Investitsiya loyihalari tahlili


Iqtisodiy tahlilda yashirin baholar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/104
tarix14.10.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#155238
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   104
portal.guldu.uz-INVESTITSIYA LOYIHALARI TAHLILI

12.3. Iqtisodiy tahlilda yashirin baholar
Jam iyat nuqtai nazaridan qaraganda loyiha m ahsulotini sotish yoki 
resurslarini sotib olish baholari doim ham xarajatlar va darom adlarning 
maqbul darajasini k o ’rsata olmaydi. M asalan, baholar ularga soliq 
to ’lashga 
ketgan 
xarajatlar q o ’shib 
yuborilishi 
natijasida 
oshirib 
yuborilishi yoki davlat subsidiyasi ta ’sirida pasaytirib yuborilishi mumkin. 
Iqtisodiy tahlil uchun, ikki yoqlam a hisoblashga y o ’l q o ’ym aslik 
m aqsadida, baholarni bu elem entlardan tozalash kerak.
Ikki yoqlam a hisoblash shu tufayli ro ’y beradiki, jam iyat, dastlab, 
ishlab chiqaruvchiga sotib olinayotgan m ahsulot bahosiga soliqlar 
(subsidiyalar) q o ’shilishi natijasida oshirilgan (kam aytirilgan) narxda haq 
to ’laydi, keyin esa ishlab chiqaruvchi darom adining bir qism ini soliq 
sifatida olib q o ’yadi (ishlab chiqaruvchiga subsidiya k o ’rinishida 
q o ’shim cha darom ad beradi), y a’ni bu bilan soliq va subsidiyalarni ikki 
bor hisobga oladi. Boshqa holatlarda baholar m onopolistik amaliyoti 
ta'sirida, ularning davlat tom onidan tartibga solinishi, boj to ’lovlari ham da
156


boshqalar ta ’sirida muvozanat darajasidagidan farq qilishi, ya’ni xatoli 
bo’lishi mumkin.
Iqtisodiy tahlilda baholarni tozalash uchun hisoblab topilgan, ya’ni 
boshqacha aytganda yashirin (soyadagi) baholardan foydalaniladi. 
YAshirin baholarni aniqlashda ichki bozorda baholar yuqorida keltirib 
chiqaruvchi omillar mavjud bo’lmagan paytda qanday bo’lar edi, degan 
shartga asoslaniladi. YAshirin baholarni aniqlashning eng oddiy uslubi 
jahon narhlarini olib, bir necha usullarni qo’llagan holda, so’mda qayta 
hisoblab chiqishdir.
Buni misolda tushuntiramiz.
Misol: Aytaylik, investitsion loyihaning muhim elementi eksport 
tovari bo’lgan dizel’ yoqilg’isi bo’lsin. Uning 1 tonnasining birja narhi 
O ’zbekistonda t davrda 20000 so’mni tashkil etsin. Dizel’ yoqilg’isining 
«yashirin» narhini aniqlaymiz.
1. 1 tonna dizel’ yoqilg’isi uchun FOB (Franko-bort, ingl. Free on 
board) jahon bozori narhlarida olamiz va uni joriy almashinuv ko’rsi 
(aytaylik 1$ = 86 so’m) bo’yicha so’mga aylantiramiz 250 $ x 86 = 21500 
so’m.
2. Almashinuv kursini belgilash paytida unga (soliq shakllaridan biri 
bo’lgan) boj to ’lovlari katta ta’sir o’tkazganini hisobga olib, hisob- 
kitobimizga tuzatish kiritamiz. Bunday tuzatish tuzatish o ’tkazish 
koeffitsienti deb yuritiladi. Uni tovarlar guruhi bo’yicha (bu maxsus 
o ’tkazish 
koeffitsienti 
deyiladi) 
hamda barcha tovarlar bo’yicha 
(o’tkazishning standart koeffitsienti) hisoblab topish mumkin. Soddalik 
uchun o ’tkazishning standart koeffitsientidan foydalanamiz(23-formula):
Bu erda: 
I S
if
- import SIF (Qiymat, sug’urta, fraxt - ing cost
insurance, freight); 
(Is if + EF0B)
E
fob
- eksport FOB; 
r st
=
_

. . .
( I
s i f
+ Q ) + ( E
f o b
+ C
e
)
(_
i
- import boji;
CE - eksport boji.
Agar o ’tkazishning hisob kitob yo’li bilan aniqlangan standart 
koeffitsienti t davr uchun 0,8 ga teng bo’lsa, u holda bizning misolimizda: 
2 1 5 0 0 x 0 ,8 =17200 so'm
157


3. 
1 tonna dizel’ yoqilg’isini tashib keltirish xarajatlarini 8000 so’m 
deb olsak;
17200 + 8000 = 25200 so’m
Bu o ’ta soddalashtirilgan misol bo’lib, amaliyotda yashirin baholarni 
aniqlash ancha murakkab hisob-kitoblami talab qiladi.
Lekin shu misolning o ’zidan ham ko’rinib turibdiki yashirin bahoni 
hisoblab topishda biz mamlakat oldida dizel’ yoqilg’isidan bizning 
investitsion loyihamiz uchun foydalanishga muqobil bo’lgan yo’l, ya’ni 
uni eksport qilish imkoniyati bor, degan shartga tayandik.
Bu muqobillikka asoslangan yondashuvni (lekin yuqorida keltirilgan 
uslubni emas) jahon bozori narhlari bo’lmagan tovarlaming, ya’ni er, 
ishchi kuchi, turli xizmatlar va hokazolaming «yashirin» baholarini 
hisoblab topishda ham qo’llash mumkin.
Agar firma loyihani o ’z erida amalga oshirayotgan bo’lsa va shuning 
uchun ham moliyaviy tahlil jarayonida eming qiymati xarajatlarga deyarli 
kiritilmasa, u holda iqtisodiy tahlilda 'yashirin' bahoni:
a) mahalliy er bozoridagi shunga o ’xshash maydonlarning qiymati 
asosida;
b) agar bunday bozor bo’lmasa, u holda shunga o ’xshash 
maydonlarning ijara bahosi asosida;
v) ijaraga berilgan shunga o ’xshash maydonlar bo’lmasa, u holda shu 
erdan olinishi mumkin bo’lgan qishloq xo’jaligi mahsuloti qiymati asosida 
aniqlanadi.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin