Milliy valyuta – so„mning muomalaga kiritilishi. Mustaqil, erkin
davlatning asosiy belgisi, asl poydevori
– milliy valutadir. O‘z valutasiga ega
bo‗lmagan davlat o‗z manfaatlarini ko‗zlab muslaqil ravishda moliya-kredit, bank
siyosatini yurita olmaydi, o‗z taqdirini, tashkilotlar, xo‗jaliklar va fuqarolar
taqdirini belgilay olmaydi. Ichki bozorni naqd pul bilan ta‘minlash, pul chiqarish
miqdori, uning xarid kuchi, kelajak istiqboli uchun sarmoya ajratish, kimga qarz
berish va kimdan qarz olish, qarzni to‗lash va undirib olish, foiz stavkalarini
belgilash lcabi masalalarni mustaqil hal qila olmaydi. Pirovardida bunday davlat
boshqa kuchli davlatlar ko‗rsatmalariga qaram bo‗lib qoladi, uni hech kim haqiqiy
mustaqil davlat deb tan olmaydi. Shu boisdan milliy valutaga o‗tish O‘zbekiston
uchun oliy maqsad edi.
Biroq milliy valutaga o‗tish oson ko‗chmaydi, yangi valutani muomalaga
kiritish inqilob bilan teng. Dunyo tajribasi ko‗rsatadiki, davlatlar o‗z milliy
valutasiga erishish uchun uzoq va mashaqqatli yo‗llar bosib o‗tgan, bor qudratini
safarbar etgan.
O‘zbekistonda milliy valutani muomalaga kiritish uchun ham ma‘lum vaqt,
tajriba kerak edi. Avvalo, haqiqiy mustaqil iqtisodiyotga erishish lozim edi. Shu
boisdan O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki payti 1991-1993-yillarda sobiq
Ittifoqdan meros qolgan
rubl zonasida bo‗lib turdi. Biroq sovetlardan keyingi
makonda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning keskin pasayishi natijasida
rublning qadri ham shunga mos ravishda tushib bordi. 1993-yil may oyi boshlarida
800-900 rublning qadri 1 AQSH dollari darajasiga tushib ketgan edi. Shu yili
Rossiyada oldingi rubl kursiga tenglashtirilgan yangi namunadagi rubl chiqarildi.
Rossiya hukumati 1993-yil 26-iyulda O‘zbekiston mutasaddi vakillarini Moskvaga
taklif qilib, birgalikda rubl zonasida bo‗lamiz deb aytdi. Keyinroq Rossiya,
O‘zbekiston va Qozog‗iston rahbarlari Moskvada uchrashib, rubl zonasini
saqlashga, O‘zbekiston va Qozog‗istonni 1993-yilgi yangi rubl namunasi bilan
ta‘minlashga qaror qilindi.
Biroq, amalda boshqacha yo‗l tutildi, to‗g‗rirog‗i Rossiya hukumati bu
tadbirlardan o‗z manfaati yo‗lida foydalanmoqchi bo‗ldi. Rossiya hukumati
O‘zbekiston oldiga o‗z shartlarini qo‗ydi.