2.3. „Turkiston to‘plami“ga V. I. Mejov tuzgan yordamchi ko‘rsatkichlar
„Turkiston to‘plami“ning V. I. Mejov tomonidan tuzilgan va 1878 — 84-
yillar nashr etilgan 3 jildlik („Rus va xorijiy tillardagi asarlar va maqolalarning
alifbosi va sistemali ko‘rsatkichi“) ko‘rsatkichi katta ahamiyatga ega.
Ko‘rsatkichda materiallar quyidagicha guruhlashtirilgan:
Umuman O‘rta Osiyo o‘lkasi.
Xususan Òurkiston o‘lkasi.
Rossiyaga bo‘ysunmagan O‘rta Osiyo o‘lkalari.
32
Dastlabki bo‘limda materiallar sistemali joylashtirilgan. 2-bo‘limga
geografiya va statistika, gidrografiya, aloqa yo‘llari, kartografiya, tarix, etnografiya,
O‘rta Osiyoda bo‘lib o‘tgan urushlar tarixi, siyosiy-iqtisodiy va huquqiy fanlar,
qishloq xo‘jaligi, paxta yetishtirish, vino ishlari, tog‘ ishlarining rivojlanishi,
geologiya ishlari tarixiga oid, meteorologiya, tabiat tarixi, astronomiya va
geodeziya, meditsina, tilshunoslik va lug‘at bo‘yicha adabiyotlar keltirilgan. Ushbu
soha masalalariga oid adabiyot bir-biri bilan uzviy bog‘liq holda sistemalashtirilgan.
Materialni joylashtirish sxemasi Mejov tomonidan hamisha takomillashtirilib,
muayyan fan sohalari bo‘yicha yangi rubri- kalar ajratib borilgan. 3- bo‘limda
Buxoro, Xiva, Òurkmaniston, Mo‘g‘iliston, Sharqiy Òurkiston, Kashmir,
Angliyaning Hindistonni bosib olgan joylari va ularning O‘rta Osiyoga munosabati,
Afg‘oniston, Hirot va boshqa o‘lkalarga oid adabiyotlar joylashtirilgan.
Ko‘rsatkichga juda qulay yordamchi „kalitlar“ tuzilgan:
Bibliografiyada uchraydigan muallif, tarjimon va boshqa shaxslar
nomlarining alifboli ko‘rsatkichi.
Xorijiy bibliografiyada uchraydigan muallif va predmet- larning alifboli
ko‘rsatkichi.
Joy va predmetlarning alifboli ko‘rsatkichi.
Alifboli ko‘rsatkichlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, muallifning
familiyasi, joylari yoki predmetlarning nomidan keyin asarlar nomi keltirilgan va
ko‘rsatkichning sistemali qismida uni ro‘yxatga olish tartib raqami ko‘rsatilgan,
mualliflar va asarlarining to‘plamga berilgan kalitida 3 marta takrorlanish prinsiði
„To‘p- lam“dan foydalanish uchun juda qulay imkoniyat yaratadi. Ko‘rsatkichda har
bir yangi maqola yoki kitobni tavsiflashdan oldin sarlavha, muallifning familiyasi,
so‘ngra qavs ichida nashr manbasi (jurnal, gazeta va boshqalar) haqida ma’lumot va
oxirida esa yangi satrdan shu kitob yoki maqola kiritilgan „Turkiston to‘plami“
jildining raqami berilgan. Bu prinsið „Turkiston to‘plami“ bo‘lmagan holda
yordamchi „Kalitlar“ni mustaqil bibliografik manba sifatida qo‘llash imkonini
beradi. Shu munosabat bilan Mejov 1- jildning so‘zboshisida shunday yozadi: „Men
o‘z ko‘rsatkichimni faqat „Turkiston to‘plami“dan foydalanish imkoniga ega
33
bo‘lgan shaxslar uchun ham yaroqli qilib tuzganman. Shu maqsadda men to‘plamda
joylashgan har bir maqolaning sarlavhasi oldida bu manba qaysi vaqtli nashrdan
olinganligini ko‘rsatuvchi ma’lumotni havola qiluvchi izohlar berdim“. Shuni
ta’kidlab o‘tish kerakki, ushbu yaxshi niyat hamisha ham to‘g‘ri amalga
oshavermagan. Binobarin, ko‘rsatkichning ba’zi joylarida manba ko‘rsatilgan
bo‘lsa, uning nashr yili, chiqish soni va boshqalar ko‘rsatilmagan. Bundan tashqari,
bibliografik tavsifdagi ayrim har xilliklarning sababi — „To‘plam“ joylashgan
yerdagi
(Toshkent)
mahalliy
kutubxonachi
tomonidan
yozilganligi
va
qolganlarinigina „to‘plam“ni tuzish vaqtida Mejovning o‘zi tayyorlaganligidir.
„Turkiston to‘plami“dagi Òoshkent qismining tavsifini Kaufman topshirig‘i bilan
Òurkiston xalq kutubxonasi kutubxonachisining yordamchisi V. Chuyko bajargan.
Buni uning Kaufmanga yozgan ma’lumotnomasi isbotlaydi: „Hazrat oliylari
buyrug‘iga muvofiq janob Mejov bergan yozma ko‘rsatma asosida u kishi
tomonidan tuzilayotgan „ (Turkiston o‘lkasi va O‘rta Osiyoga tegishli mamlakatlar
haqidagi asarlar to‘plami“) uchun tayyorlangan ko‘rsatkich materiallarini Sizga
taqdim etishga ijozat bergaysiz“. Eng qizig‘i shundaki, V. Chuyko „Turkiston
to‘plami“dan foyda- lanish uchun vaqtinchalik ko‘rsatkich tuzgan edi. O‘sha
ma’lumotnomada shunday deyilgan: „Esga olingan ko‘rsatkichni tuzish, nashr etish
va yuborish 8 oyga yaqin vaqtni olishini taxmin qilib, men to‘plam bilan
tanishuvchilarning foydasini ko‘zlab, vaqtinchalik ko‘rsatkich ham tuzdim, uni ham
Siz hazrati oliylariga yubordim“. Kaufman Chuyko fikrini qo‘llab, vaqtinchalik
ko‘rsatkich uchun tashakkur bildiradi. Afsuski, respublika kutubxonasi fondida
ushbu vaqtinchalik ko‘rsatkich saqlab qolinmagan va „Turkiston to‘plami“ning
qaysi jildi uchun tuzilganligini bilish qiyin. Qator xatolari, materialni sistema-
lashtirishdagi juz’iy kamchiliklariga qaramay, ko‘rsatkich nihoyatda noyob
bibliografik qo‘llanmadir. Ko‘rsatkich V. I. Mejov zamondoshlari tomonidan juda
yuqori baholangan. Òaniqli sharqshunos olim D. I. Logofet shunday yozgan edi: „V.
I. Mejovning bunday yirik ishi unga nafaqat mashhurlik, balki ishiga manbalar kerak
bo‘lgan barcha odamlarning tashakkurini keltirdi va har bir shaxs o‘z ishida O‘rta
Osiyoga oid masalalarni hal qilishda „Turkiston to‘plami“ga tuzilgan ko‘rsatkich
34
bilan uchrashgan“, deb yozadi. V. I. Mush- ketov „Turkiston to‘plami“ni shunday
ta’riflaydi: „Kaufman kutubxonani tashkil etdi, uning eng noyob narsalaridan biri
bibliograf V. I. Mejov tayyorlagan 416 jilddan iborat bo‘lgan „O‘rta Osiyo va
Turkiston o‘lkalariga oid asarlar va maqolalarning Òurkiston to‘plami“dir“.
Shuni aytish kerakki, to‘plamga V. I. Mejov o‘zi topolmagan yoki bevosita
ko‘rmagan ko‘pgina materiallarni kiritmagan. Bu haqda „To‘plamga“ tuzgan
ko‘rsatkichning 1- jildiga yozgan kirish so‘zida shunday deydi: „Men kitobning
nashrdan chiqqanidan xabar topib, pul yuborardim. Lekin kitobni ololmasdim,
hattoki pullar ham qaytarilmasdi“, deb yozadi. „To‘plam“ning mukammal
emasligini zamondoshlari, O‘rta Osiyo o‘lkasi tadqiqotchilari P. V. Dmitrovskiy va
N. N. Ostro- umovlar ham ta’kidlashgan. 1884- yilda ular generel-gubernator
I. O. Rozenbaxga „Xalq kutubxonasini tiklash“ (Turkiston xalq kutubxonasi 1883-
yil 1- yanvarida K. G. Kaufman vafotidan keyin uning o‘rniga bo‘lgan general-
gubernator M. Chernyayev tomonidan yopilgan edi) va „Turkiston to‘plami“ni
tuzish masalalari bilan shug‘ullanuvchi komissiya a’zolari nomidan xat yo‘lladilar.
Bu xat Mejov to‘plamining to‘xtab qolishiga asosiy sabab bo‘lgan. „Turkiston
to‘plami“ni tuzish va jildlarni tay- yorlash ishlari izchil ravishda 1887- yilgacha
davom etdi. Chunonchi har yili o‘rta hisobda 20 tadan jild tayyorlangan. Agar
ruslarning Òurkiston o‘lkasini o‘rganish va tadqiq etish bo‘yicha dastlabki 20 yil
mobaynida ko‘p sonli ekspeditsiyalar va ilmiy tadqiqotlar o‘tkazgani natijasida o‘lka
haqida yirik hajmli fundamental ishlar vujudga kelgan bo‘lsa, keyingi o‘n yillikda
bu ishlar ancha susayib ketganligini ko‘rish mumkin. „Turkiston to‘plami“dan
tashqari, V. I. Mejov („Xiva to‘plami“)ni ham tuzgan edi, lekin uning taqdiri
hozirgacha noma’lum. 1865 — 76- yillarda bosilip chiqqan („Rus tarixiy biblio-
grafiyasi“)da V. I. Mejov shunday yozgandi: „K. P. Kaufman topshirig‘i bilan men
uning uchun bir nusxada „Turkiston to‘plami“ga o‘xshash 6 yoki 7 jilddan iborat
bo‘lgan Xiva yurishi haqida to‘plam tuzdim. U hozirgi vaqtda qayerda ekanligi
menga noma’lum“. General-gubernatorning o‘sha 1887- yilgi buyrug‘idan so‘ng,
keyingi 20 yil mobaynida Turkiston o‘lkasi haqida yozilgan kitob va gazeta
materiallari hech kim tomonidan to‘planmadi [8].
|