korxona vujudga keltirishdan iborat. Xom ashyo bazasi korxona atrofidagi
fermer xo’jaligi hisoblanadi. Korxona o ’z mahsulotini
yaqinda joylashgan
shaharda sotadi. Korxonada yirik muzlatgich bo’lib, u avariya bo’lsa atrof-
muhitni ammiak bilan ifloslashga olib kelish ehtimoli bor. X avf darajasini
aniqlash uchun 3 ta ekspert chaqirilgan. 1-ekspert aktsionerlik jamiyati
direktori; 2-ekspert mahalliy rahbar; 3-ekspert pensioner.
Birinchi bosqich bo’yicha, ya’ni tayyorlov davridagi qaltislik
bo’yicha m a’lum bo’ladiki, ikkinchi ekspert optimist, uchinchi ekspert esa
pissimist. Bu, albatta, kelgusida to ’g’ri qaror qilishga ijobiy ta’sir
ko’rsatadi. YUqoridagi keltirilgan xavflardan tashqari quyidagi qaltisliklar
ham mavjud bo’lib, ulami tayyorlov bosqichiga kiritish mumkin:
- transportdan uzoqda joylashganligi;
- muqobil xom ashyo manbalariga ega yoki ega emasligi;
- qurilishga doir bo’ladigan yuridik hujjatlami tayyorlash;
- ob’ektni boshqarishni tashkil etish bilan bog’liq bo’lgan xavflar.
Bulami yuqoridagi qaltisliklarga qo’shish
uchun muqobil javoblar
bo’lishi kerak. Agar ekspertlaming fikrlari bir joydan chiqsa, unda bularni
qo’shish shart emas.
YUqoridagi jadvalda ekspertlar tomonidan
baholangan qaltislik darajasining dastlabki natijalari qayd etilgan. Har bir
qaltislikning jam i qaltislikdagi vazni yoki boshqacha aytganda ahamiyati
ekspertlar tomonidan emas, balki loyihani vujudga keltiruvchilar
tomonidan belgilangan. Bizning misolimizda qaltislikni tug’diruvchi
sabablar ahamiyatiga ko’ra, uchga bo’lingan.
Bir bosqichga kiruvchi
hamda turli ustuvorliklarga tegishli qaltislikning jam i qaltislikni hisobga
olinadigan vazni turlicha bo’ladi. Bir bosqichga kiruvchi
1- va 3-
ahamiyatlilik orasidagi nisbat 10 ga teng deb olsak va uchinchi
ahamiyatlilikni x bilan belgilasak, birinchi ahamiyatlilik lOx ga, ikkinchi
ahamiyatlilik esa 5,5*x= (10+l)*x / 2 ga teng bo’ladi.
SHu asosda yuqoridagi jadvalni qo’shimcha materiallar yordamida
quyidagi shaklga keltiramiz:
Jadval tahlili shuni ko’rsatadiki loyihani
tayyorlov davrida vujudga
keladigan xavf 2.7%ni tashkil etadi. Ijtimoiy xavf darajasi 14 foiz ekan.
Qaltisni kompleks baholashdan oldin ekspluatatsiya bosqichidagi
xavflami birlashtirib olamiz.
179
Ekspluatatsiya bosqichi qaltis
qaltis turi
qaltis
M oliyaviy-
iqtisodiy
13,6
Sotsial
13,5
Texnik
4,4
Ekologik
0,7
JAMI
32,2
Endi barcha bosqichlar bo’yicha qaltisni bir jadvalga to ’playmiz.
Bosqichlar b o ’yicha qaltislar darajasi
Bosqishlab chiqarish
X avf
Loyihaning
tayyorlov
bosqichiga xos xavflar
2,7
Qurilish bosqichidagi xavflar
12,5
Ekspluatatsiya
bosqichidagi
xavflar
32,2
JAMI
47,4
Bu loyiha xavfi 47,4 foizni tashkil etdi. SHuning uchun
qaltis
qilishdan oldin chuqur o ’ylab ko’rish kerak. Qaltislarining ahamiyatliligi
orasidagi nisbat o ’zgartirilsa ham natija taxminan shunday chiqadi.
Nisbat
100
10
5
3
X av f ehtimolligi
52,7 47,4 47 44,9
X avf asosan juda muhim bo’lgan omillardan tashkil topadi. Bizning
m isolim izda bular quyidagilar.
O ’z aylanm a m ablag’i etishmasliligi xavfi - 10,0%; ish tashlash xavfi
8,3%; ko’zda tutilm agan xarajatlar shu jum ladan inflyatsiya 8,3%. Bu
uchta omilga yarmidan ko’proq - 26,6% xav f to ’g ’ri keladi.
Agar shu
xavflami b artaraf qila olsak unda loyihani investitsiyalash mumkin
bo ’ladi. Y Uqorida qayd etilgan xavflardan tashqari belgilanishi qiyin
b o ’lgan yoki umuman aniqlab b o ’lmaydigan xavflar ham mavjud. Bunga
har xil tabiiy ofatlar, hukumat siyosatining o ’zgarishi kabilar kiradi.
180
Qisqacha xulosalar
Loyihalarda tavakkal xavfi har doim b o ’ladi. YUqorida investitsiya
bilan bog’liq qaltislikni ko’rib chiqdik. Albatta, qaltislikni hisobga
olmasdan loyihalarni baholashimiz, solishtirishimiz mumkin.
Ammo bu
haqiqiy holatni k o ’rsatmaydi. Agar shu loyihadan mavjud qaltisga qo ’l
urishim izga arziydigan manfaat olsakkina uni am alga oshiramiz. YAna
bizni
loyiha qaltisini
boshqarish usullari
qiziqtiradi
va qaltisni
boshqarishga xarajatlarni ham loyihalarni baholashda hisobga olish
mumkin. Umuman, boshqarsa bo ’ladigan (sug’urta va boshqalar orqali)
qaltislar m a’lum xarajatlarni loyihaga q o ’shish orqali hisobdan chiqarilishi
mumkin. Bu boyihalar m a’lum darajada qaltislardan xoli xolda baholanishi
va solishtirilishi mumkin. SHuning uchun loyiha samaradorligini
baholashda ularning qaltisi hisobga olinadi va u asosan qanday qaltislardan
iboratligi o ’rganiladi. Ularni bartaraf qilish imkoniyati mavjudligi o ’sha
loyihaning yutug’i hisoblanadi.
Investitsiyalarda qaltis
xavfi deganda turli omillar ta ’sirida
investitsiya darom adlarining ko’zda tutilgan miqdordan kamayish xavfi
tushuniladi.
Investitsiya jarayonlari bilan bog’liq qaltis xavfining asosiy turlari
bo ’lib;
a) ish bilan bog’liq qaltis xavfi;
b) moliyaviy bozor tasodifi xavflari;
v) aholining xarid qobiliyati bilan bog’liq b o ’lgan moliyaviy xavf;
g) foiz xavfi va boshqalar hisoblanadi. Bu xavflam ing barchasi oxir-
oqibat
so f
keltirilgan
qiymat,
investitsiyalar
rentabelligi
kabi
ko’rsatkichlarni pasayishiga olib keladi.
O ’z ta ’sir kuchiga ko’ra qaltis xavflari oddiy va murakkab xavflarga
bo ’linadi. Murakkab xavflar deganda bir-biriga bog’liq bo ’lgan
xavflar
tushuniladi. Qaltis
xavfni aniqlashda ekspert baholash uslubidan keng
foydalaniladi. Ekspertlar baholari qayta ishlanib, har bir xavf turi bo’yicha
va umumiy xav f ko ’rsatkichi hisoblab topiladi. Odatda tayyorlov bosqichi,
qurilish bosqichi, va o b ’ektning ishga tushurilgandan keyingi bosqichdagi
xavflar bosqichm a-bosqich xavf turlariga qarab baholanadilar. Bularga
181
iqtisodiy va moliyaviy xavflar,
sotsial xavflar, texnikaviy xavflar, ekologik
xavflar kiradi. Har bir xavfning ahamiyatlilik darajasini ko’rsatuvchi
koeffitsient va ekspertlar baholari loyihadagi umumiy qaltis
xavfi
darajasini hisoblab topish, hamda uni amalga oshirish yoki oshirmaslik
to ’g’risida xulosa chiqarish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: