2-modul. Taraqqiyotning “O„zbek modeli” va uning o„ziga xos xususiyatlari


-yil 1-iyuldan boshlab milliy valuta – so„m muomalaga



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix12.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#154793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
\'19.11.2020 ma’ruza matni

1994-yil 1-iyuldan boshlab milliy valuta – so„m muomalaga 
kiritildi. 
1 so‗m kursi 1000 so‗m-kuponga tenglashtirilgan holda joriy qilindi. 
Milliy valuta – so‗m O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 
1,3,5,10,25,50,100 
so‗m bo‗lgan bank qog‗oz pullari (banknotlar) holida 
muomalaga chiqarildi. Aholi qo‗lidagi so‗m-kuponlar jamg‗arma banklari orqali 
1000 ga 1 qiymatda almashtirildi. Keyinroq 
200, 500, 2001 yilda 1 000, 2013 
yilda 5 000, 2017 yilda 10 000 va 50 000, 2019 yilda 100 000 
so‗mlik qog‗oz 
pullari ham muomalaga kiritildi. Shuningdek, qiymati har xil miqdordagi tangalar 
ham naqd pul holida muomalaga chiqarildi. 
―Milliy valuta – milliy iftixor, davlat mustaqilligining ramzi, suveren davlatga 
xos belgidir. Bu respublikaga tegishli umumiy boylik va mulkdir‖(I. Karimov. 
Asarlar. 3-jild, 331-bet.).
 
Milliy valutaning muomalaga kiritilishi mamlakatimiz hayotida muhim voqea 
bo‗ldi. O‘zbekistonning xalqaro maydonda mavqeyi oshdi, o‗zining pul-kredit, 
moliya siyosatini amalda mustaqil yuritadigan bo‗ldi. Bu iqtisodiy islohotlarni 
yanada chuqurlashtirish uchun qulay imkoniyat yaratdi. 2003-yil 15-oktabrdan 
boshlab, so‗m qisman konvertatsiyalanadigan valuta maqomiga ko‗tarildi. 
2.О„zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi – mustaqil davlatning 
asosiy qonuni. 
Konstitusiya eng oliy qonun sifatida О‗zbekistonning mustaqilligi va suveren 
huquqlarini mustahkamlash va amalda ta‘minlashning huquqiy negizi bо‗lib 
xizmat qiluvchi hujjat hisoblanadi. Respublikaning jamiyat va davlat qurilishi, 
uning iqtisodiy va siyosiy tizimining asosiy tartib - qoidalari, fuqarolarning huquq, 
erkinlik va burchlari, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining milliy davlat va 
ma‘muriy-hududiy tuzilishi, davlatning ichki va tashqi siyosati masalalariga oid 
barcha vazifalar Konstitusiyada о‗z ifodasini topgan.
Konstitusiya О‗zbekistonni mustaqil davlat maqomiga ega bо‗lishiga qonuniy 
asos soldi. О‗z ona vatanining mustaqil davlat bо‗lishi va bunga erishish uchun 
asrlar davomida iztirob chekib, muntazam kurashib kelgan О‗zbekiston xalqi о‗z 
maqsadiga erishdi, о‗z davlatchiligiga о‗zi ega bо‗ldi. 
Konstitusiya – davlatning Asosiy Qonuni bо‗lib, shaxs, jamiyat va davlat 
о‗rtasida vujudga keladigan eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, 


11 
oliy yuridik maqomga ega normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi. Shu jihatdan 
Konstitusiya о‗z mazmun - mohiyatiga kо‗ra jamiyat va davlatning rivojlanish 
qonuniyatlarini о‗zida namoyon etadi. 
О‗zbekiston Oliy Kengashining 1990 yil 20 iyunda bо‗lib о‗tgan ikkinchi 
sessiyasida qabul qilingan qaroriga asosan, respublika Prezidenti I.A.Karimov 
raisligida 64 kishidan iborat Konstitusiya komissiyasi tuzildi. Komissiya tarkibiga 
davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining taniqli arboblari, xalq deputatlari, fan 
vakillari kiritildi. О‗zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 2 iyulda 
qabul qilingan qarori bilan Konstitusiya komissiyasi tarkibi qisman о‗zgardi. 
Konstitusiyaviy komissiyaning birinchi majlisi 1991 yil 21 aprelda Prezident 
I.A.Karimov raisligida bо‗lib о‗tdi.
О‗zbekiston Konstitusiyasi loyihasini ishlab chiqishga oid barcha tayyorgarlik 
ishlari muvofiqlashtirishini ta‘minlash maqsadida konstitusiyaviy komissiya 
a‘zolari, shuningdek, yetakchi olimlar va mutaxassislar ishtirokida 32 kishidan 
iborat ishchi guruhi tuzildi. О‗zbekiston Konstitusiyaviy nazorat komissiyasining 
raisi 
О‗zbekiston 
Respublikasi 
Fanlar 
Akademiyasining 
akademigi 
SH.Z.О‗razayev guruh rahbari etib tasdiqlandi. 
Reja bо‗yicha 1991 yil avgust oyida Konstitusiyaviy komissiyaning raisi 
I.A.Karimov Konstitusiyaviy komissiyaning yalpi majlisida ―О‗zbekistonning 
yangi Konstitusiyasi konsepsiyasining loyihasi tо‗g‗risida‖gi ma‘ruzasida ishchi 
guruh oldiga qо‗yilgan vazifalarni bajarishda jahon tajribasini о‗rganish va unga 
amal qilish, boshqa mamlakatlarning inson huquqlari borasida, demokratiya va 
qonunchilik sohasida qо‗lga kiritilgan yutuqlarini hisobga olish, kishilar diliga 
yaqin va ularga tushunarli bо‗lgan iboralar vositasida siyosiy va yuridik hujjat 
yaratishga harakat qilishni ta‘kidlab о‗tdi.
Konstitusiyaviy 
komissiyaning 
a‘zosi 
akademik 
SH.3.О‗razayev 
quyidagilarni qayd qilgan: ―Prezidentimiz shunday ham juda taqchil vaqtidan 
fursat ajratib, Konstitusiya loyihasini tayyorlash bо‗yicha tuzilgan ishchi 
guruhning a‘zolarini qabul qilar, loyihani qayta-qayta о‗qib chiqar, uning matnini 
chuqur mushohada qilar va unga tuzatishlar kiritardi. Bu kishining g‗oyat ajoyib 
tahlil qobiliyati, kelajakni oldindan kо‗ra olishi, nozik his etish iste‘dodi bizni 
nihoyatda hayratga solardi. U mehnatga doimo tayyor, hamisha izlanishda, ishning 
mohiyatini tushunishga va u bо‗yicha eng maqbul qaror chiqarishga intilardi. 
Konstitusiyaviy komissiyaning raisi loyihaning har bir tafsilotiga e‘tibor berar, 
unga о‗z qо‗li bilan tuzatishlar va aniqliklar kiritardi, ishga astoydil yondashish, 
ishbilarmonlik va bilimdonlik namunasini kо‗rsatar edi. Prezident – о‗ziga 
nisbatan juda talabchan shaxs. Kо‗pincha, nazarimizda uning bu talabchanligi 
о‗ziga nisbatan shafqatsizlikka yaqinlashib ketardi. U yarim tungacha ishlar va 
ishning juda katta qismini о‗z zimmasiga olardi. Kunlar ketidan kunlar, shanba va 
yakshanba dam olish kunlari ham shu tariqa о‗tardi‖ (
Urazayev SH.Z. Kak gotovilsya proyekt 
Konstitusii Respubliki Uzbekistan // Narodnoye slovo, 1992, 26 dekabrY.
). 
 
1991 yilning noyabr oyigacha Konstitusiya loyihasining 158-moddadan iborat 
birinchi varianti tayyor bо‗ldi. I.A.Karimov loyihaning bu varianti bilan tanishib 
chiqib, unga mazmuni, shakli va tahriri jihatdan jiddiy о‗zgartishlar kiritdi. 


12 
Loyihaning ikkinchi varianti 149-moddadan tashkil topdi. I.A.Karimovning 
kо‗rsatmasi va shaxsan u kishining tahriri bilan loyihaning uchinchi varianti 137-
moddadan tashkil topdi. Matbuotda e‘lon qilish oldidan loyiha yana bir bor diqqat 
bilan о‗rganib chiqilib, 127 moddaga keltirildi. 
Loyiha matbuotda e‘lon qilinishidan oldin I.A.Karimov uni sinchiklab о‗qib 
chiqdi, ba‘zi moddalarga о‗zgartish kiritishi natijasida ular tо‗laroq mazmun, aniq 
ravshanlik kasb etib, yanada tushunarliroq bо‗ldi. Konstitusiyaviy komissiyaning 
qarori bilan loyiha 1992 yil 26 sentabrda umumxalq muhokamasi uchun matbuotda 
e‘lon qilindi. Muhokama davomida uning asosiy bо‗limlari, boblari va moddalari 
yuzasidan tegishli takliflar Konstitusiyaviy komissiyaga kelib tushdi. Respublika 
matbuotining о‗zida Konstitusiya loyihasiga bag‗ishlangan yuzdan ortiq 
materiallar e‘lon qilindi. Kelib tushgan takliflarning soni 6 mingtadan oshib ketdi.
Konstitusiya loyihasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik 
va Hamkorlik Kengashi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar va AQSH, Buyuk 
Britaniya, Fransiya kabi demokratik davlatlar mutaxassislarining sinchkov 
ekspertizasidan о‗tdi. 
О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining loyihasi 1992 yil 21 noyabrda 
yana bir bor matbuotda e‘lon qilindi. Bundan maqsad fuqarolarni Konstitusiya 
loyihasiga kiritilgan о‗zgartishlar va tо‗ldirishlar bilan tanishtirish va ularni 
hisobga olgan holda muhokamani davom ettirishdan iborat edi. Loyihaning yangi 
nusxasi e‘lon qilinishi bilan yana yangi takliflar kela boshladi. Qoraqalpog‗iston 
Respublikasida xalq noiblari ishtirokida bо‗lib о‗tgan yig‗ilishda loyiha bо‗yicha 
ayrim istaklar bildirildi. Konstitusiyaviy komissiyaga kelib tushgan kо‗p sonli 
takliflar, mulohazalar, fikrlar har tomonlama о‗rganilib, Konstitusiya loyihasiga 
deyarli 80 yaqin о‗zgartish, qо‗shimcha va aniqliklar kiritildi.
Mustaqil О‗zbekiston davlatining Konstitusiyasi О‗zbekiston Respublikasi 
XII chaqiriq Oliy Kengashining XI sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilindi. 
U oliy maqomli Qonun sifatida biz qurayotgan jamiyatning ravnaqi uchun, uning 
har bir a‘zosining kundalik turmushiga, faoliyatiga madad, muqaddas orzu - 
umidlarini rо‗yobga chiqishi uchun ishonch bag‗ishlaydi.
Islom Karimov ushbu sessiyada Konstitusiyani ―xalqchil qomus‖ deb atab, 
uning loyihasi ustida taxminan ikki yil davomida ishlangani, ikki yarim oy 
mobaynida umumxalq muhokamasidan о‗tganligi va shu vaqt mobaynida u 
xalqning fikr xazinasi durdonalari bilan boyitilganligini, sayqal topganligini 
ta‘kidladi (
Karimov I.A. О‗zbekiston: milliy mustaqillik, iqtisod, siyosat va mafkura. 1-jild. - T.: О‗zbekiston, 
1996. – 118 bet.
). 
Konstitusiyamizning eng muhim mohiyati shundan iboratki, unda fuqarolar 
manfaatining ustunligi qonuniy ravishda mustahkamlangan va kafolatlangan, inson 
huquqlari, uning kamoloti uchun zarur bо‗lgan shaxsiy daxlsizlik, siyosiy erkinlik, 
ijtimoiy va iqtisodiy imkoniyatlarga erishish uchun umid qilgan va intilgan 
umuminsoniy g‗oyalar yо‗lida erishilgan qoidalarni о‗ziga singdirgan. 
Konstitusiyani ishlab chiqish, muhokama qilish va qabul qilish jarayoni 
I.A.Karimovning ―Konstitusiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga 
tanitadigan Qomusnoma‖ bо‗lganligi, u ―xalqimizning irodasini, ruhiyatini, 


13 
ijtimoiy ongi va madaniyatini‖ aks ettirishi, uning ―xalqimiz tafakkuri va ijodining 
mahsuli‖ ekanligi haqidagi xulosasining tо‗g‗riligi va asoslanganligini tasdiqlaydi 
(
Karimov I.A. Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati. –T.: Sharq, 1993. 6-bet
). 
Mustaqil davlatimiz Konstitusiyasi asosida respublikamizda demokratik 
huquqiy jamiyat asoslari faol rivojlanmoqda. Avvalgi partiyaviy yakkahokimlik 
tizimining illatlari qat‘iyan tugatilib, kо‗ppartiyaviylik, g‗oyalar va fikrlar xilma-
xilligiga yо‗l ochildi. Yagona mafkuraning yakkahokimligiga barham berildi. 
Umumbashariy qadriyatlarning ustuvorligi, chinakam demokratiya, inson 
erkinliklari va huquqlarining butun dunyo tan olgan meyor va qoidalari tobora 
qaror topmoqda.
Konstitusiyamiz mamlakatimizning mustaqillik yillarida siyosiy, ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyot yо‗lidagi barcha g‗alabalarimizni ifodalovchi hamda kelajak 
yо‗limizni kо‗rsatuvchi muhim qonundir. I.A.Karimov ta‘kidlaganidek, ―Tom 
ma‘nodagi tarixiy bu sanani har safar bayram qilar ekanmiz, Konstitusiyamiz – 
Asosiy Qonunimiz qabul qilinishi bilan biz О‗zbekiston kelajagini, yangidan barpo 
etilayotgan davlatimizning chuqur mazmuni, ma‘no va mohiyatini, siyosiy, 
iqtisodiy, gumanitar va ma‘naviy taraqqiyotining, yurtimiz qiyofasini, uning 
xalqaro hamjamiyatdagi о‗rni va nufuzini tubdan о‗zgartirib yuborgan 
mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilishning pirovard maqsadlarini 
aniq-ravshan belgilab olganimizni haqli ravishda yuksak baholaymiz‖ (
Bizning 
yо‗limiz – demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish yо‗lidir. 
20-jild. - T.: О‗zbekiston, 2012.- 63- 64 betlar.
).
Konstitusiyamiz qabul qilingandan keyin yigirma yildan ortiqroq vaqt 
mobaynida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot sohalarida ulkan va jiddiy 
ijobiy о‗zgarishlar yuz berdi.
Konstitusiyaga о‗zgartirish kiritish uchun о‗rnatilgan tartib boshqa oddiy 
qonunlarga о‗zgartirish kiritishdan jiddiy farq qiladi. Bu jahon qonunchilik 
tajribasida ham о‗rnatilgan tartibdir. Shunday ekan, О‗zbekiston Respublikasi 
Konstitusiyasiga о‗zgartirish va qо‗shimchalar kiritish Konstitusiyaning 127-
moddasining 1-qismiga muvofiq quyidagicha bayon qilingan: ―О‗zbekiston 
Respublikasining 
Konstitusiyasiga 
о‗zgartirishlar tegishincha О‗zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a‘zolari 
umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat kо‗pchiligi tomonidan qabul 
qilingan qonun yoki О‗zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi‖. 
Har qanday jamiyatda ijtimoiy munosabatlar rivojlanib borishi natijasida 
davlat va jamiyat hayotida muhim о‗zgarishlar qilish zaruriyati vujudga keladi. 
1993 yil 28 dekabrda birinchi bor Konstitusiyaga о‗zgartish va qо‗shimcha 
kiritilgan bо‗lib, ―О‗zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga о‗zgartish va 
qо‗shimchalar kiritish tо‗g‗risida‖gi Qonunga asosan О‗zbekiston Respublikasi 
Konstitusiyasining 77-moddasi 1-qismi (О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
150 nafar deputatdan iborat)dagi ―150 nafar deputatdan‖ degan sо‗zlar 
―deputatlardan‖ degan sо‗z bilan almashtirildi. 
О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 83-moddasiga muvofiq, 
О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti 2000 yil 25 may kuni Oliy Majlisning 
ikkinchi chaqiriq, ikkinchi sessiyasida doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali 


14 
parlament tizimiga о‗tish va 2004 yilda bо‗ladigan saylovlarda parlamentni ikki 
palatali qilib tashkil etish haqida taklif kiritdi. Oliy Majlisning navbatdagi 
sakkizinchi sessiyasida bu masalani hal etishning dastlabki muhokamasi bо‗lib, 
2002 yil 4 aprelda ―Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil 
etilishining asosiy prinsiplari tо‗g‗risida‖gi Konstitusiyaviy Qonun qabul qilindi. 
Mazkur Qonun asosida 2003 yil 24 apreldagi ―О‗zbekiston Respublikasining 
Konstitusiyasiga о‗zgartish va qо‗shimchalar kiritish tо‗g‗risida‖gi Qonunga 
muvofiq Konstitusiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga о‗zgartish va 
qо‗shimchalar kiritildi. 
Konstitusiyaning О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deb nomlangan 
XVIII bobi ilgari bir palatali parlamentga bag‗ishlangan bо‗lsa, endilikda mazkur 
bobda ikki palatali parlament – О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik 
palatasi (quyi palata) va Senati (yuqori palata)ga bag‗ishlangan. Kiritilgan 
о‗zgartish va qо‗shimchalarga muvofiq Konstitusiyaning 76-moddasida 
―О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bо‗lib, qonun 
chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
ikki palatadan - Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) 
iborat. О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati 
vakolat muddati – besh yil‖, degan qoida bilan mustahkamlandi. 
Konstitusiyaning О‗zbekiston Respublikasi Prezidentiga bag‗ishlangan XIX 
bobiga ham о‗zgartish kiritildi. Kiritilgan о‗zgartishga muvofiq Konstitusiyaning 
89-moddasidan 
―О‗zbekiston 
Respublikasining 
Prezidenti 
Vazirlar 
Mahkamasining Raisi hisoblanadi‖ degan qoida chiqarib tashlandi. 
О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim vakolatlari О‗zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi yuqori palatasi Senatga о‗tkazildi. Jumladan, 93-modda 
6-bandiga kо‗ra, О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti О‗zbekiston Respublikasi 
chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni 
О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etishi, shu moddaning 23-
bandiga kо‗ra esa, amnistiya tо‗g‗risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida 
О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritishi 
belgilandi. Ilgari О‗zbekiston Respublikasi chet davlatlardagi diplomatik va 
boshqa vakillarini tayinlash va amnistiya tо‗g‗risida hujjatlarni qabul qilish 
bevosita Prezident vakolatiga kiritilgan edi. 
Konstitusiyaning Vazirlar Mahkamasiga bag‗ishlangan XX bobiga kiritilgan 
о‗zgartish va qо‗shimchalarga muvofiq, ilgari Konstitusiyaning 98-moddasida 
―Vazirlar Mahkamasi tarkibini О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tuzadi va u 
Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi‖ degan qoida mavjud bо‗lgan bо‗lsa, kiritilgan 
о‗zgartishga kо‗ra, 98-moddaning ikkinchi qismida ―Vazirlar Mahkamasi tarkibi 
О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. О‗zbekiston 
Respublikasi Bosh vaziri nomzodi О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 
taqdimiga binoan О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan 
kо‗rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a‘zolari О‗zbekiston 
Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tomonidan tasdiqlanadi‖, degan qoida belgilandi.


15 
Shuningdek, Konstitusiyada О‗zbekiston Respublikasi Bosh vaziri vakolatlari 
kengaytirilib, 98-modda, 5-qismiga ―О‗zbekiston Respublikasi Bosh vaziri 
Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning 
samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bо‗ladi, Vazirlar Mahkamasining 
majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi, О‗zbekiston Respublikasi 
Prezidentining topshirig‗iga binoan xalqaro munosabatlarda О‗zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish kо‗radi, О‗zbekiston Respublikasi 
qonunlarida, О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va 
farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi‖, 6-qismiga esa 
―О‗zbekiston Respublikasi‖ning Prezidenti ushbu Konstitusiyaning 89-moddasi va 
93-moddasiga asoslangan holda Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga, 
Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul 
qilishga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini
О‗zbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqli‖ degan 
qoidalar kiritildi. 
Mazkur kiritilgan о‗zgartish va qо‗shimchalarga muvofiq О‗zbekiston 
Respublikasi Bosh vaziriga ―О‗zbekiston Respublikasi Prezidentiga Vazirlar 
Mahkamasi a‘zolarini tasdiqlash uchun taqdim qilish‖ vakolati berildi. 
Konstitusiyaning saylov tizimi deb nomlanadigan XXIII bobiga ham 
о‗zgartish va qо‗shimchalar kiritildi. Ilgari 117-modda 2-qismidagi ―О‗zbekiston 
Respublikasida Prezident saylovi, hokimiyatning vakillik organlari saylovi 
umumiy, teng, tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yо‗li 
bilan о‗tkaziladi. О‗zbekiston Respublikasining 18 yoshga tо‗lgan fuqarolari 
saylash huquqiga egadirlar‖ degan qoida о‗rniga ―О‗zbekiston Respublikasi 
Prezidenti saylovi, О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik 
palatasiga hamda Qoraqalpog‗iston Respublikasi Jо‗qorg‗i Kengesiga, viloyatlar, 
tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha 
ularning konstitusiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – dekabr oyi uchinchi 
о‗n kunligining birinchi yakshanbasida о‗tkaziladi. Saylovlar umumiy, teng, 
tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yо‗li bilan 
о‗tkaziladi. О‗zbekiston Respublikasining 18 yoshga tо‗lgan fuqarolari saylash 
huquqiga egadirlar‖, degan qoida kiritildi. 
Shu moddaning 3-qismi ―О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati 
a‘zolari Qoraqalpog‗iston Respublikasi Jо‗qorg‗i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, 
shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishincha qо‗shma 
majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan sо‗ng bir oy ichida ular orasidan 
yashirin ovoz berish yо‗li bilan saylanadilar‖, degan qoida bilan tо‗ldirildi. 
Shuningdek, 
Konstitusiyaning 
6-bо‗limiga 
ham 
о‗zgartish kiritildi. 
О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining dastlabki 127-moddasi ―О‗zbekiston 
Respublikasining Konstitusiyasiga о‗zgartirishlar О‗zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi jami deputatlarning uchdan ikki qismidan iborat kо‗pchiligi tomonidan 
qabul qilingan qonunlar bilan kiritiladi‖, deb belgilangan edi. 
Kiritilgan о‗zgartish va qо‗shimchalardan sо‗ng mazkur moddada 
―О‗zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga о‗zgartirishlar tegishincha 


16 
О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va 
Senati a‘zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat kо‗pchiligi 
tomonidan qabul qilingan qonun yoki О‗zbekiston Respublikasining referendumi 
bilan kiritiladi‖, degan iboralar о‗z ifodasini topdi. 
Shuningdek, davlat boshqaruvini yanada demokratlashtirish, hokimiyatning 
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi tarmoqlari, hukumat va mahalliy davlat hokimiyati 
organlarining ular zimmasiga Konstitusiya bilan yuklatilgan vakolatlarni amalga 
oshirishdagi roli va mas‘uliyatini oshirish, mamlakat Prezidenti vakolatlarini aniq-
ravshan belgilash hamda huquqiy meyorlar doirasida cheklash, shuningdek, 
islohotlarni amalga oshirishda, mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishda 
siyosiy partiyalarning roli hamda ta‘sirini kuchaytirish maqsadida 2007 yil 11 
aprelda ―О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining ayrim moddalariga (89-
moddasiga, 93-moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga) 
tuzatishlar kiritish tо‗g‗risida‖gi Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonun 2008 yil 1 
yanvardan e‘tiboran kuchga kirdi. Kiritilgan tuzatishlarga kо‗ra, О‗zbekiston 
Respublikasi Konstitusiyasining 89-moddasi ―О‗zbekiston Respublikasining 
Prezidenti davlat boshlig‗idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda 
faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta‘minlaydi‖ degan tahrirda, 93-
moddasining 15-bandi ―viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini 
qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi‖ degan tahrirda, 102-
moddasining 2-qismi ―Viloyat va Toshkent shahar hokimi О‗zbekiston 
Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi hamda 
lavozimidan ozod etiladi‖ degan tahrirda bayon etildi. 
2008 
yil 
25 
dekabrdagi 
―Saylov tо‗g‗risidagi qonun hujjatlari 
takomillashtirilishi munosabati bilan О‗zbekiston Respublikasining ayrim 
qonunlariga о‗zgartish va qо‗shimchalar kiritish haqida‖gi Qonun bilan 
О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 77-moddasining birinchi qismi 
(О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hududiy saylov 
okruglari bо‗yicha kо‗ppartiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz yigirma 
deputatdan iborat)ga о‗zgartish kiritildi. Ushbu Qonun 2009 yilning 1 iyulidan 
kuchga kirgan. Unga kо‗ra, mazkur moddaning birinchi qismi ―О‗zbekiston 
Respublikasi 
Oliy 
Majlisining 
Qonunchilik 
palatasi 
qonunga 
muvofiq 
saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat‖, degan tahrirda bayon etildi.
О‗zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2010 yil 
12 noyabrdagi О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va 
Senatining qо‗shma majlisidagi ―Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada 
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi‖ nomli 
ma‘ruzasida О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining bir qator moddalariga 
о‗zgartishlar kiritish yuzasidan bildirilgan takliflar alohida о‗rin olgan. I.Karimov 
tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan mazkur takliflar 2011 yil 18 
apreldagi ―О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining ayrim moddalariga 
о‗zgartish va qо‗shimchalar kiritish tо‗g‗risida (78, 80, 93, 96, va 98-
moddalariga)‖gi Qonunda о‗z ifodasini topgan. Qonunning asosiy maqsadi 
demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 


17 
rivojlantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, davlat 
hokimiyatining uchta subyekti: davlat boshlig‗i – Prezident, qonun chiqaruvchi va 
ijro etuvchi hokimiyatlar 
о‗rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib 
taqsimlanishini 
ta‘minlash, shuningdek, sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy 
islohotlarni amalga oshirishda, mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishda 
siyosiy partiyalarning roli hamda ta‘sirini kuchaytirishdan iborat. 
Bu borada О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 78-moddasi birinchi 
qismining 15-bandiga qо‗shimcha kiritilgan bо‗lib, unga kо‗ra Oliy Majlis 
palatalariga mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari 
yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish huquqi

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin