mamlakat oldida turgan vazifalar nuqtai nazaridan bunday yuqoriroq natija
bermasligini anglatadi.
Daromadlar va xarajatlar tahlili
loyiha maqsadlarini aniqlashni,
loyihani baholash chizmasini aniqlashni, loyiha natijalarini prognoz
qilishni, daromad va xarajatlarni o ’lchashni, rentabellik ko’rsatkichlarini
baholashni, ta ’sirchanlik va qaltislik darajasini tahlil qilishni o ’z
ichiga
oladi.
YAshirin baholar soliqlar va subsidiyalardan tozalangan baholar
bo’lib, ularni aniqlashda ichki bozorda baholar yuqorida aytilgan omillar
bo’lmagan paytda qanday bo’lar edi, degan shartga asoslanadi.
YAshirin baholarni aniqlashning eng oddiy
uslubi jahon baholarini
olib, bir necha uslublarini qo’llagan holda mamlakat valyutasida (so’mda)
qayta hisoblab chiqishdir.
Loyihalarni doim ham miqdoriy ifodalash mumkin bo’lmagan
hollarda foyda - manfaatlar minimumini olish ehtimolini tahlil qilish, eng
kam xarajatlar uslubi kabi uslublar qo’llaniladi.
Loyiha manfaati iste’mol tejami sifatida namoyon bo’ladi. Iste’mol
tejami - iste’molchilar tovarlar va xizmatlar uchun to ’lashga tayyor
b o ’lgan summa - haqiqatda sarflangan summa. Iste’mol
tejami loyiha
natijasida baholar arzonlashgan paytda paydo bo’ladi.
Iqtisodiy tahlilda hisobga olinishi shart bo’lgan manfaat va
xarajatlaming yana bir ko’rinishi tashqi samaralardir.
Tashqi xarajatlarga misol sifatida to ’g’on qurilishi natijasida
sug’oriladigan
erlarning suv ostida qolishi, o’simliklaming vegetatsiya
davri uzayishini ko’rsatishi mumkin. Tashqi manfaatlarga transport tizimi
yaxshilanishi natijasida ishchi kuchi harakatchanligi
kuchayishini misol
qilib ko’rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: