2.4. N.V. Dmitrovskiy rahbarligida „Turkiston to‘plami“ning tuzilishi
„To‘plam“ni tiklash haqidagi masala o‘n yildan keyin 1898- yili ko‘tarildi. 1907-
yilga kelib, Turkiston general-gubernatori N. I. Gardskov buyrug‘i bilan ish
Òoshkentda davom ettirila boshlandi. 1907- yili na Moskva, na Peterburgda bunday
muhim ahamiyatga ega ishni olib boruvchi fidoyilar bor edi, ammo Toshkentda
O‘rta Osiyoga bag‘ishlangan adabiyotlar bilimdoni N. V. Dmitrovskiy (1841 —
1910) kabi bibliograflar va Rus geografiya jamiyatining Toshkent bo‘limi atrofida
joylashgan bir qator taniqli o‘lkashunoslar bor edi. Bu davrga kelib xalq kutub-
xonasining fondi ham boyib bordi va mustahkamlandi. Shunday qilib, „Turkiston
to‘plami“ tarixida „Peterburg“ davri o‘rniga „Toshkent“ davri keldi. „To‘plam“ni
tuzish bo‘yicha ishlarning barchasi, asosan, Turkiston xalq kutubxonasi qoshida
yetisha boshlagan mahalliy jonkuyarlar ishtirokida olib borildi. O‘lkashunos
bibliograf N. V. Dmitrovskiy boshchiligida „Turkiston to‘plami“ni tuzish uchun
Turkiston xalq kutubxo- nasi nazorat qo‘mitasi a’zolaridan byuro tashkil etildi.
Byuroning birinchi majlisida uning har bir a’zosiga vazifalar berildi. N. V.
Dmitrovskiy byuroga rais etib saylandi va jurnallarni ko‘rib chiqishni o‘z zimmasiga
oldi. Turkmanistonda rus tilida chiqqan hamma gazetalarni I. I. Geyer, A. A.
Divayev va I. A. Timeyevlar ko‘rib chiqishlari kerak edi. O‘sha majlisdayoq
materiallarini, O‘rta Osiyo haqidagi ba’zi asarlar (kitob, to‘plam)ni to‘plamga
kiritmaslikka kelishdilar, chunki ularning to‘liq nusxalari kutubxonada saqlanar edi.
Bun- dan tashqari, N. V. Dmitrovskiy yillik yordamchi ko‘rsatkich tayyorlash
vazifasini ham bajardi. Ma’lum vaqt o‘tgach, byuroga I. A. Valiyevich, A. D.
Kammikov, A. A. Zvarkinalar, 1910- yildan A. A. Semyonov kirdi. Turkiston ilmiy
jamiyatlarining asosiy a’zolari S.V. Bartold, Bonch-Bruyevich, P.P. Semyonov-
Tyanshanskiy va boshqalar byuro a’zolariga imkon boricha yordam berib turdilar.
Mejovdan keyingi davrdagi „Turkiston to‘plami“ jildlarining nomi o‘zgargan.
Mejov bergan chiqish joyi o‘rniga keyingi 175- jildning titul varag‘ida yozuvi bor,
pastda chiqish joyi Toshkent shahri deb ko‘rsatilgan. Dastlabki 34 tasiga (417 —
450) so‘zi va „1907- yil“ yozilgan. 451- jilddan boshlab general-gubernator
familiyasi qo‘yilmagan, „1906- yil“ 492 jildgacha ko‘rsatiladi. 494- jildga ham shu
36
yil yozilgan, lekin 493, 495- jildlarida negadir „1907- yil“ yozilgan, 496- jilddan to
oxirigacha chiqqan yillari ko‘rsatilmagan. Bu jildlarning tuzuvchilari imperiya
markazidan uzoq hisoblangan O‘rta Osiyoda, rus madaniyati markazlaridan uzoqda
bo‘lsa-da, gazeta qirqimlari byurosi xizmatidan foyda- landilar va qirqim
materiallari bilan to‘plamning keyingi jildlarini to‘ldirib bordilar. Turkiston
matbuotidan ham juda ko‘p mate- riallar olindi. Shuning uchun ham 127 jilddan 81
tasi, ko‘proq 1907 va shunga yaqin yillarda chiqqan gazetalardan olingan maqolalar
bo‘lib, 423, 446, 452 va 467- jildlarga o‘zbek va rus tilidagi materiallar kiritilgan.
Eng muhim materiallar jurnal maqolalari, risolalar, kitoblar bo‘lib, 46 ta jildga
kiritilgan, ulardan 5 tasi gazetadan olingan. Bu jildlarning hammasi Mejov
to‘plamlariga nisbatan ilmiy jihatdan ancha bo‘sh ishlangan. N. V. Dmitrovskiy
tuzgan „Turkiston to‘plami“ning taqdiri og‘ir bo‘ldi, ularning qanchaligi va
qayerdaligi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Hozir Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy
kutubxonasida N. V. Dmitrovskiy tuzgan 5 ta to‘plam saqlanmoqda, bu 1871 — 78-
yillarda chiqqan „Òóðkåñ- òaíñkèå âåäîìîñòè“ gazetasidan olingan o‘lkashunoslik
maz- munidagi maqolalarni o‘z ichiga oluvchi, hajm jihatidan kichik bo‘lgan
to‘plamdir. Ko‘chirmalar bir xil hajmdagi risolalar shaklida jildlangan. To‘plamlar
bosmaxona usuli bilan ishlangan sarvaraqqa ega va ramkasida 1872- yil ko‘rsatilgan
to‘plamlarda mundarijalar yo‘q edi, keyin- chalik ular Y. K. Betger tomonidan qo‘l
bilan yozilgan. Kutubxonada saqlanayotgan N. Dmitrovskiyning boshqa, ko‘lami
jihatidan har xil bo‘lgan, 17 jildli to‘plamiga ham gazetalardan qirqib olingan
xabarlar kiritilgan. Ular, asosan, nashr qilingan vaqtiga muvofiq, xronologik tartibda
joylashtirilgan, ba’zi bir vaqtli matbuot nashrlarining nomlari yo‘q, ular tasodifan
qirqilib ketgan bo‘lishi ham mumkin. Lekin tuzuvchi u ma’lumotlarni qo‘lda yozib
qo‘yishni ep ko‘rmagan. To‘p- lamlarning tashqi ko‘rinishi Mejov to‘plamlaridan
sodda ish- langanligi bilan ajralib turadi. Qirqib olingan materiallar qog‘ozga yelim
bilan yopishtirilmay, muqovalangan. Faqat 4 ta jild sarlavhali sarvaraqqa ega.
Yozuvlar hamma jildlarning tikilgan joyida bosilgan, undan tashqari, 6 ta jildning
muqovalarida raqami ham bosilgan, birortasining mundarijasi yo‘q. To‘plam Y. K.
Betger tomonidan raqamlagan, hamma jildlarni bezatib, maqolalarning nomli alifbo
37
kartotekasini tuzdi.E. K. Betger maqolasida „N. V. Dmitrovskiyning 17 jildli
to‘plami 1840 — 1890- yillarda nashr etilgan 186 maqolani o‘z ichiga oladi.
Materiallarning 72%i V. I. Mejov to‘plamiga kirmagan, shuning uchun ham N. V.
Dmitrovskiy to‘plamlari O‘rta Osiyo o‘lkasini har bir tomonlama o‘rganuvchi
tadqiqotchilar uchun qiziqarli ma’lumotlar bera oldi“, deb yozgan edi.
Dostları ilə paylaş: |