Investitsiya loyihalari tahlili


M anfatlar va xarajatlarni o ’lchash



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/104
tarix14.10.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#155238
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   104
portal.guldu.uz-INVESTITSIYA LOYIHALARI TAHLILI

12.4. M anfatlar va xarajatlarni o ’lchash
uslublari va m uam m olari
Loyihadan olinadigan manfaat (foyda)ni doim ham to ’liq miqdoriy 
baholash mumkin emas. Masalan, loyiha natijasida yo’l harakati 
xavfsizligi yoki tibbiyot xizmati yaxshilanishi tufayli aholi sog’lig’i 
yaxshilanishini baholash juda qiyin. Agar loyiha umumiy foydalanish 
uchun qulaylik yaratsa (tozalash inshootlari, jamoat markazlari) olinadigan 
manfaatni alohida iste’molchining to ’lashga tayyorligi to’g ’risidagi 
ma’lumotga 
asoslanib 
baholab 
bo’lmaydi. 
Resurslar 
hududiy
158


taqsimlanishining 
yaxshilanishi, 
mamlakat 
ichidagi 
(milliy) 
integratsiyaning kuchayishi kabi loyihadan olinadigan bir qancha o ’lchab 
bo’lmaydigan manfaatlar mamlakat ichida resurslami joylashtirishda 
muhim rol’ o ’ynaydi.
Olinadigan foydani miqdoriy o ’lchash mumkin bo’lmagan yoki 
ularni sifat jihatdan qismangina baholash mumkin bo’lgan hollarda 
boshqacha yondashuvlar qo’llaniladi. Bunday yondashuvlardan biriga 
loyiha natijasida uning yaroqliligini ta ’minlaydigan foyda-manfaatlar 
minimumini olish ehtimolini tahlil qilish kerak. Ikkinchi yondashuv u yoki 
bu xizmatni ko’rsatish uchun bajarilishi shart deb hisoblangan, ilgaridan 
o ’matilgan fizik yoki qiymat m e’yorlariga asoslanish hisoblanadi 
(masalan, yo’lga asfalt yotqizish xarajatlari 1 km ga X so’mdan ortmasligi 
kerak, birinchi yordam ko’rsatuvchi punktgacha bo’lgan masofa U km dan 
oshmasligi zarur).
O ’lchash muammolari tarmoqlar bo’yicha farq qiladi. Masalan, 
ta’lim, sog’liqni saqlash va umumiy ovqatlanish sohalarida daromadga 
asoslangan manfaat mezonlari yaroqsiz bo’lib qoladi, ya’ni ulardan 
foydalanib bo’lmaydi.
Bu hollarda yoki eng kam xarajatlar uslubidan, yoki texnik 
ko’rinishdagi muammolar uchun (masalan, maktab qurish uchun qulay 
m e’yorlami aniqlashda) xarajatlar samaradorligi uslubidan foydalanish 
mumkin.
Xarajatlar samaradorligi tahlili bir necha muqobil variantlardan 
qo’yilgan vazifa bajarilishini ta ’minlaydigan eng arzon loyihani tanlab 
olish uchun qo’llaniladi.
B a’zi hollarda manfaatlar faqat fizik ko’rinishda bo’ladi va shu 
sababli ulami moliyaviy xarajatlar bilan taqqoslab bo’lmaydi. Bunday 
hollarda yuqoridagi uslublami qo’llashdan boshqa imkon ham bo’lmaydi.
Xarajatlar samaradorligi tahlili qo’yilgan vazifani hal etishning eng 
samarali yo’lini tanlash uchun qo’llaniladi. Bu tahlilga loyihaga 
qilinadigan 
barcha xarajatlarni 
tegishli 
yashirin 
baholar 
asosida 
kal’kulyatsiya qilish va ularning keltirilgan qiymatini topish uchun olingan 
xarajatlar oqimini diskontlash kiradi.
Bu tadbir loyihani amalga oshirishning barcha variantlari bo’yicha
159


o ’tkaziladi. K o’zda tutilgan natijalarga eng kichik diskontlangan xarajatlar 
bilan yoki mahsulot birligiga eng kam xarajatlar bilan erishishni 
ta’minlaydigan loyiha eng yaxshi hisoblanadi. Bu mezon barcha loyihalar 
loyiha maqsadini sifat jihatlaridan bir xilda qondiradi, degan shartga 
asoslanadi. Agar loyiha bo’yicha ko’rsatiladigan xizmatlar sifatida farq 
bo’lsa, eng m a’qul variantni aniqlashda bu hoi ko’zda tutilmog’i lozim.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin