Microsoft Word ibodati islomiya ziyouz com doc


Qurbonlik so’yishning yo’li



Yüklə 307,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/93
tarix14.10.2023
ölçüsü307,84 Kb.
#155265
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   93
Ahmad Hodiy Maqsudiy. Ibodati Islomiya

Qurbonlik so’yishning yo’li
– Qurbonlik qay tariqa so’yiladi?
Atalgan hayvon yumshoqlik, muloyimlik va shafqat ila so’yiladigan joyga keltiriladi 
hamda pichoqni hayvonga ko’rsatmasdan qayrab, o’tkir qilib, qiblaga to’g’rilab, chap 
tarafi bilan yotqizib so’yiladi, tamom joni chiqmasdan terisi ajratilmaydi. 
– Qurbonlikni so’yadigan kishi so’yadigan vaqtda qaysi duoni o’qiydi?
– Ushbu duoni o’qiydi: 
«Allohumma inna solati va nusuki va mahyai va mamoti lillahi robbil alamiyn la 
sharika lahu va bi zalika umirtu va ana avvallul muslimiyn». 
Ya’ni: «Yo Rabb, mening namozim va ibodatlarim va tirikligim va o’lmakligim barcha 
olamning egasi bo’lgan va zotida hech sherigi yo’q Alloh taolo uchundir va ushbu 


Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
77
qurbonlik qilmakka buyurilibdurman, ul amal xususida ishonguvchi va itoat 
qiluvchilardandurman». 
– Qurbonlikning kimdan atalgani qay tariqa bilinadi?
– Qurbonlik egasi yoki qurbonlikni so’yadigan kishi o’zi tilida: «Ey Alloh taolo, ushbu 
qurbonlikni falon-falon o’g’lidan yo falon-falon qizidan qabul qilgin», deydi. Shundan 
keyin «Bismillahu Allohu akbar» deb bo’g’izlaydi. 
– Qurbonlik qiladigan kishi sochini oldirsa va tirnog’ini olsa, durust bo’ladimi?
– Hojilarga o’xshash uchun qurbon oyi kirgandan so’ng qurbonlik qilguncha sochini 
oldirmasdan va tirnog’ini olmasdan turishi mustahabdir. 
Nazr va aqiqa
– Agar bir kishi falon maqsadim hosil bo’lsa, jonliq so’yaman, deb aytsa, so’ymoq lozim 
bo’ladimi?
– Maqsadim hosil bo’lsa, jonliq so’yib go’shtini va terisini faqirlarga sadaqa qilib 
beraman, desa, lozim bo’ladi va agar go’shtini va terisini sadaqa qilishni niyat qilmasa, 
lozim bo’lmaydi. 
– Shu kishi nazr qilgan hayvonni bo’g’izlasa, keyin nima qiladi?
– Nazri bo’yicha go’shtini va terisini faqirlarga sadaqa qiladi. 
– Aqiqa nima?
– Bola tug’ilgandan so’ng yettinchi kuni jonliq so’ymoqdir. 
– Bola tug’ilganda necha jonliq bo’g’izlanadi?
– O’g’il bolalar uchun ikki qo’y, qiz bolalar uchun bir qo’y bo’g’izlanadi. 
– Aqiqa kimga beriladi?
– Ustixonlarini sindirmasdan bo’laklab pishirib yoki pishirmasdan bola doyasiga va ham 
boshqa faqirlarga beriladi. 
– Aqiqa qilish sunnatmi yo mustahabmi?
– Mustahabdir, lekin ba’zi ulamolar sunnat, demishlar va ba’zilari makruh demishlar. 
– Xudodan boshqaga nazr qilish nechukdir?
– Masalan, «Hazrati G’avsil A’zamga bir qo’y va yoki o’n bir tanga nazr qildim» va yoki 
«Hazrati Bahouddinga yetti tanga nazr qildim» va yoki «Ushbu o’g’limning boshini 
hazrati Zangi otaga nazr qildim» va shunga o’xshash iboralar avom odamlar o’rtalarida 
ko’p uchraydi. Chunonchi, bir kishi biror eshonga inobat qilib ziyoratiga borganda biror 
narsa olib borsa, uni nazr ismi bilan atab, ushbu narsa sizga nazrdur, deydi. Bunga 
o’xshash gap-so’zlarni ba’zi ulamolardan ham eshitsa bo’ladi. Bu tariqa nazrlari aslo joiz 
ham, durust ham emas. Shu tariqa nazr qilgan kishilar gunohkor bo’ladilar. Hatto, 
ba’zilar buni kufrga nisbat berganlar. Ushbu narsani menga nazr qilgan ekan, deb olgan 
kishiga ham halol emas. Hadya yo sadaqa deb berilsa, olsa bo’ladi. 
Haj
– Islom dinida farz bo’lgan amal va ibodatlarning beshinchisi Makkai Mukarramaga borib 
haj qilmakdir. 
– Haj qilmoq qanday kishiga farz bo’ladi?
– Oqil va bolig’, a’zosi salomat bo’lib, Makkai Mukarramaga borib qaytguncha kifoya 
qilgudek yo’l xarajati va ham borib qaytib kelguncha uyida oila a’zolarining nafaqalariga 
ham kifoya qigudek moli bo’lgan boy kishiga farzdir. Devona kishiga, voyaga yetmagan 


Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy 

Yüklə 307,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin