Investitsiya loyihalari tahlili


l.l.In vestitsiya: mohiyati, asosiy turlari va tarkibi



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/104
tarix14.10.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#155238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
portal.guldu.uz-INVESTITSIYA LOYIHALARI TAHLILI

l.l.In vestitsiya: mohiyati, asosiy turlari va tarkibi
Makro va mikro k o ’lamda iqtisodiyotni rivojlantirishni investitsiyalarsiz 
tasavur qilib b o ’lmaydi. 
Investitsiyalar korxonalam i rivojlantirish, 
m am lakatda iqtisodiy o ’sishni ta ’m inlashning bosh omillaridan biridir. 
Investitsiyalar deganda yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, ishlab 
turgan quvvatlami saqlab turish va rivojlantirish, ishlab chiqarishni texnik 
tayyorlash, foyda olish ham da ( atrof-muhitni m uhofaza qilish, ijtimoiy 
rivojlanish kabi) boshqa yakuniy natijalar olish m aqsadida turli dasturlar 
yoki alohida tadbirga (loyiha)larga sarflanadigan m ablag’ tushuniladi. 
Investitsiyalar o ’z ichiga foyda (daromad) olish va ijtimoiy samaraga 
erishish m aqsadida tadbirkorlik va boshqa faoliyat turlariga sarflangan pul 
m ablag’lari, shuningdek, maqsadli bank omonatlari, paylar, aktsiyalar
boshqa qimmatbaho qog’ozlar, texnologiyalar, mashina va uskunalar, 
litsenziyalar (shu jum ladan, tovar belgilari), kreditlar, har qanday boshqa 
mulk va mulk huquqlarini ham da intelektual boyliklami oladi.
Demak, investitsiya tushunchasi «Investitsiya faoliyati to ’g ’risida»gi 
O ’zbekiston Respublikasi qonunida ta ’rif berilganidek, iqtisodiy yoki 
boshqa faoliyat o b ’ektiga s arf qilinadigan moddiy va nomoddiy ne’matlar 
va ularni tasarruf qilish huquqini ifodalaydi. Moliyaviy mohiyatiga k o ’ra 
investitsiyalar daromad olish m aqsadida xo ’jalik faoliyatiga sarflanadigan 
barcha turdagi aktivlardir (vositalardir).
Iqtisodiy mohiyatiga k o ’ra, investitsiyalar asosiy va aylanma 
kapitalni yaratish, kengaytirish yoki rekonstruktsiya qilish va qayta 
qurollantirish uchun qilinadigan xarajatlardir.
Tijorat amaliyotida investitsiyalam ing quyidagi uch shakli o ’zaro 
farqlanadi:
• fizik aktivlarga qilingan investitsiyalar;
• pul aktivlariga qilingan investitsiyalar;
• nomoddiy aktivlarga qilingan investitsiyalar.
Fizik aktivlar deganda asosiy ishlab chiqarish vositalari,ya’ni ishlab


chiqarish binolari va inshootlari ham da xizmat muddati bir yildan ortiq 
b o ’lgan har qanday mashina va uskunalar tushuniladi.
Pul aktivlari deganda boshqa jism oniy va yuridik shaxslardan pul 
m ablag’larini olish huquqi, masalan, bankdagi depozitlar, aktsiyalar, 
obligatsiyalar va boshqalar anglashiladi.
Nom oddiy aktivlar xodimlami qayta tayyorlash yoki malakasini 
oshirish dasturlarini amalga oshirish, litsenziyalar sotib olish, savdo 
belgilarini ishlab chiqarish natijasida firma ega bo ’ladigan boyliklardir.
Qimmatbaho 
qog’ozlarga 
qilinadigan 
investitsiyalar 
«portfel’ 
investitsiyalari», fizik aktivlariga qilinadigan investitsiyalar esa real 
investitsiyalar, deb ataladi.
Investitsiyalam ing har ikki turi ham korxonalar barqaror ishlashi 
uchun m uhim aham iyatga ega. Portfelli investitsiyalar muammolari 
moliyaviy menejm ent sohasida chuqur o ’rganilishini ta ’kidlagan holda bu 
o ’quv 
q o ’llanmamizda 
biz 
ko ’proq 
real 
aktivlarga 
qilinadigan 
investitsiyalarga to ’xtalamiz.
Real aktivlarga qilinayotgan investiyalam i tayerlash va tahlil qilish 
asosan firmaning maqsadlariga, ya’ni investitsiya yordamida firma nimaga 
erishmoqchi ekanligiga bog’liqdir. SHu nuqtai nazardan investitsiyalami 
quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
I. 
Iqtisodiy 
samaradorlikni 
oshirish 
uchun sarf qilinadigan 
investitsiyalar. Bunday investitsiyalardan asosiy maqsad uskunalarini 
almashtirish, 
xodim lam ing 
malakasini 
oshirish, 
ishlab 
chiqarish 
quvvatlarini 
samarali 
hududlarga 
ko’chirish 
asosida 
firm alam ing 
xarajatlarini kamaytirish uchun sharoit yaratishdan iborat.
II. 
Ishlab 
chiqarishni 
kengaytirish 
uchun 
sarf 
qilinadigan 
investitsiyalar. Bunday investitsiyalashdan maqsad mavjud quvvatlar 
hisobiga oldindan shakllangan bozorlar uchun tovarlar ishlab chiqarish 
imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.
III. YAngi ishlab chiqarishlami vujudga keltirish uchun sarf 
qilinadigan 
investitsiyalar. 
Bunday 
investitsiyalar 
ilgari 
ishlab 
chiqarilmagan tovarlar va ko’rsatilmagan xizmatlar turlarini vujudga 
keltirish, yoki ilgari ishlab chiqarilgan tovarlar bilan yangi bozorlarga 
chiqish imkonini beradi.
5


IV. 
D avlat boshqaruv idoralari talablarini bajarish uchun sarf 
qilinadigan investitsiyalar. M asalan, ekologiya va m ahsulot standartlari 
talablarini bajarish uchun sarflanadigan investitsiyalar. Investitsiyalam i 
bunday tasniflashda tavakkalchilik darajasi har xil b o ’lishi asos qilib 
olingan.
Y uqorida keltirilganlardan birinchi va to ’rtinchi tur investitsiyalarida 
tavakkal xavfi darajasi past, qolgan ikkitasida esa yuqori hisoblanadi. 
B ozorda avval m a ’lum b o ’lm agan m ahsulotni ishlab chiqarish va yangi 
bozorlam i egallash uchun investitsiya sarfi katta tavakkalchilikni talab 
qiladi. SHu sababli ham uchinchi guruh investitsiyalari tavakkal xavfi eng 
yuqori b o ’lgan investitsiyalardir.
Ishlab chiqarishni kengaytirishga qilingan investitsiyalarda tavakkal 
xavfi yangi ishlab chiqarishga qilingan investitsiyalarga qaraganda 
pastroq. Ayni paytda sam aradorlikni oshirishga qilinadigan investitsiyalar 
bozor allaqachon qabul qilgan tovarlam ing sifatini oshirish, tannarxini 
kam aytirishni k o ’zda tutgani uchun ham, ularda tavakkal xavfi darajasi 
ikkinchi va uchinchi guruhlar investitsiyalarinikidan ancha past b o ’ladi. 
Xuddi shu kabi davlat boshqaruv idoralari talablarini bajarishga sarflangan 
investitsiyalam ing tavakkal xavfi darajasi ancha kichik hisoblanadi.
Investitsiyalar, shuningdek, m anbalariga ko’ra, ichki va tashqi 
investitsiyalarga b o ’linadi. Ichki investitsiyalar manbalari davlat byudjeti, 
korxonalar va aholi m ablag’lari, bank kreditlari ham da nobyudjet 
ja m g ’arm alari m ab lag ’lari, tashqi investitsiyalar manbalari b o ’lib xorijiy 
davlatlar va firm alam ing, shuningdek, xalqaro m oliya tashkilotlarining 
m ablag’lari hisoblanadi. Investitsiyalam i m anbalariga k o ’ra bunday 
guruhlash ularning m anbalari b o ’yicha tuzilishini ham belgilash im konini 
beradi. Iqtisodiy tahlil m aqsadlarida va am aliyotda investitsiyalam ing 
m anbalariga k o ’ra tuzilishi bilan birga ularning tarm oq tuzilishi, hududiy 
tuzilishi, m ulkchilik shakllariga k o ’ra tuzilishi, takror ishlab chiqarish 
tuzilishi va texnologik tuzilishi farqlanadi.
Investitsiyalam ing tarm oq (hududiy) tuzilishi alohida tarm oq 
(hudud)ning m a’lum davrda qilingan investitsiya sarflaridagi ulushini 
k o ’rsatsa, m ulkchilik shakllariga k o ’ra tuzilishi jam i investitsiyalar manbai 
va sarfidagi davlat va nodavlat m ulki o b ’ektlarining hissasini k o ’rsatadi.
6


Takror ishlab chiqarish tuzilishi yangi qurilish, ishlab chiqarishni 
kengaytirish, rekonstruktsiya qilish va qayta qurollantirish m aqsadlarida 
sarflangan investitsiyalam ing jam i investitsiyalardagi ulushi k o ’rinishida 
aniqlanadi.
Investitsiyalam ing texnologik 
tuzilishi 
qurilish-m ontaj 
ishlari, 
uskuna va inventarlar ham da boshqa xarajatlar (loyiha-qidiruv ishlari, 
boshqaruv xarajatlari va h.k.)ga qilingan xarajatlam ing jam i investitsiya 
xarajatlaridagi ulushini k o ’rsatadi.
Investitsiyalar tuzilishini tashkil etish, ularning sam aradorligini 
oshirish k o ’p jihatdan m am lakatda am alga oshirilayotgan investitsiya 
siyosatiga b o g ’liq.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin