Microsoft Word ibodati islomiya ziyouz com doc


Zakot berib bo’lmaydigan kishilar



Yüklə 307,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/93
tarix14.10.2023
ölçüsü307,84 Kb.
#155265
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   93
Ahmad Hodiy Maqsudiy. Ibodati Islomiya

Zakot berib bo’lmaydigan kishilar
– Qanday kishilarga zakot berib bo’lmaydi?
– O’zining ota-onasiga, bobo va buvisiga, o’zidan tug’ilgan bolalariga, bolalarining 
bolalariga, er xotiniga va xotin eriga, nisob qadar moli bo’lgan boy kishiga va boy 
kishining sag’ir bolalariga zakot berish durust emas. 
– Zakotni kimlarga berish yaxshiroq

– O’zining faqir qarindoshlariga, ilm toliblariga, kasb qilolmaydigan ulamolarga, faqir, 
beva xotinlarga, kasbdan ojiz bo’lgan haqiqiy faqir kishilarga berish yaxshiroqdir. 
– Boy kishiga berilgan sadaqa zakot hisob qilinadimi?
Zakot hisob qilinmaydi, nafl sadaqa ham bo’lmaydi, balki tuhfa va hadya hukmida 
bo’ladi, davlati bo’la turib zakot olgan kishi zo’r gunohkor bo’ladi. 
– Bir kishi zakot farz bo’lib ado qilolmasdan vafot etib ketsa, qolgan molidan zakotni 
chiqarish lozim bo’ladimi

– Zakotni chiqaringlar, deb vasiyat qilmagan bo’lsa, zakot chiqarish lozim emas, ammo 
zakot chiqaringlar, deb vasiyat qilgan bo’lsa, qolgan molining uch bo’lagining bir 
bo’lagidan zakot chiqariladi. 
Ushur
– Ushurning ma’nosi nima?
– Molning o’n bo’lagidan bir bo’lagi, demakdir. 
– Qanaqa molning ushurini berish vojib bo’ladi?
– Yomg’ir suvi va jilg’a suvi bilan o’sgan g’allalar, mevalar va bedalar ushurini hamda 
shu yerda hosil bo’lgan asalning ushurini berish farz bo’ladi. 
– G’alla qancha bo’lsa, ushurini bermak lozim bo’ladi?
– Xoh oz bo’lsin va xoh ko’p bo’lsin, qancha bo’lsa ham, ushurini berish lozim. Ushurda 
zakotga tayin qilingan nisob yo’q. 
– Qanday kishilar g’allalaridan ushur bermoqlari lozim bo’ladi?
– Boymi, faqirmi, balog’atga yetganmi, yetmaganmi – hamma ushur berishi lozim. 
Zakotga o’xshash ushurga boylik, balog’atga yetishlik shart qilib qo’yilmagan. 
– Hosil bo’lgan g’allaning qanchasiga ushur beriladi?
– Qancha hosil bo’lsa, shunchasiga ushur beriladi, xarajatlari ham chegirilmaydi. 
– O’tin va qamishga o’xshash narsalardan ham ushur beriladimi?
– Berilmaydi. 
– Yomg’ir yog’maydigan yerlarda asbob bilan suv tashib o’stirilgan ekinlarga to’la ushur 
beriladimi?
– To’la ushur berilmaydi, balki ushurning qismi beriladi, ya’ni yigirma bo’lagidan bir 
bo’lagi beriladi. 
– Ushur kimlarga beriladi?


Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy 

Yüklə 307,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin