BESHINCHI QISM Ro’za, zakot, haj – Islom dinida farz bo’lgan ulug’ ibodatlarning uchinchisi nima? – Ramazon oyida har kuni ro’za tutish.
– Ro’za tutish qay tariqa bo’ladi? – Tongdan to quyosh botguncha og’zini yopishga niyat qilib, yeyish, ichish va jinsiy
aloqa qilishdan saqlaniladi.
– Ro’zaning farzi nechta? – Uchta.
Birinchisi – niyat;
ikkinchisi – yeyish va ichishdan saqlanish;
uchinchisi – jinsiy aloqa qilmaslik.
– Niyatsiz kunni yemasdan, ichmasdan va jinsiy aloqa qilmasdan kech qilsa, ro’zaga hisob qilinadimi? – Ro’za hisobiga o’tmaydi.
– Ro’zaga qaysi vaqtdan niyat qilinadi? – Saharlikdan so’ng tong otguncha qilingan niyat afzal. Tong otgandan keyin katta
choshgohgacha niyat qilsa ham durust. Undan keyin niyat qilish durust emas. Katta
choshgoh – qiyomdan ikki soat yoki ikki soatu chorak daqiqa avvaldir.
– Bir kishi tongdan katta choshgohgacha ro’zaga zid narsani qilmasdan tursa, katta choshgohdan ozgina muqaddam o’sha kunning ro’zasini niyat qilsa, shu ro’za ro’zaga hisob bo’ladimi? – Albatta, ro’zaga hisob bo’ladi.
– Bir kishi tongdan keyin ham yesa-yu undan keyin choshgohgacha shu kunning ro’zasini niyat qilsa, ro’zasi durust bo’ladimi? – Durust bo’lmaydi.
– Ro’zaga niyatni til bilan qilish kerakmi yoki faqat dil bilan niyat qilsa kifoyami? – Til bilan ham niyat qilish afzaldir, lekin faqat dil bilan niyat qilsa ham kifoya. Ammo
ogoh bo’lish kerakki, faqat til bilan niyat qilib dilning bexabar qolishi niyat emas, chunki
niyat dilning ishidir. Chunonchi, aksar avom odamlar til bilan bo’lgan niyatni niyat deb
e’tiqod qiladilar. Masalan, namozda «niyat qildim»ni til bilan aytishni niyat, deydilar,
holbuki, niyat farz bo’lgan ibodatlarning hammalariga faqat til bilan niyat qilish ila ibodat
durust bo’lmaydi. Mo’’tabar niyat falon amal va falon ibodatni qilaman, deb dilda qasd
qilish, dildan o’tkazishdir.
– Ro’za tutishda til bilan arabcha niyat qilmoqchi bo’lsa, nima deb niyat qiladi?