Microsoft Word ibodati islomiya ziyouz com doc



Yüklə 307,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/93
tarix14.10.2023
ölçüsü307,84 Kb.
#155265
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   93
Ahmad Hodiy Maqsudiy. Ibodati Islomiya

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
74
o’lchovdir. 
– Yarim so’ bug’doy necha misqol bo’ladi?
– Uch yuz oltmish to’rt misqol bo’ladi. 
– Bug’doy, arpa, xurmo, mayiz o’rniga baholari barobar aqcha bersa bo’ladimi?
– Bo’ladi. Hatto, faqirlarga foydaliroq bo’ladi. 
– Bir necha kishi fitr sadaqasini to’plab birdan bersa, durust bo’ladimi?
– Durust bo’ladi, lekin shunday bo’lsa ham, har kishi sadaqasini o’z nomiga atab bergani 
afzaldir. 
Fidya
– Fidya qanaqa sadaqa?
– Mayyitning, ya’ni o’lgan kishining o’qilmay qolgan namozlari va tutilmay qolgan 
ro’zalari uchun sadaqadir. 
– Har bir qazo qilingan ro’za uchun qancha fidya beriladi?
– Har kun uchun bir fitr sadaqasi miqdoricha beriladi, ya’ni uch yuz oltmish to’rt misqol 
qadar bug’doy yoki yetti yuz yigirma sakkiz misqol qadar arpa beriladi. 
– Har bir o’qilmagan namoz uchun qancha fidya beriladi?
– Besh vaqt namozning har biri uchun ham, vitr namozi uchun ham fitr sadaqasi 
miqdoricha beriladi. 
– Umri ichida ba’zi namozi va ba’zi ro’zasi qazoga qolgan kishi vafot qilishidan 
xavflangan zamonda nima qilsa, vojib bo’ladi?
– Qolgan namoz-ro’zalari uchun vorislariga vasiyat etmog’i vojibdir. 
– Kishi shu tariqa vasiyat qilib vafot etgach, vorislar qancha miqdor fidya berishlari 
kerak?
– Mayyitdan qolgan molning uch bo’lagining bir bo’lagidan berishi lozim bo’ladi. 
– Qolgan molning uchdan biri fidyasiga yetmaydigan bo’lsa, nima qiladi?
– Uchdan biri qancha bo’lsa, o’shancha beriladi, yetmagan miqdori berilmaydi. Agar 
vorislari uchdan biridan ziyoda qilib bersalar, savobli bo’ladi. Bir mayyit fidya beringlar, 
deb vasiyat qilmasdan vafot qilsa, uning uchun vorislari qolgan molidan fidya bersalar
g’oyatda savobli bo’ladi. 
– Bir mayyitning hech bir moli qolmasa, u mayyit uchun boshqa kishi o’z molidan fidya 
bersa, durust bo’ladimi?
– Durust bo’ladi. 
– Mayyitning qazoga qolgan ro’za va namozlari miqdori ma’lum bo’lmasa, nima qilinadi?
– Taxmin qilib beriladi. Balog’atga yetgan zamondan hisob qilib, vafot qilgan 
zamonigacha har bir namozi va ro’zasi uchun fidya beriladi. Tutilgan ro’za va o’qilgan 
namozlari uchun ham bersa, zarari yo’qdir, chunki har bir qilingan amalning maqbul 
bo’lmog’i ma’lum emasdir. Hattoki, hech bir ro’za va namozi qazoga qolmagan kishi ham 
butun umrida ro’za va namozlari uchun fidya bersa, foydadan holi emasdir. 
– Fidyaning tariqasi qanday?
– Er kishi bo’lsa, o’n ikki yoshini, xotin kishi bo’lsa, to’qqiz yoshini chiqarib hisoblanadi. 
Keyin mayyitning boqiy qolgan umri uchun faqirga fidya beriladi. 
- Fidya qay miqdorda beriladi?
– Agar o’sha mayyitning qolgan molining uchdan biri fidyaga kifoya qilgudek bo’lsa, 
hammasi birdan faqirga beriladi. 
– Bir yillik ro’za va namozning fidyasi qancha miqdor bug’doy bo’ladi?
– Ikki yuz o’ttiz olti pud va yigirma yarim qadoq bug’doy bo’ladi. 


Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy 

Yüklə 307,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin