Microsoft Word ibodati islomiya ziyouz com doc


Allohummag’firli hayyina va mayyitina va shahidina va g’oyibina va sag’irina



Yüklə 307,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/93
tarix14.10.2023
ölçüsü307,84 Kb.
#155265
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   93
Ahmad Hodiy Maqsudiy. Ibodati Islomiya

Allohummag’firli hayyina va mayyitina va shahidina va g’oyibina va sag’irina 
va kabirina va zakarina va unsana. Allohumma man ahyaytahu minna fahyihi 
‘alal Islam va man tavaffaytahu minna fatavaffahu ‘alal iyman, bi rohmatika ya 
arhamar rohimin». 
Ya’ni: «Yo Rabb, bizlarning tiriklarimizni, o’liklarimizni, hozirlarimizni, yo’qlarimizni va 
kichiklarimizni va ulug’larimizni, erkaklarimizni va xotinlarimizni mag’firat qilgin. Yo 
Rabb, bizlardan kimlarga tiriklik bersang, Islom dini ustida turg’izgin va bizlardan kimni 
vafot qildirsang, imon ustida vafot qildirgin». 
Agar mayyit yosh bola bo’lsa, ushbu duo o’qiladi: 
«
Allohumma ij’alhu lana Faroton vaj’alhu ajron zuhron vaj’alhu lana shafian va 


Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
58
mushaffi’an». 
Ya’ni: «Va bizlar uchun shafoat qiluvchi qilgin».
Ushbu duolarni o’qigandan so’ng to’rtinchi takbirni aytib, qiyomda turgan holicha ikki 
tarafga salom beradi. Shu tariqa janoza namozi tamom bo’ladi. 
– 
Janoza namozi tamom bo’lgandan keyin qanday duolar qilinadi?
«
Robbig’firlana va li hazal mayyiti vaftah lahu fi qobrihi. Allohumma zid ajrohu 
va la tuzallina ba’dahu», 
deb duo qilinadi.
Ma’nosi: «Yo Rabbim, bizlarning gunohlarimizni va ushbu mayyitning gunohini avf qilgin, 
unga qabrida kenglik bergin. Ey Alloh, ushbu mayyitning ajrini ziyoda qilgin va bizlarni 
zalolatga tashlamagin». 
– 
Janoza namozida qatnashayotgan kishi takbirlarni aytayotgan chog’da boshini bir oz 
ko’taradimi?
– Yo’q, ko’tarmaydi. 
– 
Janoza namozi o’qilganda mayyit qaerda bo’ladi?
– Janoza namozi o’qiyotganlarning oldida – Qibla tarafda bo’ladi. 
– 
Qay tariqa qo’yiladi?
Boshi shimol tarafda, oyog’i janub tarafda, chalqanchasiga qo’yiladi. 
– 
Imom qaerda turadi?
– Qavmdan ilgariroq, mayyitning ko’kragi to’g’risida turadi. Oradagi masofa sajda 
qilganda mayyitning ko’kragiga sajda qilgudek yaqin bo’lishi lozim. 
– 
Bir kishi janoza namozi boshlanib, biror takbir aytilgandan keyin kelib qolsa, u kishi 
nima qiladi?
– Imomga ergashib, imom salom bergandan so’ng qolgan takbirni, salovotni, duoni qazo 
qilib namozni tugatadi. 
– 
Agar janoza boshlanib qolsa, lekin tahorati bo’lmasa, agar tahoratga mashg’ul bo’lsa, 
janoza namoziga yetishmaslik ehtimoli bo’lsa, nima qiladi?
– Tayammum qilib janoza namozini o’qiydi. 

Yüklə 307,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin