Ibodati islomiya.
Ahmad Hodiy Maqsudiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
67
–
Ramazonning qaysi kunlarida e’tikof qilish sunnat?
– Oxirgi o’n kunligida.
–
Xotinlar qaerda e’tikof qiladilar?
– Uylarida namoz uchun tayyorlangan joylari bo’lsa, o’sha yerda e’tikof qiladilar. Agar
namoz uchun tayyorlangan joylari bo’lmasa, e’tikof qilmaydilar.
–
E’tikof qilgan kishi qaerda yeb-ichadi, qaerda uxlaydi?
– Masjidda.
–
E’tikof qilayotgan kishining masjiddan chiqishi durust bo’ladimi?
– Tahorat sindirishi va tahorat qilish va juma namozi uchun jome’ masjidiga borish
singari uzrli ishlar uchun chiqsa bo’ladi. Boshqa ishlar uchun chiqishi durust emas.
–
Uzrsiz, biror dunyoviy ish uchun masjiddan chiqsa, nima bo’ladi?
– Uzrsiz, dunyoviy ish uchun masjiddan chiqib olti soatga qadar vaqt o’tkazsa, e’tikof
buziladi. Boshqatdan e’tikof boshlashi lozim bo’ladi.
–
E’tikofda o’tirgan kishilar masjidda nima qiladilar?
– Namoz o’qiydilar, tasbeh aytadilar, Qur’on va kitob o’qiydilar, ilm o’rgatadilar va
o’rganadilar, duo qiladilar, kitob so’zidan so’zlashadilar, zarur bo’lmasa, dunyo so’zidan
so’zlamaydilar, dunyo ishini qilmaydilar.
–
E’tikof qilgan kishi xotiniga yaqinlashishi, badanini ushlashi, quchoqlashi va o’pishi
durust bo’ladimi?
– Durust bo’lmaydi, e’tikof buziladi.
Nazr va nafl ro’zalar
– Bir kishi falon ish bo’lsa, falon kunda ro’za tutaman, desa yoki falon kun qadar ro’za
tutarman, deb nazr aytsa, u kishiga nima qilish vojib bo’ladi?
– Aytgan nazrini ado qilish vojib.
– Nazr ro’zaga qaysi vaqt niyat qilinadi?
–
Falon kunda, deb niyat qilsa ham bo’ladi, kunduz kuni katta choshgohgacha niyat
qilinsa bo’ladi, ammo qaysi kuni tutishi tayin qilinmagan bo’lsa, tong otguncha niyat qilib
qolish lozimdir. Undan keyin bo’lmaydi.
– Ramazondan boshqa vaqtda ro’za tutish durustmi?
– Ikki hayit kunlaridan va tashriq kunlaridan boshqa kunlarda nafl ro’za
tutish durust
bo’ladi. Mustahabdir. Xususan, dushanba, payshanba kunlarida, ashur,
rajab oyi, barot
va arafa kunlarida ham zulhijja va muharram oylarining avvalgi juma kunlarida nafl
ro’za tutish ko’p savobli mustahab amallardandir.
Zakot
– Islom dinida farz bo’lgan ulug’ ibodatlarning to’rtinchisi molga zakot berishdir. Bolig’
va oqil musulmon bo’lgan besh toifa kishilarga zakot berish farz qilingan.
Zakot berish
yosh bolaga, devona kishiga, faqir kishiga farz bo’lmaydi, hatto boy bo’lsalar ham.
– Odamning moli qancha bo’lsa, zakot berish lozim bo’ladi?
– Zakot beriladigan mollarning har qaysisidan nisob miqdorida molga ega bo’lsa, lozim
bo’ladi. Bundan tashqari o’sha mol o’zining va oilasining tirikligi
uchun zarur mollardan
ziyoda bo’lishi va ham o’z qo’lida bo’lishi va ham o’zining sof halol moli bo’lishi kerak.
– Nisob miqdoridan kam bo’lgan moldan zakot beriladimi?
– Berilmaydi. Hovli-er, libos, idish va asboblar hamda olim kishilarning kitobalariga
Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy
Dostları ilə paylaş: