2.2. V. I. Mejov tomonidan „Turkiston to‘plami“ning yaratilishi
Bu noyob kolleksiyaning yaratilish tarixi O‘rta Osiyoda eng yirik
kutubxonaning (hozirgi Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy kutubxonasi)ning
tashkil etilishi bilan bog‘liq. 1868- yil oxirida „To‘plam“ning dastlabki 2 jildi
tayyorlandi. Bu o‘sha davrdagi qator olim-bibliograflarning keyingi 50 yillik
29
samarali mehnatining boshlanishi edi. Olimlarga bu ishda kitob ilmining katta
bilimdoni, birinchi rus professional bibliografi, ko‘p qo‘llanmalarning muallifi, juda
katta tashkilotchilik xususiyatiga ega V. I. Mejov boshchilik qildi. XIX asrning 60-
yillari oxirlarigacha Turkiston o‘lkasi Yevropa uchun ilm-fan nuqtayi nazaridan hali
o‘rganilmagan katta bir soha edi. Òurkiston Rossiya tomonidan bosib olinganidan
keyin iqtisodiy va savdo-sotiq ishlari o‘lkani tez va mukammal tahlil qilishni talab
qildi. XIX asrning 60 — 70- yillarida Rossiya imperiyasi vaqtli matbuotida tez-tez
O‘rta Osiyo haqidagi maqolalar bosila boshlandi. Rus va xorijiy gazetalar
sahifalarida O‘rta Osiyoga oid siyosiy- iqtisodiy va madaniy masalalar haqida bahs
olib borilardi. Turkiston o‘lkasi haqidagi axborotlar toshqiniga bardosh berish,
ba’zan esa qarama-qarshi, bir-biriga zid fikrli axborotlarni to‘g‘ri tushunish qiyin
edi. O‘sha davr Peterburg va Moskva gazetalarida yangi o‘lka haqidagi baholar
yanada avjga chiqa boshladi. Lekin rus tilida gazetasi bo‘lmagan Toshkentda
tinchlik va osoyishtalik hukmronlik qilar edi. Pochta esa bu „qoloq“ o‘lka
hisoblangan „uzoq yurt“ga uch oylik kechikish bilan kelar edi. Temiryo‘lning
yo‘qligi ham markaziy Rossiyani Turkistondan ajratib turardi. Shunday paytda
ayrim fan fidoyilarida bu o‘lka haqidagi materiallarni yig‘ish va ularni joyida tadqiq
qilish fikri tug‘ildi. Shuning uchun kutubxonalarga talab nihoyatda oshdi. 1867-
yilda o‘lka general- gubernatori K. P. Kaufman yangi tashkil topayotgan
kutubxonaga har xil ilmiy kitoblarni hadya etish iltimosi bilan barcha ilmiy-
madaniy tashkilotlarga murojaat qilishga majbur bo‘ldi. Birinchi bo‘lib bu iltimosni
Rossiya Fanlar akademiyasi, Peterburg xalq kutubxonasi va Rus geografiya jamiyati
bajarishga kirishdi, ulardan olingan bir necha yuz kitob Òurkiston xalq kutubxonasi
fondiga asos soldi. O‘sha davrning o‘zidayoq V. I. Mejovga O‘rta Osiyo haqidagi
adabiyotlar bibliografiyasini tuzish taklif etildi. Bundan tashqari, V. I. Mejov O‘rta
Osiyo haqidagi bor adabiyotlarni ko‘rsatish bilan cheklanib qolmasdan, balki
to‘plamni ham tuzishni o‘z zimmasiga oldi. V. I. Mejov Turkistonning poytaxtdan
uzoqligini hisobga olib, bu o‘lka haqidagi mavjud adabiyotlarning nomlarini sanab
o‘tishning o‘zigina amaliy ahamiyat kasb etmaydi, deb hisoblardi [6].
30
„Turkiston to‘plami“ 1- jildining kirish qismida u shunday deb yozgan edi:
„Ba’zi bir joy yoki ba’zi narsalar haqidagi maqolalarning maxsus bibliografik
ko‘rsatkichlari, shubhasiz, katta foyda keltiradi, lekin ular katta kutubxona yo‘q
joylarda bibliografik ko‘rsatkichlarda berilgan adabiyotlarni to‘la bajarmay va
iyerografik yoki kabbalistik belgilar bilan kitoblarga aylanib qoladi“. V. I. Mejov
1868- yilda ishlarning nomini emas, balki to‘plamlarga birlashtirilgan kitoblar
matnlarini, jurnal va gazeta maqolalarini mujassamlashtirgan o‘ziga xos kutubxona
tashkil etishga kirishdi. Uning sa’y-harakati va ilmiy jonkuyarligi tufayli bizga 400
000 bibliografik yozuv kiritilgan 50 dan ortiq meros qoldi. Peterburgda istiqomat
qilgan, nashrdan chiqayotgan kitoblar va vaqtli matbuot nashrlari bilan tanishish
imkoniga ega bo‘lgan Mejov Turkiston general-gubernatori tomonidan to‘plam
tuzish uchun ajratilgan mablag‘lardan foydalanib, O‘rta Osiyo va unga yondosh
mamlakatlarga oid hamma materiallarni yig‘ib bordi. Turkistonga oid gazeta
maqolalari va ba’zi kitoblardagi materiallar saralanib, varaqli qog‘oz ramkaga yelim
bilan yopishtirildi. Hamma yopishtirilgan materiallar yig‘ilgach, jildlarga ajratilib,
muqovalandi. Jildlar bir xil muqovalangan va bosmaxonada bosilgan, titul varag‘i
bilan ta’minlangan. V. I. Mejovning yutug‘i shuki, u jurnal, gazeta maqolalarini
nashrdan chiqishi bilan yig‘ardi, shuning uchun xronologik izchillik saqlangan.
1968- yil 1- jildga yozilgan so‘zboshida to‘plam tuzuvchisi shunday yozadi: „Doimo
adabiyot bilan tanishib yurgan kishi O‘rta Osiyo ichkarisida joylashgan mamlakatlar
haqidagi materiallar qanchalik qashshoqligini biladi. Bir yilda nashr etilgan 2 — 3
ta asargina bizni kundan kunga yanada ko‘proq qiziqtirayotgan yangi mamlakatlar
haqidagi bilimlarimizga qo‘shilgan hissadir. Men bu yerda kitobni nazarda tutaman,
zamonaviy nashrlardagi maqolalarga kelganda birgina ularning ko‘pligi jamiyatimiz
O‘rta Osiyoda qo‘lga kiritgan narsalarga qay darajada qiziqishidan dalolat beradi.
Shuning uchun men oz bo‘lsa-da, bu asarlarim bilan qo‘lga kiritilgan yangi o‘lkaga
nafim tegishini ko‘zlab, kutubxonaga qo‘shaloq qilib ushbu maqolalar to‘plamini
hadya etishga jazm etdim“. 1868- yili „To‘plam“ning 1867- yil materiallarini o‘zida
mujassamlashtirgan 4 ta jildi tayyorlandi. Keyingi yillarda esa, izchil ravishda,
1887- yilga qadar „To‘plam“ning jildlari tayyorlanib, Turkiston xalq kutubxonasiga
31
yuborib turildi. 1888- yilga kelib, 5000 ga qadar materialni o‘z ichiga olgan 416 jildi
tayyor bo‘ldi. To‘plamning mukammalligi haqida V. I. Mejov: „Bu o‘ziga xos katta
bir qomus, — deydi, ammo hali u men xohlagan darajada to‘la emas. Ba’zi maqola
va kitoblar mening to‘plamimda juda kam, adabiyotning o‘ndan bir qismigina,
xolos“. 20 yil (1867 — 1887- yy.) mobaynida Rossiya va xorijda O‘rta Osiyo haqida
chiqqan jami 4713 nomdagi gazeta, jurnal maqolalari, kitoblar, badiiy asarlar,
hattoki illusrativ materiallar to‘plamning 416 ta jildiga kiritilgan [8].
Bu to‘plamning yaratilish tarixi haqida bahsli tomonlar ham bor, ya’ni ba’zi
mualliflarning fikricha, ushbu ishga birinchi bo‘lib bibliograf S. A. Idarov qo‘l
urgan. „Turkiston to‘plami“ni tuzish g‘oyasini, — deb yozadi o‘zbek bibliografiyasi
tash- kilotchilaridan biri N. A. Burov, — K. P. Kaufman emas, balki V. I. Mejov
yoki S. A. Idarov ilgari surgan“. N. A. Burov O‘rta Osiyo haqida yozilgan,
O‘zbekiston milliy kutubxonasining nodir kitoblar fondida saqlanayotgan, XX
asrning 50 — 60- yillarida nashr qilingan Rus geografiya jamiyatining nashridan
olingan 2 ta shunga o‘xshash maqolalar to‘plamini asos qilib olgan bo‘lishi mumkin.
Bu to‘plamlar Turkiston general-gubernatori idorasining birinchi boshqaruvchisi,
O‘rta Osiyo o‘lkasi bilimdoni N. K. Gyesning kutubxonasidan topilgan. Bu
kutubxona Gyesdan 1869- yili Toshkent xalq kutubxonasi tashkil etilayotganda sotib
olingan edi. To‘plamning har ikkisi ham S. A. Idarov tomonidan tuzilgan, hozirga
qadar kutubxonaning nodir kitoblar fondida saqlanayotgan 1849—67- yillarda nashr
etilgan O‘rta Osiyoga oid geografik va etnografik xarakterdagi maqolalar kiritilgan
yana 6 jildi saq- lanmoqda.
Dostları ilə paylaş: |