39
iborat bo‘lib, 278 sahifali. „Turkiston to‘plami“ning 29 ta jildi Rossiya davlat
kutubxonasida saqlanmoqda. Y. K. Betger o‘zining maqolasida ana shu 29 (1 — 2,
4 — 30) jild haqida yozadi. To‘plamga Mejovning „Turkiston to‘plami“ haj- miga
teng qog‘ozga yopishtirilgan gazeta xabarlaridan iborat jildlar kiritilgan. Y. K.
Betger tomonidan topilgan to‘plamning har bir jildi bosmaxonada bosilgan titul
varag‘iga ega.
Tuzuvchining ism-sharifi, to‘plam tuzilgan davr hech qayerda
ko‘rsatilmagan, kirish so‘zi berilmagan. Uslub jihatdan Mejovning „Turkiston
to‘plami“ga nisbatan bo‘sh ishlangan: maqolalar manbalari ko‘rsatilmagan;
mundarija yo‘q; materiallarni joylashtirishda xronologik
izchillikka rioya
qilinmagan (har bir to‘plamda turli yillarga oid gazeta maqolalari uchraydi);
materiallarni guruhlashtirish tartibini aniqlash qiyin. To‘plamning hajmi kattaligi
uchun qimmatli materiallardan foy- dalanish qiyin, lekin bu masalani hal qilish ishi
bilan Y.K. Betger shug‘ullandi va yordamchi ko‘rsatkichni tuzdi. Unda 29 ta
jildning mazmuni predmet va shaxs ismlari ko‘rsatkichi bilan yoritildi.
Hozirga
qadar bu jildlar kim tomonidan tuzilganligi aniqlanmagan. Y. K. Betgerning
fikricha, V. I. Mejov tomonidan tuzilgan dastlabki 9 jildi Peterburgda, keyinchalik
N. Dmitrovskiyning iltimosiga ko‘ra, Toshkentga yuborilgan va to‘plamlarga
yangi
titul varag‘i qilingan. Qolgan 20 jildi Y. K. Betgerning yozishicha, Dmitrovskiy
tomonidan tuzilgan. „Turkiston to‘plami“ning yana bir qimmatli tomoni shundaki,
bunda sho‘rolar davrigacha bo‘lgan O‘rta Osiyo bibliografiyasi, metodikasiga oid
10 dan ortiq maqola, rus, xorijiy tillarda yozilgan Turkiston o‘lkasiga oid 30 ga yaqin
bibliografik ko‘rsatkichlar kiritilgan.
Dostları ilə paylaş: