy «Tanlangan tarixlar» nomli kitobida shahodat berishicha, О‗g‗izxon
о‗z mol-mulkini о‗g‗illariga ulus sifatida kichik davlatlarga bо‗lib berib, in‘om
etgan. Ushbu davlatlar xukmdorlari ham о‗zlarining xonlik tamg‗alariga ega edi.
Kо‗rinib turibdiki, «tamg‗a» sо‗zining ma‘nosi haqiqatan ham nemischa «erbo»
sо‗zining ma‘nosiga tо‗la mos keladi.
Gerb – tamg‗a, emblema. Meros bо‗lib qolgan, bir davlatni boshqalardan
ajratib turadigan belgi, tamg‗asi, nishoni, timsoli. Gerb – qaysi davlatga tegishli
bо‗lsa, о‗sha davlatning tarixiy an‘analarini ifodalovchi ramziy ahamiyatga ega
bо‗lgan tasvirlar va narsalar yig‗indisi. «О‗zbekiston Respublikasining Davlat
gerbi tо‗g‗risida»gi qonun 1992 yil 2 iyulda О‗zbekiston Respublikasining Oliy
Kengashi tomonidan qabul qilingan. Unga 1999 yil 15 aprelda, 2003 yil 25
aprelda, 2004 yil 3 dekabrda va 2010 yil 24 dekabrda qabul qilingan qonunlarga
muvofiq qо‗shimchalar kiritilgan.
О‗zbekiston Respublikasining
Dostları ilə paylaş: