Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
65
– Har bir kunning ro’zasi uchun bir miskinga sadaqai fitr miqdoricha fidya beradi.
–
Agar shu qari kishi ramazondan keyin ro’za tutishga quvvati yetgudek bo’lsa, nima
qiladi?
– Ramazonda tutilmay qolgan kunlarning qazosini tutadi.
–
Homilador xotin yoki bola emizadigan ayollar ro’za tutgan holda o’ziga yoki bolasiga
zarar bo’lishidan xavfsirasa, ro’za tutmasa ham durust bo’ladimi?
– Durust bo’ladi, lekin zarar yetishi ehtimoli arigandan so’ngra ro’zalarining qazosini
tutadi.
–
Bir betob kishi ro’za tutsam, betobligim ziyoda bo’ladi, deb xavfsirasa va yo bir
ishonchli tabib ro’za tutish zarar qiladi, deb hukm qilsa, shu betobga ro’za tutmaslik
durustmi?
– Durust, sog’lig’i tiklangan paytda ro’zasining qazosini tutadi.
–
Musofir kishiga ro’za tutmaslik durustmi?
– Safar ko’p mashaqqatli bo’lmasa, ro’za tutish afzal. Tutmasa ham durust, safardan
qaytgandan so’ng qazosini tutadi.
–
Bir kunning ro’zasini tutib boshlagandan keyin safarga chiqib ketsa, ro’zasi nima
bo’ladi?
– Agar ro’zasini buzsa, qazo lozim bo’ladi, kafforat lozim emas.
–
Bir musofir kishi ro’za tutishni niyat qilmasdan erta bilan taom yesa, undan keyin
kunduz kuni uyiga qaytib kelsa, nima qiladi?
– Shu kuni oftob botguncha ro’za kishidek yemak-ichmakdan o’zini saqlab turadi. Agar
yesa, ichsa, qazo kifoya qiladi, kafforat lozim emas.
–
Bir kishining qazoga qoldirgan ro’zalari bo’lsa, tezlik bilan qazosini tutish lozimmi?
– Albatta, mumkin qadar vaqtni g’animat bilib, tezlik ila qazosini qilish afzaldir.
–
Bir kishining qazo ro’zalarini tutishga vaqti bo’lsa-yu tutmasdan, orada yana betob
bo’lib, vafoti yaqinlashib qolsa, u kishi nima qilsa, vojib?
– Qolgan ro’zalarining fidyasi uchun vorislariga vasiyat qilishi vojib bo’ladi.
–
U kishi vafot qilsa, vorislari nima qiladi?
– O’sha mayyitdan qolgan molning uchdan bir bo’lagi hisobidan fidya beradilar.
Dostları ilə paylaş: