Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
71
o’rtasida kamayib turgan bo’lsa, u kishining zakot berishi farz bo’ladimi?
– Albatta, farz bo’ladi. Chunki yilning oxiri mo’’tabardir.
– Bir kishining yil avvalida bir nisob moli bo’lsa, yil to’lguncha shu mol ustiga mol
qo’shilib, miqdori bir necha nisobga yetsa, bu kishining necha nisobdan zakot berishi
farz bo’ladi?
– Yil oxirida mol necha nisobga to’lgan bo’lsa, o’shancha nisobga zakot
berishi farz bo’ladi.
Zakot niyati
– Biror kishiga sadaqa deb bir oz aqcha yoki bir oz mol berilsa, bergan vaqtida zakotga
deb niyat qilinmasa, shu sadaqani zakotga hisob qilinsa, durust bo’ladimi?
– Durust bo’lmaydi, chunki sadaqa zakot hisobiga o’tishi uchun u beriladigan vaqtda yoki
atab ayirib qo’yilgan vaqtda zakotga niyat qilinish shartdir. Zakot deb niyat qilinmasdan
berilgan sadaqa zakotdan hisob qilinmaydi.
– Zakot deb beriladigan mol nechuk jins va nechuk zotdan bo’lmog’i lozim
?
– Sof oltin yoki kumush aqcha yoki sotib olinadigan boshqa mol bo’lmog’i lozim.
– Qog’oz aqchani zakot deb berilsa, zakotga hisob qilinadimi?
– Shubhalidir, chunki qog’oz aqcha haqiqiy aqcha emasdir, balki qarz qog’ozi va qarz
hujjatidir.
Dostları ilə paylaş: